|
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi oliy maʼlumotli nopedagog
|
bet | 1/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 42,93 Kb. | | #246466 |
Bog'liq Amaliyot kundaligi ohirgisi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT SHAHAR PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI
Oliy maʼlumotli nopedagog kadrlarni Texnologiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kursi tinglovchisi
_________________________________________________________ning
(F.I.SH.)
AMALIYOT DAFTARI
Аmaliyot boshlangan sana: 202____ yil _______________________
Аmaliyotning yakuniy sanasi: 202____ yil ______________________
|
Mazkur amaliyot daftari o‘quv rejaga asosan
144 soatga belgilangan bo‘lib, kasbiy va pedagogik qayta tayyolov kurslari uchun ishlab chiqilgan.
|
Amaliyot o‘tagan ta’lim
muassasasi ___________________________________________
Maktab direktori ______________ ___________________________
Muhr o‘rni Imzo F.I.Sh.
Toshkent – 2022
Peadagogik amaliyot uchun umumiy ko‘rsatmalar.
Qayta tayyorlash kursi tinglovchisining mazkur amaliyot daftari O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 17-avgustdagi “Xalq taʼlimi tizimida pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘i hamda Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 30-dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish va o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 338-sonli buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan.
________________________ yo‘nalishidagi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kursi Xalq taʼlimi vazirligining 194-son buyrug‘iga muvofiq 1548 soatlik namunaviy o‘quv reja asosida o‘tkazilishi mo‘ljallangan bo‘lib, uning 144 soati tinglovchilarning o‘zi ishlaydigan yoki Hududiy markazning hamkor taʼlim muassasasida mustaqil ravishda pedagogik amaliyotini o‘tash tarzida amalga oshiriladi.
Amaliyot daftari pedagogik amaliyot davomida bajariladigan ishlarning mazmuni, hajmi va vaqtini aniq ko‘rsatishi bilan foydalanishga hamda nazorat olib borishga qulaylik yaratadi.
Tinglovchining taʼlim muassasasidagi amaliy mashg‘ulot davrining oxirgi kunida uning faoliyati natijalari sarhisob qilinadi hamda muassasa rahbari tomonidan imzolanib, hisobot yuzasidan hujjatlarining to‘plami fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonining mazmuniga masʼul bo‘lgan kafedraga taqdim etiladi. Har bir tinglovchining pedagogik amaliyoti yuzasidan hisoboti kafedra tomonidan o‘rganilib, tavsiyalar beriladi va tinglovchining bitiruv ishi himoyasida reytingini aniqlashda hisobga olinadi.
Pedagogik amaliyotni o‘tamagan tinglovchilar yakuniy davlat attestatsiyasiga qo‘yilmaydi.
Izoh: Pedagogik markazning Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni monitoringini olib borish va sifatini baholash bo‘limi boshlig‘i pedagogik amaliyotga doir barcha ishlarni nazorat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi oliy maʼlumotli nopedagog
|