O'quv materiallarini didaktik jihatdan qayta ishlay olishni shakllantirish




Download 35,41 Kb.
bet10/12
Sana26.09.2024
Hajmi35,41 Kb.
#272542
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatida

O'quv materiallarini didaktik jihatdan qayta ishlay olishni shakllantirish
Fan taraqqiyoti, mutaxassislarga ishlab chiqarish, jamiyat tomonidan qo'yilayotgan talabalarning o'sib borishi o'quv materialining keskin ko'payib borishiga olib kelmoqda. Bu esa, o'z navbatida ta'lim sifati, ta'lim oluvchilar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun ta'lim mazmunini shakllantirishga va uzatishga yangicha yondashuvlar ishlab chiqilmoqda. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarida bu masala chetlab o'tilmagan albatta. Oliy ta'lim davlat ta'lim standartlari, shuningdek, baklavriyatning mavjud 131 yo'nalishi va magistrutura mutaxassisliklarining 664 namunaviy o'quv rejalari tasdiqlandi. Davlat ta'lim standartlari asosida har bir yo'nalish va mutaxassisliklar bo'yicha o'quv predmetlarining dasturlari ishlab chiqilgan. Oliy maktab uchun yangi, original darslik va o'quv qo'llanmalarni yaratish bo'yicha ishlar boshlandi. 1999-2007 yillarda O'TMlarni ta'minlash uchun adabiyotlarni nashrdan chiqarish istiqbol rejasi ishlab chiqildi. 1998-2002 yillarda 2927 ta darslik va o'quv qo'llanmalari nashr qilindi. O'TMlarda o'quv amaliyotiga elektron darsliklarni yaratish va tadbiq etish jarayoni boshlandi. 2000-2002 yillarda 400ta elektron darsliklar tayyorlandi. 2005 yilda 700ta darsliklar va o'quv qo'llanmalari, 40ta elktron dasrliklar nashr qilindi. (10)
Bu sohada o'zbek olimlari R.Safarova, U Musaev, P.Musaev, F.Yusupova, R.Nurjanovalar tomonidan chuqur izlanishlar olib borishmoqda. Ushbu mualliflar tomonidan 2005 yilda yaratilgan “O'zbekiston Respubikasida umumiy o'rta ta'lim strategiyasi muammolari va ta'lim mazmunining yangi modellari, ularni tadbiq etish yo'llari” kitobida (3) bu muammo batafsil ko'rib chiqilgan va uni echishga qaratilgan qator yo'llar belgilab berilgan. Yuqorida ko'rsatilgan izlanishlar ko'proq umumiy o'rta ta'lim muaommolariga bag'ishlangan bo'lsada, ulardan oliy ta'limdagi muammolarni ham echishda samarali foydalanish mumkin.
Bunda umumiy o'rta ta'lim mazmunini modernizasiyalash strategiyasi ta'lim mazmunini quyidagilar asosida belgilashning talab qilinishi ko'rsatilgan:

Download 35,41 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 35,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quv materiallarini didaktik jihatdan qayta ishlay olishni shakllantirish

Download 35,41 Kb.