|
Foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish metodlari
|
bet | 2/3 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 18,65 Kb. | | #151393 |
Bog'liq Pedagogik dasturiy vositalar Auto play Media Studio CourseLab iS-azkurs.org (1)Foydalanuvchi va pedagogik-dasturiy vositalarning o‘zaro hamkorligini tashkil etish metodlari.
Bilimlar bazasini unda qo’llaniladigan interfeysga ko’ra shartli ravishda uchga ajratish mumkin.
Birinchisi — intellektual axborotli izlash tizimlari. Bu tizim orqali ish joyidan turib bilimlar bazasidan kerakli axborotni izlash va tarmoq kutubxonalaridan foydalanishi mumkin.
Ikkinchisi — Hisoblash-mantiqiy tizimlar. Ular yordamida modellarning murakkabligiga qaramasdan boshlang’ich ma’lumotlar asosida boshqarishning ilmiy masalalarini rejalashtirish va loyihalashtirish masalalarini hal qilish mumkin.
Uchinchisi — ekspert tizimlar.
Ekspert tizimlar — xulosa chiqarish qoida va mexanizmlari yig’indisiga ega bo’lgan bilimlar bazaini o’z ichiga olgan sun’iy intellekt tizimi. Intellektual axborotli izlash tizimlari muloqotni tabiiy tilga juda yaqin ko’rinishda olib borish imkonini beradi.
Hisoblash-mantiqiy tizimlar esa dasturlarni to’plashni tashqillashtirish printsipiga asoslangan.
Intellektual interfeysning asosiy yutuklariga bilimlar bazasining keng tarqalishi, ma’lumotlarning dasturlardan ajratilishi va kompyuter bilan ishlashda muloqotning yangi tartibi hosil bo’lganligi kiradi.
Intellektual interfeysni boshqacha nom bilan ham atash mumkin. Masalan, foydalanuvchi interfeysi yoki foydalanuvchi muhiti (vositasi). Uning vazifasi xotiradagi axborotlar va foydalanuvchining qulay muloqotini ta’minlashdan iborat.
Foydalanuvchi interfeysini yaratishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1) axborotlar (ob’ektlar) bilan amallarni bajarish, fayllar bilan ishlash va jarayonlarni amalga oshiruvchi buyruqlar tilini yaratish;
2) axborotlar (fayllar) va barcha tashqi qurilmalarning yagona buyruqlar tizimini tashqil etish;
3) axborotlarni kiritish va chiqarish dasturlarining universalligi, foydalanishning soddaligi, ihchamligini ta’minlash;
4) xotiradagi ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash imkoniyatlarini yaratish.
Ekspert tizimlar.
Ma’lumotlar bazasidan kerakli satr (ustun)ni tanlash ma’lumotni saralash asosida olib boriladi. Ma’lumotlarni saralash jarayonining nazariy asoslarini mantiqiy algebra amallari tashqil etadi. Mantiqiy amallarni bajarish texnikasi esa allaqachon yo’lga qo’yilgan.
Mantiqiy algebraning asosiy elementlarini sizga yaxshi tanish bo’lgan oddiy algebra tushunchalari yordamida yoritamiz.
Biror ko’rinishdagi algebraik tenglikni yozaylik:
c=a+3b-7
Tenglamaning o’ng tomonida arifmetik ifoda joylashgan. Arifmetik ifodalar arifmetik amallar (qo’shish, ayirish, bo’lish va ko’paytirish) orqali bog’langan o’zgarmas va o’zgaruvchi kattaliklardan tashkil topadi.
Keltirilgan misolda operandlar - bu ikki o’zgarmas kattalik (3 va 7), shuningdek a va b o’zgaruvchilar. a va b ga aniq, qiymat berib, arifmetik ifoda qiymatini hisoblashimiz va natijani tenglikning chap tomonida yozilgan s ga qiymat qilib berishimiz mumkin.
Masalan, a =2 va b=5 bo’lsa, c=10 bo’ladi. Informatika tilida “=” belgisi o’zlashtirishni bildiradi. Ifodaning o’ng tomonida o’zlashtiriluvchi, chap tomonida o’zlashtiruvchi turadi.
Endi quyidagi tenglikni yozamiz:
c=a
Bu tenglikning o’ng tomonida mantiqiy ifoda turibdi. Bu holda tenglikning chap tomonida ham mantiqiy o’zgaruvchi to’rgan hisoblanadi. Uning aniqlanish soxasi faqat ikkita son: 1 (“rost” yoki “xa”) va 0 (“yolg’on” yoki “yo’q”). a
Mantiqiy ifodadagi operatorlar sonli, matnli, belgili ifodalar bo’lishi mumkin. Yuqoridagi misolni quyidagicha ifodalash mumkin:
S = muammolar = = 0 yoki yo’q
Bu yozuvdagi “=" — o’zlashtirish belgisi, “= =" kombinatsiya esa, munosabat belgisi. Apostrof (') belgisi axborot tizimida belgili ma’lumotlarning aniq qiymatini bildiradi. Hozirgi kunda bilimlar bazaidan amaliyotda foydalanish, tinimsiz rivojlanmokda. Mantiqiy - lingvistik modellardan foydalanish, avtomatlashgan tizimlar samarasini bir so’z bilan aytganda «sakrab» o’zgarishiga olib kelmoqda va «intellektual interfeys»ni yaratish imkonini bermoqda. «Interfeys» («interface») ikki so’z «inter» — halqaro va «face» — xodim, shaxs degan so’zlar birikmasidan olingan bo’lib, universal tarjimon ma’nosini anglatadi. U muloqot vositalari, bilimlar bazai va dasturchi tushunchalarini o’zida mujassamlashtiradi. Interfeys yordamida kompyuter bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’linadi. Ekspert tizimlari yordamida kompyuterda mavjud bilimlardan foydalangan xolda murakkab tizimlardagi jarayonlarni anglash, tashxis qilish, echimlarni qabul qilish, turli ishlarning rejalarini, farazlarini ishlab chiqish va tekshirish, shuningdek, matematik modellarni ishlatish murakkab bo’lgan xollarda ma’lum echimlarni va qoidalarni ishlab chiqish mumkin bo’ladi.
Uning qiymati «I» ga (agar bazadagi qiymat 0 yoki yo’q qiymatiga mos kelsa) yoki «0» ga (agar qiymat mos kelmasa) teng bo’ladi.
Bilimlar bazaini unda qo’llaniladigan interfeysga ko’ra shartli ravishda uchga ajratish mumkin.
Birinchisi — intellektual axborotli izlash tizimlari. Bu tizim orqali ish joyidan turib bilimlar bazaidan kerakli axborotni izlash va tarmoq kutubxonalaridan foydalanishi mumkin. Ikkinchisi — Hisoblash-mantiqiy tizimlar. Ular yordamida modellarning murakkabligiga qaramasdan boshlang’ich ma’lumotlar asosida boshqarishning ilmiy masalalarini rejalashtirish va loyihalashtirish masalalarini hal qilish mumkin. Uchinchisi — ekspert tizimlar.
Pedagogik dastur vositalarini tuzish uchun qanday texnik uskunalardan foydalaniladi?
Pedagogik dastur vositalarini shartli ravishda uchta: uskunaviy dastur vositalari, nazorat qilish dastur vositalari va urgatishni takomillashtiruvchi dastur vositalari kabi asosiy guruxlarga ajratish mumkin.
Ulardan har birining mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Uskunaviy dastur vositalari foydalanuvchining qandaydir bir yunalishdagi masalalarni echishga muljallangan dastur qobiqlaridir (masalan, Power Point dasturi). Bunday dasturlar o’qituvchi tomonidan ma’lumotlar bazaidagi ma’lumotlarni qayta ishlagan xolda ma’lum darslarni yaratish (savol va javoblar tuplamini ifodalash, chizma va rasmlarni hosil qilish hamda harakatlantirish, ovozli va rangli effektlarni namoyish etish) imkonini beradi.
Nazorat qilish dastur vositalari, asosan, test dasturlaridan iborat bo’ladi va ma’lumotlar bazaidagi savollardan foydalangan xolda yoki o’qituvchi tomonidan to’zilgan testlar asosida o’quvchilar bilimini nazorat qilish imkonini beradi.
O’qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalariga predmet o’qituvchisi, psixolog, dasturchi, dizayner kabi qator mutaxassislar guruxi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar kiradi. O’qituvchi ular asosida predmetdagi tegishli mavzular bo’yicha dars jarayonini olib borishi mumkin. Bunday darslarni tashkil qilish o’quvchilarda shaxsiy qobiliyatlarni, ya’ni diqqat, ko’zatuvchanlik, mantiq,
fikrlash tezligi, xulosa chiqarish qobiliyati kabi qator ijobiy xususiyatlarning rivojlanishiga va dars samaradorligining oshishiga olib keladi.
Nazorat qilish dastur vositalari, asosan, test dasturlaridan iborat bo’ladi va ma’lumotlar bazaidagi savollardan foydalangan xolda yoki o’qituvchi tomonidan to’zilgan testlar asosida o’quvchilar bilimini nazorat qilish imkonini beradi.
O’qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalariga predmet o’qituvchisi, psixolog, dasturchi, dizayner kabi qator mutaxassislar guruxi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar kiradi. O’qituvchi ular asosida predmetdagi tegishli mavzular bo’yicha dars jarayonini olib borishi mumkin. Bunday darslarni tashkil qilish o’quvchilarda shaxsiy qobiliyatlarni, ya’ni diqqat, ko’zatuvchanlik, mantiq,
fikrlash tezligi, xulosa chiqarish qobiliyati kabi qator ijobiy xususiyatlarning rivojlanishiga va dars samaradorligining oshishiga olib keladi.
Bilimlar bazai yoki pedagogik dastur vositalaridan dars yoki darsdan tashqari jarayonlarda foydalanish katta didaktik ahamiyatga ega. Bunday dasturlardan foydalanishning afzallik tomonlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
• o’quvchilarda kerakli texnikaviy kunikmalarni hosil qilish vaqti qisqaradi;
• bajartirishga muljallangan topshiriklar soni va topshiriqni mustaqil bajarish ko’lami ortadi;
• talabaning ishida optimallash tabiiy ravishda hosil qilinadi;
• o’qitishda tabaqalashtirish faollashadi;
• talaba ta’limning sub’ektiga aylanadi, chunki dastur undan faol boshqarishni talab qiladi;
• kompyuter annimatsiyasi darslarni jonli olib borish imkonini beradi;
• o’qishga nisbatan motivlar oshadi — dastur bilan muloqot o’quvchilarda darsga ishtiyoqni oshiradi;
• darsda ma’lumotlar bazaining o’zoqdagi manbalaridan (E-mail, Internet va x.k.) ma’lumot olish va shu asosda dars mazmunini boyitish ta’minlanadi.
Pedagogik dastur vositalarining kamchiliklariga o’quvchilarda nutq madaniyati, grafik va yozish madaniyatini rivojlantirishga etarli e’tibor berilmasligi misol bo’ladi.
O’quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish keng quloch yoymoqda va bu orqaga qaytmaydigan jarayon. SHunday ekan, ta’lim jarayonida pedagogik dastur vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini o’rganish va mavjud muammolarni tadkik qilish lozim. Zero, zamonaviy o’qitish texnologiyalarisiz ishda yuqori samaraga erishib bo’lmaydi.
PDV larni yaratish bo‘yicha asosiy mezonlar.
Hozirgi kungacha kompyuterlarni o‘qitish vositasi sifatida qo‘llab o‘qitish samaradorligini oshirish bilan birga o‘qitish vaqtini qisqartiradigan yaxlit, sezilarli darajali pedagogik nazariya yaratilgan emas. Biroq kibemetika, didaktika, psixologiyada turlicha qarash va nazariyalar mavjudki, ularni ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish nuqtai nazaridan o‘rganib, akademik litseylarning informatika fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun PDVini yaratish bloklarini
ishlab chiqish zarnr. “Agar ilmiy asoslangan PDVlami tayyorlash yo‘llari atroflicha tadqiq qilinsa, ta’lim sub’yektlari kompyuter bilan muloqot qilish madaniyatini to‘liq o‘rgansa, yoshlarning ta’lim-tarbiyasida ulkan yutuqlarga erishiladi”. Shu ma’noda PDVning bloklarini ishlab chiqish, ularda bajariladigan amallar mazmunini tahlil qilish kerak bo‘ladi.
N.I.Tayloqov PDVlarni yaratish bo‘yicha asosiy mezonlarga quyidagi bloklarni kiritadi:
|
| |