Mavzu: Elektron ta’lim resusrslari ishlab chiqish. Asosiy yondashuvlar va vositalar




Download 41,49 Kb.
bet4/4
Sana21.01.2024
Hajmi41,49 Kb.
#142481
1   2   3   4
Bog'liq
Abdulaziz Amaliyot

Mavzu: Elektron ta’lim resusrslari ishlab chiqish. Asosiy yondashuvlar va vositalar.
Elektron ta’lim resusrslarini ishlab chiqishda dizayin -ergonomikasi. Qoidalar va talablar.
Elektron ta’lim resusrslari interfeysini ishlab chiqish. Talablar va tamoyillar.

Annotatsiya: Maqolada elektron ta'lim resuruslarini yaratish texnologiyalari va ulaming o'quv jarayonlarini takomillashtirishdagi tadbig'i keltirilgan. O'quv materialini kamchiliklarini tezda tuzatish, zarur o'zgartirishlar kiritish imkonining borligi, materialni kompyuter yordamida turli ko'rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirlardan foydalanish, ularni jonlantirish va harakatlantirish imkoniyatini yaratishda elektron taqdimotning afzalligi yoritilgan.


Kalit so'zlar: Elektron ta'lim resuruslari, kompyuter texnikasi, telekommunikatsiya vositalari, o'quv nashrlar, ta'lim vositalari, texnik vositalar, gipermatn, grafik jadval.


KIRISH
Mamalakatimizda barcha rivojlangan davlatlar qatori axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini xalq xo'jaligining turli sohalariga qo'llash va uning zamirida yuqori samaradorlikka erishish muhim vazifalardan sanaladi. Bu sohada bajarilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida hukumatimiz tomonidan turli qarorlar, farmoyish va me'yoriy hujjatlar qabul qilingan. Prezidentimizning "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida"gi 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son farmonida ham axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish, jumladan ta'lim tizimiga ham, axborot resurslaridan bahramand bo'lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan ekanligi qayd etilgan.


Elektron ta'lim resursini yaratish ta'lim jarayonini individuallashtirish va differensiyalash, talabaning o'quv faoliyatini o'zi nazorat qilish va to'g'ri yo'naltirish, kompyuterning hisoblash imkoniyatlaridan foydalanish tufayli o'quv vaqtini tejash, o'quv materiallarini vizuallashtirish, o'rganilayotgan ta'lim jarayonlarni modellashtirish, ularni imitasiyalashtirish, turli pedagogik vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish, fikrlashning aniq bir shakli (ko'rgazmali-obrazli, nazariy)ni rivojlantirish, bilish faoliyati madaniyatini shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi. Bugungi kunda o'quv jarayonida elektron o'quv materiallarini namoyish etishda videoproektordan keng foydalanilmoqda. Undan foydalanish uchun odatda monitor qurilmalari va avvaldan tayyorlangan o'quv materialining taqdimoti bo'lishi kerak. Namoyish etiladigan materiallarni kompyuterning turli xil dasturiy ta'minotlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw va boshqalar yordamida tayyorlash yoki professional darajada yaratilgan tayyor elektron darsliklardan foydalanish mumkin. O'quv materialini kamchiliklarini tezda tuzatish, zarur o'zgartirishlar kiritish, takomillashtirib borish imkonining borligi, materialni kompyuter yordamida turli ko'rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirlardan foydalanish, ularni jonlantirish va harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi elektron taqdimotning afzalliklaridan biridir. Sahifalarni taqdimot ko'rinishida yaratishda amaliy dasturiy ta'minotlar guruhiga kiruvchi Power Point dasturi alohida imkoniyatlar taqdim etadi. PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig'i ostida yaratilgan bo'lib, ushbu dastur bugungi kunda prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo'lgan dasturiy vositalardan biridir.


ASOSIY QISM


Zamonaviy o'quv elektron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo'lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko'rsatdi. Elektron o'quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o'quv, ham electron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi:


O'quv nashrlari quyidagi turlarga bo'linadi:


- o'quv jarayonidagi ahamiyati va o'rnini belgilovchi funksional xususiyatiga ko'ra;


- maqsadiga ko'ra;


- taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko'ra;


- matnning tashkil etilishiga ko'ra;


- ifoda etilish shakliga ko'ra


Elektron nashrlar quyidago turlarga bo'linadi:


- bosma ekvivalentining mavjudligiga ko'ra;


- asosiy axborot tabiatiga ko'ra;


- maqsadiga ko'ra;


- tarqatilish texnologoyasiga ko'ra;


- elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko'ra;


- davriyligiga ko'ra;


- strukturasiga ko'ra.


Hozirgi vaqtda o'quv nashrlarining to'rt xil turdagi nashrlarni o'z ichiga oluvchi tipologik modeli mavjud bo'lib, bularga:


• Dasturiy-uslubiy (o' quv rej asi va dasturlari);


• O' quv-uslubiy (uslubiy ko' rsatmalar, yo' riqnomalar);


• O'qituvchi (darsliklar,o'quv qo'llanmalari, ma'ruza matnlari);


• Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to 'plamlari).


- darsning maqsad va vazifasiga mos didaktik materiallardan foydalanish;

- dars mavzusining oldingi va keying dasr bilan bog'liq tomonlarini ochish;


- mavzuni bayon qilish usulini aniqlash;


- uy vazifasini tekshirish metodlarini belgilash;


- beriladigan savollarni tuzatish va javobini ham tayyorlab qo'yish;


- mavzuga doir qiziqarli topshiriqlar tayyorlab qo'yish;


- uyga beriladigan vazifalarni belgilash.


Tajribalardan ma'lumki, o'quv jarayonida o'quvchilarning psixologik xususiyatlariga muvofiq ish olib borilsa, ular bilimlarini yaxshi o'zlashtiradilar. Bilimlarni o'zlashtirishning muhim sharti uni tushinishdir. Ta'lim oluvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda elektron ta'lim resurslaridan foydalanish o'ziga


xos afzalliklarga ega [1-30]. U ta'lim oluvchilarni mantiqiy fikrlashga, fanga ilmiy va ijodiy yondashishga o'rgatadi, ular uchun o'quv mavzularini oson o'zlashtirishiga, ilmiy dunyoqarshining shakllanishiga muhim omil bo'lib xizmat qiladi, bilimlarni mustahkam egallashga yordam beradi, his tuyg'ularga ta'sir etib, mashaqqatli aqliy faoliyat natijasida fanga va kasbga nisbatan muhabat uyg'otadi.


Elektron ta'lim resurslarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o'quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda ta'lim sohasida qo'llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o'quv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular o'z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy o'qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda. Elektron ta'lim resurslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:


• matnning elektron versiyasi;


• kitobning gipermatnli elektron versiyasi;


• grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;


• animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;


• animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud darsliklar.



XULOSA


O'quv jarayonlarrida o'quv-uslubiy ta'minotning etarli darajada emasligi ishlab chiqilayottan elektron ta'lim resurslarning sifat darajasiga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron ta'lim resurslarni o'quv jarayonida samarali qo'llashga to'sqinlik qilyapti deyish mumkin. Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron ta'lim resurslarni baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Elektron ta'lim resurslar o'tilayotgan darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta'sir ko'rsatishini va elektron ta'lim resurslarning an'anaviy usullarga nisbatan afzalliklarini bilish lozim. Elektron axborot ta'lim resursi tashkiliy elementlarining tavsifi ijodkorlik (kreativ-mualliflik) muhit desak mubolag'a bo'lmaydi. Taklif etilayotgan elektron axborot ta'lim resurslari ta'lim oluvchilarga o'rganilayotgan ob'ekt ustida ijodiy izlanish olib borishga, uni o'zlashtirish jarayonida yuzaga keluvchi o'zaro bog'liqliklarni tizimli o'rganishga yordam beradi. Mazkur muhit ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilarga jamoa bo'lib ishlash imkoniyatini yaratadi va elektron axborot ta'lim resursi o'quv jarayoniga moslashuvchan bo'ladi.
Download 41,49 Kb.
1   2   3   4




Download 41,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Elektron ta’lim resusrslari ishlab chiqish. Asosiy yondashuvlar va vositalar

Download 41,49 Kb.