Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Reja: Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni




Download 124.5 Kb.
bet1/4
Sana20.04.2024
Hajmi124.5 Kb.
#202005
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining
323 Morphology 2.ppt

: Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati.
Reja:
1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
2. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni.
3. Tushunchaning ta'rifi, tuzilishi va turlari.
4. Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar.

1. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLLARI
Psixologiya fani mantiq fani bilan birgalikda tafakkurning mantiqiy shakllarini o`rgandi. Tafakkurning mantiqiy shakllari -tushuncha, hukm va xulosa chiqarishlardir.
TUSHUNCHA shunday bir fikrki, bu fikrda voqelikdagi narsa va hodisalarning umumiy, muhim, farq qiladigan belgilari aks ettiriladi. Masalan, odam tushunchasi uning mehnat faoliyati, mehnat qurollarini ishlab chiqarish, nutq, inson ongi va shular kabi nihoyatda muhim belgilarni o`zida mujassamlashtirgan. Mana shu belgilar bilan odam hayvonlardan farq qiladi.
Tushunchalarning mazmuni HUKMlarda aks ettiriladi. Hukm narsa va hodisalar o`rtasidagi mavjud bog`lanishlarning yoki shu narsa va hodisalarga xos bo`lgan xususiyat va belgilari o`rtasidagi bog`lanishlarni o`zida aks ettiruvchi tafakkur shakli.
Hukmlar ob`ektiv voqelikni qanday aks ettirishlariga qarab CHIN va YOLG`ON bo`lishi mumkin.
Chin - "Toshkent O`ZBEKISTONning poytaxti".
Yolg`on - "Hech qanday uchburchak o`tkir burchakka ega bo`la olmaydi".
Hukmlar UMUMIY, JU`ZIY va YAKKA bo`ladilar. Umumiy hukmda aks ettirilgan xususiyat va bog`lanishlar biror sinfdagi barcha narsalarga taalluqli bo`ladi. "Barcha metallar elektr tokini o`tkazadilar". Ju`ziy hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat ayrim narsalargagina taalluqli bo`ladi. "Ba`zi o`quvchilar a`lochilardir". YAkka hukmlarda tasdiqlash yoki inkor qilish faqat bitta narsaga tegishli bo`ladi. "Salimov A. a`lochi o`quvchi".
Hukmlar ikkita yo`l bilan hosil qilinadi:
1) bevosita usul bilan, bunda idrok qilayotgan narsalar ifodalanadi ;
2) bavosita usul bilan, ya`ni xulosa chiqarish, mulohaza yuritish yo`li bilan.
Bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm keltirib chiqarish - xulosa chiqarishdir. Masalan, "Barcha metallar elektr tokini o`tkazadilar", "Mis metall". Ana shu ikkita asosdan yangi hukm - xulosa chiqariladi, "Mis elektr tokini o`tkazadi".
Xulosa chiqarish ikki usul bilan amalga oshiriladi:
1) induktiv xulosa chiqarish va 2) deduktiv xulosa chiqarish.
Induktsiya - ju`ziy hodisalardan umumiy qoidalarga qarata xulosa chiqarish.
Deduktsiya - umumiy qoidalardan ju`ziy hodisaga, faktga, misolga qarata xulosa chiqarish.
TAFAKKUR JARAYONLARI
Tafakkur jarayoni (fikrlash) o`ziga xos qonuniyatlarga, qoidalarga bo`ysunadi. Tafakkur jarayonining mohiyatini tushunish uchun uning qanday kechishini o`rganish lozim. Tafakkur avvalo analiz, sintez va umumlashtirishdir.
ANALIZ - ob`ektning muayan bir tomonlarini, elementlarini, xossalarini, munosabatlarini va boshqa shuning kabilarni ajratib olib, o`rganilayotgan ob`ektni fikran bo`laklarga, qismlarga, elementlarga bo`lish demakdir. Biron narsani analiz qilish davomida bu narsaning g`oyat muhim, kerakli va qiziqarli va shu kabi muayan xususiyatlari ajratib olinadi.
SINTEZ. Bir butun narsani analiz qilish natijasida ajratilgan komponentlarni birlashtirish sintezdir. Analiz va sintez jarayonlari hamma vaqt o`zaro bog`liqdir.
TAQQOSLASH - narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib ko`rish va ular orasidagi o`xshashliklar, tafovutlarni topish. Taqqoslash albatta analiz va sintezni taqoza qiladi. Narsa va hodisalarni oldin analiz keyin esa sintez kilmasdan turib ular orasidagi o`xshashlik va tafovutlarni topib bo`lmaydi.
Taqqoslash davomida narsalarni UMUMLASHTIRISH amalga oshiriladi. Umumlashtirish o`xshash tarzidagi umumiylik va muhim belgi tarzidagi umumiylik sifatida amalga oshiriladi. Birinchi umumiylik bo`yicha kit baliq hisoblanadi (yuzaki belgi), ikkinchi umumiylik asosida esa kit sut emizuvchilar sinfiga kiradi (muhim belgi asosida).
TAFAKKUR TURLARI
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va birmuncha shartli klassifiatsiyasi tarqalgandir:
1) korgazmali-harakat;
2) korgazmali-obrazli;
3) mavhum (nazariy) tafakkur.
Yuqorida aytib otilganidek formal mantiq fikrlar ortasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va boglanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud boladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada boladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bolib fikrning togri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bolishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish togri fikrlashni ta'minlaydi.
1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bolishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga kora har qanday fikr mulohaza jarayonida oziga aynan bolishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bolmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bolmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bolsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir sozni aynan deyish ham notogri. Masalan, yuz tuzilishi da yuz sozi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas.
Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning ozaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi.
Ozaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalgitish maqsadida ayniyat qonunini ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil sozlar ishlatiladi. Shu bilan birga adabiyotdagi oxshatish, bortirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning oziga xos jihatidir.
Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bolgan umumiy mantiqiy qonundir.
2. Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bolishi bilan xarakterlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida oz ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga kora ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga togri yoki birdaniga xato bola olmaydi har doim ulardan biri togri bolsa, ikkinchisi xato boladi. Bu tamoyil qoyidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` ? R) R va R emas bir vaqtda chin bola olmaydi. ? - belgisi inkorni anglatadi.
Nozidlik qonuni barcha sigishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid munosabatlarga ta'luqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr oz fikriga qarshi chiqishdir.
Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga osha belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi.
Bir predmet turli munosabatda olinsa ham nozidlik qonuni buzilmaydi. Nozidlik qonuni mantiqiy fikrlashning tub mohiyatidan biri tafakkurning ziddiyatsiz, izchillikni ifodalaydi. Undan ongli foydalanish ozimiz va ozgalarning fikridagi ziddiyatni bartaraf etish har qanday noaniqlikka tanqidiy munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Fikrimizdagi izchillik bizning faoliyatimizga ham izchillik bagishlaydi.
3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sigishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bolsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir. U qoyidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri togri ikkinchisi notogri, uchinchisi istisno boladi. Masalan, «qor oqdir», qor oq emas, qor sariqdir degan mulohazalarning birinchisi togri, ikkinchisi notogri, uchunchisi istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi.
Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda togri yoki bir vaqtda notogri bola olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, Traktor mashinadir va Traktor mashina emas.
Uchinchisi istisno qonuni qoyidagi formula bilan ifodalanadi:
R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz bolishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi togriligini korsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bolishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki haqiqatni izlashga yonalish beradi.
Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni ozida ham ha ham yoq deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki zid fikrni oraligida uchinchisi bolmasligini anglatadi.
4. yetarli asos qonuni. Bizning u yoki bu fakt, jarayon, hodisa haqidagi fikrimiz chin yoki xato bolishi mumkin. Chin fikrni biz uni chinligini ya'ni voqelikga mos kelishini korsatishimiz lozim. Masalan, oqituvchi oquvchilarga ta'lim berish jarayonida ozi ifodalayotgan fikrlarni asoslab berishi lozim. Shundagina u oquvchilar uchun ishonarli boladi.
Fikrning asosli bolishi talabi yetarli asos qonuniga ifodalanadi. Har qanday fikr chin hisoblanadi, agar u yetarli asosiga ega bolsa. Agar V mavjud bolsa uning asosi A ham mavjud boladi. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar ozining asosiga ega boladi. Mantiqiy fikrlash jarayonida, fikrimizning ifodalashda mana shu asosni korsatish muhim rol oynaydi.
Insonning shaxsiy tajribasi fikrning yetarli asosga ega bolishini ta'minlaydi. Ba'zi mulohazalarning chinligi uni bevosita voqelik bilan taqqoslash bilan tasdiqlanadi. Lekin ba'zi hollarda insonning shaxsiy tajribasi ma'lum bir fikrlarni asoslashga yetarli bolmaydi. Shu sababli u bu orinda boshqalar tajribasiga tayaniladi.
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida inson oz fikrini asoslashda qonunlar, aksiomalar, tamoyil, qoidalarda ifodalangan butun insoniyat tajribasiga murojaat qiladi. Ilmiy qonun va aksiomalarning chinligi insoniyat tajribasida isbotlangan, shuning uchun qayta tasdiq talab etmaydi. Shu sababli bu qonun va aksiomalar doirasiga kiruvchi alohida holatlarni qayta isbotlash zarurati yoq. Fan-texnika yutugiga asoslanib biz har qanday hodisani tajribada sinab tasdiqlamaymiz. Demak, har qanday fikrning yetarli asosi avval isbotlangan, hamda undan mantiqan yuqoridagi fikr kelib chiqadigan chin fikr hisoblanadi. Agar A mulohazaning chinligidan V mulohazaning chinligini kelib chiqsa A mulohaza V mulohaza uchun asos boladi. Oqibatning asosga bogliqligi ob'ektiv borliqning tafakkurda in'ikosi hisoblanadi, shu jumladan xodisalar ortasidagi sabab — oqibat aloqadorligi ham. Lekin bu in'ikos bevosita bolmaydi. Ba'zi hollardagina mantiqiy asos hodisalar sababi bilan mos kelishi mumkin. Kop hollarda esa bunday bolmaydi ham. Shu sababli asos bilan natija ortasidagi bogliqlikni sabab-oqibat boglanishidan faqlash lozim.
Asoslilik — mantiqiy tafakkurning muhim xususiyatlaridandir. Barcha holatlarda biz ma'lum bir fikrni bildirganda, suhbatdoshlarimizni ishontirishga harakat qilganda shu fikrni chinligini isbotlash uchun yetarli asoslar keltiramiz. Fan har doim ilgari surilgan goya va ta'limotlarni isbotlab beradi. Agar shu goya ta'limotlarni isbotlash uchun yetarli asos bolmasa u chin deb qabul qilinmaydi. Din esa oz aqida va ta'limotlarini hech qachon tajribada isbotlab bermaydi. Ularga ishonish diniy e'tiqodni ozidan kelib chiqadi
Mantiqdagi yetarli asos qonuni har xil irimlarni ham oqlamaydi. Masalan, yolda ketayotgan kishini yolini qora mushuk kesib otsa, goyoki uni falokat kutishi bu uydirma hisoblanadi. Bunday irimlar kop hollarda tasodiflarga asoslanadi.
Etarli asos qonuni muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Formal mantiq qonunlari (tafakkur qonunlari) fikrlash jarayonida demak fikrimizning aniq, izchil, ziddiyatsiz, asosli bolishini ta'minlar ekan. Ularni har biri bir-biri bilan uzviy bogliq. Ulardan uzluksiz foydalanish kundalik turmush tarzida ham mulohazalarni chin bolishi uchun xizmat qiladi

Download 124.5 Kb.
  1   2   3   4




Download 124.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Reja: Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o'rni

Download 124.5 Kb.