• ADABIYOTLAR
  • Pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat




    Download 46.5 Kb.
    Sana18.04.2023
    Hajmi46.5 Kb.
    #52389
    Bog'liq
    pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyat referat
    94-0593405, 15786 2- kurs kurs ishi banki (2), Fotoelektron emissiya xodisasining fan va texnikada qo’llanilish, AI 1-Mustaqil ish, css selektorlar, Mashg\'ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni, MEHNATNI RATSIONAL TASHKIL ETISHDA JISMONIY TARBIYANI AHAMIYATI ISHLAB CHIQARISHDA KASBIY AMALIY TAYYORGARLIK

    Pedagoglik kasbi va pedagogik faoliyat
    Режа:



    1. Pedagogik faoliyatning mazmuni.

    2. Pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari.

    3. Pedagogik faoliyatning insonparvarlikka yo‘naliganligi.

    4. O‘qituvchilik mahorat.

    5. Pedagogik faoliyatda qobiliyat.

    6. Pedagogik mahoratning mezonlari va prinsiplari.

    Boshqa barcha faoliyatlar kabi pedagogik faoliyat ham o‘zining xususiyatlari bilan ajralib turuvchi maqsad, vazifa, obyekt, subyektdan va komponetlardan iborat.
    Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, jamiyat tomonidan belgilanadi, va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o‘zaro ijtimoiy bog‘liq aloqalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat.
    Shunday qilib, pedagogik faoliyatning maqsadi ijtimoiy jihatdan standart tarzda belgilab berilgan bo‘lsada, lekin aniq pedagogik holatda vazifalar nostandart tarzda kelib chiqadi. Demak, o‘qituvchidan aniq holatdan kelib chiqib, maqsadni ko‘ra bilish orqali ijtimoiy xolatga bog‘langan holda ijodiy yondashuvni talab etadi.
    O‘qituvchi faoliyati boshqalar faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, o‘qituvchi faoliyati o‘quvchilar faoliyati asosida quriladigan faoliyatdir. Misol uchun olganda, murakkab, ziddiyatli bir holatda pedagog baqirmaslikka, u yoki bu shaxsni ajratib ko‘rsatmaslikka harakat qilishi kerak, balki tarbiyalanuvchilar o‘zlari mazkur sharoitdan to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun imkoniyat bermog‘i lozim (tikilib turishi, jim turishi, keskin gapirishi). Albatta, bunday yechim tarbiyalanuvchilarning yuqori darajada ongliligidan dalolat bermasada, ular tarbiyachi maqsadi sari borganligini bildiradi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xos tomoni shundaki, u pedagog va o‘quvchi maqsadi ham bo‘lib qolishi kerak.
    Boshqa odamlarning (faoliyatini boshqarish shu jihatdan ham murakkabki, tarbiya maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagini loyihalashtiradi. Albatta, bu maqsad o‘qituvchi uchun yaqin va tushunarli, chunki u: «Sen bilishing, uddalashing, bajarishing kerak», deb talab etadi. Lekin bola shu birgina kun tashvishi bilan yashaydi, bugungi kun muammosini hal etib boradi. Kelajak uning uchun juda ham uzoq. Bunday qarama-qarshilikni tarbiya fojiasining asosi deyish mumkin.
    Pedagog hozirgi zamon ruhi bilan yashash orqali kelajakni ko‘ra bilishi, uni tashkil eta bilish uning uchun o‘ta murakkabdir.
    Buni tushungan mohir pedagoglar faoliyatining asosini bola ehtiyojiga tayanib yo‘lga qo‘yadilar, ya’ni o‘zining faoliyat dasturini bola dasturiga muvofiq holda tuzadi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xosligi o‘qituvchidan jamiyatning ijtimoiy vazifasini belgilashda shaxsiy tashabbus ko‘rsatishni, ya’ni o‘qituvchi pedagogik pozisiyasida jamiyat maqsadi ortib borishi o‘z ifodasini topishi kerak. Aniq faoliyatning maqsad va vazifalarini ijodiy tushunib yetish; bolalar qiziqishlarini hisobga olish va ular o‘quv jarayonidagi maqsadlarini amalga oshirishda faoliyat turlari va mazmunini o‘zgartirib borishi kerak.
    Pedagogik mehnatning obyekti: - Inson bo‘lib «shakllanayotgan shaxs ma’naviy turmushining nozik tomonlari - aql, his, iroda, ishonch o‘z-o‘zini anglash»dir.
    Pedagogik faoliyat obyektining uziga xos tomonlari quyidagicha:
    Inson tabiatning o‘lik materiali emas, balki takrorlanmas individual sifatlari, faqat o‘ziga xos munosabati va bo‘layotgan voqealarni o‘zicha tushunadigan, aktiv faoliyat ko‘rsatuvchi mavjudotdir. U o‘zining maqsadi, motivlari, xulqi bilan ajralib turadigan pedagogik jarayonning ishtirokchisidir. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning obyekti bir vaqtning o‘zida shu faoliyatning subyekti ham hisoblanib, turli pedagogik ta’sirlarga turlicha munosabatda bo‘ladi, balki o‘sha ta’sirlarni o‘z ichki dunyosi, qarashlari orqali galvirdan o‘tkazadi.
    O‘qituvchi doimo o‘zgarib turuvchi, rivojlanishda bo‘lgan shaxs bilan muloqotda bo‘ladi. Shuning uchun unga bir xilda, shablon tarzdagi tasirlarni qo‘llamaslik kerak. Bu o‘ta murakkab jarayon hisoblanib, pedagogdan doimo ijodiy izlanishda bo‘lishni talab etadi.
    Bolaga pedagoglar bilan bir vaqtda uni o‘rab turgan atrof-muhit, stixiyali ta’sir, turli yo‘nalishdagi ko‘p qirrali vositalar ham doimo ta’sir qilib turadi. Shuning uchun ham pedagogik mehnat barcha ta’sirlarni korrektirovka qilib (o‘zgartirib, tuzatib, yangilab) turishni hatto tarbiyalanuvchi hatti-harakatini, faoliyatini maqsadli yo‘naltirib turishni, ya’ni tarbiya, o‘z-o‘zini tarbiyalash, qayta tarbiyalashni tashkil etib turishi talab etiladi.
    Umuman olganda, hozirgi zamon pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi ta’lim muassasalarida munosabatlarni demokratlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolani pedagogik jarayonning ishtirokchisi, yordamchisiga aylantirib, uning faoliyatini faollashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
    Subyekt: - Tarbiyalanuvchiga ta’sir etuvchilar - pedagog, ota-onalar, jamoa.
    Tarbiyalanuvchiga ta’sir qiluvchi asosiy vosita - o‘qituvchi shaxsi, uning bilimi va tajribasi. O‘quvchilar o‘qituvchi shaxsini qabul qilmasa, uning bilimi, xatti-harakatiga tanqidiy qarasa, u holda uning ta’siri yaxshi natija bermaydi.
    Agar pedagog shaxsga ahloqiy jihatdan ijobiy ta’sir ko‘rsata olsa, haqiqiy tarbiyachi bo‘la oladi, bunga faqat ahloqiy jihatdan o‘z-o‘zini doimiy takomillashtirib borsagina erishish mumkin.
    Tarbiyaning asosiy vositalari-tarbiyalanuvchi ishtirok etadigan turli ko‘rinishdagi faoliyatlar: mehnat, muomala, o‘yin, o‘qish.
    Bu masalada ayrim pedagoglar subyekt sifatida jamoa faoliyati ko‘rinishidagi ishlab chiqarish mehnati bolalar hayotini tashkil etishini o‘qitish jarayoni deb tushunsa, boshqa birovlari jamoa ijodiy ishlar orqali jamoani mustahkamlash zarur deb hisoblashadi.
    O‘quvchi, tarbiyachi faoliyatidagi eng asosiy masalalardan biridir bu, o‘quvchi, tarbiyalanuvchi obyektini, tarbiya maqsadini amalga oshirishda faol ishtirokchiga, ya’ni o‘zaro ta’sir tizimini yuzaga keltiruvchi subyektga aylantirish bo‘lib qolmog‘i lozim. Bu jarayon, asosan, shaxs kelajak hayotini ijtimoiylashtirish, uning shaxsiy ehtiyojlarini jamiyat ehtiyoji bilan bog‘lay olish, uning mohiyatini anglab yetish orqali amalga oshirish mumkin.
    Haqiqiy o‘qituvchi pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari (maqsad, vosita, obyekt, subyekt)ni tushuna borib boshqarishni bilishi, maqsadlarni aniqlay olishi, subyektni faollashtirishning zarur vositalarini tanlab olishi kerak. Lekin qanday qilib? Qaysi o‘ziga xos shaxsiy qobiliyatlar, ichki imkoniyatlar hisobiga? O‘z shaxsining nimasiga tayanib aytilganlarni amalga oshiradi?
    Biz bu yerda pedagogik mahoratni shaxsiy faoliyat nuqtai na-zaridan tushunishga harakat qilamiz hamda uni kasbiy faoliyatni tashkil etishni yuqori saviyada amalga oshirilishini ta’minlaydigan shaxsiy kompleks xususiyatlar yig‘indisi degan tushuncha nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilamiz. Bunday muhim xususiyatlarga faoliyatning insonparvarlik yo‘nalishi, o‘z kasbiy bilimi, pedagogik qobiliyati va pedagogik texnika kiradi. Bu tarifda biz uchun eng muhimi quyidagilardir.
    Birinchidan: pedagogik mahorat - shaxs tuzilishida bu o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizim bo‘lib, bu o‘rinda sistema bunyod etuvchi omil bo‘lib insonparvarlik yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki uning faoliyati pedagogik jarayonni, ijtimoiy tuzum talabi darajasida yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
    Ikkinchidan: pedagog kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, uning chuqur, tushunib, anglab etadigan pedagogik bilim muhim hisoblanadi. Yo‘naltirilgan kasbiy bilim, yaxlit o‘z - o‘zini tashkil etuvchi yuqori kasbiy faoliyat asosini tashkil etadi.
    Uchinchidan: pedagogik qobiliyat, pedagogik mahoratning tezroq takomillashuvini ta’minlaydigan omildir.
    To‘rtinchidan: bilim va qobiliyatga tayanadigan texnika, barcha vositalarni maqsad bilan mustahkam bog‘lashga yordam beradi va bu bilan pedagogik faoliyat strukturasini kengaytiradi.
    Shunday qilib, pedagogik mahorat tizimida yuqoridagi barcha elementlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda, uning tashqi ta’sir yordamida o‘sishigina emas, balki o‘z-o‘zini rivojlantirishga ham asos bo‘la oladi. Muvaffaqiyatning muhim sharti qobiliyat yaxlitlik beruvchi vosita: yo‘naltiruvchanlik va natijaning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi pedagogik texnika hisoblanadi.
    O‘qituvchi shaxsining insonparvarlik yo‘naltirilganligi tarbiyachining butun faoliyati pedagogik dramalardan iborat (turli fikrlar to‘qnashuvi, o‘z nuqtai nazari to‘g‘riligini isbotlash uchun kurash). Mahorat qanchalik yuqori bo‘lsa, ziddiyatlar shunchalik aniq ko‘rinadi, chunki ijodkor o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilayotgan yangicha tizim, yeskicha qarovchilar tomonidan qarshilikka uchraydi. Shaxsning yo‘naltirilganligini nima tashkil etadi? Oliy maqsad, qiziqishlar, qimmatli fikrlar.
    Ana shu masalani aniqlash mavzu mohiyatini tashkil etadi. Har bir o‘qituvchi shaxsining pedagogik yo‘naltirilganligi ko‘p qirrali hisoblanadi. Uning qimmatli yo‘nalishida quyidagilar alohida ko‘zga tashlanadi:
    1. Uz-o‘ziga ishonch, ya’ni, «mening misolimda, bilimdon, talabchan, haqiqiy o‘qituvchini ko‘rishsin».
    2. Pedagogik ta’sir vositalariga ega bo‘lishi.
    3. O‘quvchilarga, bolalar jamoasiga tayanish.
    4. Pedagogik faoliyat maqsadiga - insonparvarlik strategiyasiga, vositalarni ijodiy o‘zgartirib faoliyat obyektiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
    Agar o‘qituvchi ishiga va o‘quvchilarga mehr-muhabbatni uzviy bog‘lay olsa, u haqiqiy yetuk o‘qituvchidir. Kelajak oldidagi javobgarlikni his etish, ongli intilish bilan bolalarga bo‘lgan ulkan muhabbatni uzviy tarzda bog‘lay olgandagina pedagogik mahorat shakllana boradi. Pedagog faoliyatining yuksak vazifasi-insonparvarlik yo‘naltirilganligi, uning aniq maqsadlarini belgilashga yordam beradi.
    Birinchi kurs talabasi san’at muzeyiga bolalarni olib borib, u yerda gapirishga qiynaladi. Usta o‘qituvchi ekskursiya jarayonida juda ko‘p narsani ko‘radi. O‘z-o‘zini anglashga, san’atni tushunishga, bu kasbga mehr qo‘yishga, yaxshilik va yomonlikni farqlay olish, shu kasb egalarini hurmat qilishga, tabiatni e’zozlashga, eng muhimi, o‘quvchini yanada yuksaklikka olib chiqishga yordam beradi.
    O‘qituvchining insonparvarlik yo‘naltirilganligi, uning hayotiy aktiv pozisiyasida ham ko‘rinadi. Bir misol: uzum tergani IX sinf o‘quvchilari ertaga ham boqqa ishga chiqish kerak edi. Lekin bolalar ishga chiqishni, uzum terishni xohlamayapti. Chunki kechagi va oldingi kun terilgan uzumlar olib ketilmasdan oftobda chirib yotgan edi. Lekin o‘qituvchi qat’iy qilib, «Sizlarning ishinglar uzum terib berish, qolgani sizning ishingiz emas» deb majbur qildi.
    Albatta, o‘qituvchi bolalar to‘g‘ri gapirayotganligini bilib tursada, ularning fikrini quvvatlamadi. Buning o‘rniga u befarqligi, e’tiborsizligi tufayli shunday bo‘layotganini rosmona gapirib, bu masalani tegishli rahbarlar oldiga qo‘yishini aytishi kerak, o‘quvchilar bilan birga qanday qilib hosilni saqlab qolish to‘g‘risida ham o‘ylashi kerak edi.
    Mohir o‘qituvchining yo‘nalishida ikki intilish - o‘zi dars berayotgan predmet bilan doimiy qiziqishi va o‘quvchilar bilan munosabatga doimiy ehtiyoj sezishdan iborat. Pedagogik mahoratning fundamental asosi kasbiy bilimdir. O‘qituvchining bilimi, bir tomondan, fanga, o‘zi dars berayotgan fanga, ikkinchi tomondan, bu fanni o‘zlashtiradigan o‘quvchiga qaratilishi lozim.
    Kasbiy bilim mazmuni, u dars berayotgan predmet, uning metodikasi, pedagogika va psixologiya fanlarini tashkil etadi. Kasbiy pedagogik bilimning muhim o‘ziga xos tomoni, o‘zi o‘rganayotgan fanlarni - umumlashtirishni, birlashtirish, ya’ni uning kompleksligini ta’minlashdan iborat. Bunday umumlashtirish birlashtirishning asosini - pedagogik masalalarni yechish, pedagogik holatlarni tahlil etish, shaxsni shakllantirish qonunlarini anglash asosida vositalarni tanlash demakdir. Har bir pedagogik masalani yechish o‘qituvchining butun bilimlar sistemasining mohiyatini oshiradi, muhimligini ko‘rsatadi. Mohir o‘qituvchining kasbiy bilimlaridagi komplekslik, umumlashtirish bilan birga shaxsiy qarashlari nuqtai nazaridan ham muhim o‘rin tutadi.
    Masalan: 8-sinfda adabiyot darsi. A. Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani haqida juda ko‘plab adabiy tanqidchilar: O.Sharofutdinov, U.Normatov, B. Qosimovlarning fikrlari aytilgan. O‘quvchilar ham bu roman haqida o‘z fikrlarini aytishdi. Lekin o‘qituvchi o‘zi biron marta ham «Mening fikrimcha, men o‘ylaymanki», qabilida bu roman haqida o‘z nuqtai nazarini bildirmasa, o‘z ichki munosabatlarini aytmasa, u holda hech qachon o‘quvchidan jiddiy, ko‘ngildagi o‘z fikrlarini talab qila olmaydi. Fanlarning nazariy asoslarini bilish, madaniyat sohasidagi butun bilim saviyasi, o‘qituvchi shaxsiy qarashlari, nuqtai nazari bo‘lib maydonga chiqishi kerak.
    O‘qituvchining mahorati. Kitobdagini auditoriyaga, sinfga yetkazuvchi emas, egallagan bilimlarni o‘zlashtira olishi o‘ziniki qilishida dunyoga o‘zining nuqtai nazaridan qarashlari tarzida bayon etilgan bo‘lishi kerak.
    Pedagogik kasbiy bilim asosida uning xatti-harakati va tutishlarining asosiy prinsiplari va qoidalari, ya’ni pedagogik ongi shakllanadi. Bu prinsiplar, qoidalarni har bir pedagog o‘zining tajribasi asosida yaratadi, lekin ularni tushunib yetish, qonuniyatlarini ko‘ra bilish faqat doimiy izlanish, o‘rganishni talab etadi. Bu esa ilmiy bilimlarni egallash orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchining ta’lim berishidagi qiyinchiligi kasbiy yaroqlikni egallashning murakkabligi shundaki, kasbiy bilim, birdaniga bir necha darajada, sohada shakllanadi:
    a) metodologik (falsafa qonunlarini bilish, tarbiya maqsadini belgilash zaruriyatini anglab yetish) soxasida;
    b) nazariy (pedagogika, psixologiya qonunlarini, prinsip qoidalarini faoliyat formalarini bilish) bilimlar sohasida;
    d) metodik (o‘quv - tarbiya jarayonini modellashtirish, konstruksiyalash darajasini o‘zlashtirish) bilimlarni o‘zlashtirishda;
    e) texnologik (aniq sharoitda ta’lim va tarbiyaning amaliy vazifalarini yechish darajasini o‘zlashtirish) sohasida shakllanadi.
    Bu esa tajribali pedagogdan yetarlicha rivojlangan kasbiy fikrlashning keraklisini ajratib ola oladigan, pedagogik maqsadga erishishda egallangan bilimlar tahlili va umumlashtira oladigan, ularning texnologik tarzda ko‘rsata oladigan bo‘lishni talab etadi.
    Mahoratni egallashdagi tezlik pedagogik bilimlarning o‘sishini to‘la ta’minlay olmaydi. Albatta, oliy o‘quv yurtida a’loga o‘qiyotgan talabaning pedagogik amaliyoti doimo ham muvaffaqiyatli o‘tavermaydi. Muvaffaqiyatli faoliyatni ta’minlovchi mazkur shaxsning o‘ziga xos tomonlari kasbiy o‘sishga turtki beruvchi qobiliyat ham bor.
    Pedagogik faoliyada qobiliyat. U (qobiliyat) pedagogik faoliyat muvaffaqiyatiga yordam beruvchi psixik jarayonlarning sodir bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Bu masala bir qator tadqiqotchilarning izlanishlarida o‘z aksini topgan (F.N. Gonobolin, «O nekotorix psixicheskix kachestvax lichnosti uchitelya», jurnal «Voprosi psixologII», № 1 1975. N.V. Kuzmina. Ocherki psixologII truda uchitelya. L. 1967. V. N. Kruteskiy. Psixologiya. M. 1980 g. Str 345.).


    ADABIYOTLAR




    1. I.A.Karimov. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997.
    2. I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. T.: O‘zbekiston, 1998.
    3. O‘zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi. T.: O‘zbekiston, 1993.
    4. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. / Barkamol avlod – 5. O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997. 20-29 betlar.
    6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,- Xalq ta’limi, 1998, 1-son.
    7. www.ziyonet.uz
    Download 46.5 Kb.




    Download 46.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik faoliyat va pedagogik mahorat

    Download 46.5 Kb.