|
Dars tahliliga kiruvchilar uchun qo‘yiladigan pedagogik talablar
|
bet | 6/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 42,93 Kb. | | #246466 |
Bog'liq Amaliyot kundaligi ohirgisiDars tahliliga kiruvchilar uchun qo‘yiladigan pedagogik talablar:
Dars tahlili tinglovchining kasbiy malaka va ko‘nikmalari darajasini ko‘tarish, qayta tayyorlash kursida egallagan nazariy bilimlarini ko‘nikma va malakalar tomon amalda qo‘llash, yangi yutuq va kamchiliklarini qayd etish, dars berish tajribasini o‘rganishni nazarda tutadi.
Tahlil davomida o‘qituvchilarning shaxsiyatiga tegish, obro‘sini to‘kish, kamsitish, kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatish, darsga aloqasi bo‘lmagan masalalarni muhokama qilishga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Quyidagilarni doimo esda saqlash tavsiya etiladi:
1. Darsga kirilishi rejalashtirilgan o‘qituvchi (tinglovchi) bu haqda oldinroq ogohlantirishi kerak.
2. Darsni tahlil qilish uchun sinf xonasiga fan o‘qituvchisi (tinglovchi) bilan birgaliqda kiriladi.
3. Dars jarayonida quyidagilarga yo‘l qo‘ymaslik lozim:
- dars nihoyasiga yetgunga qadar sabr-toqatli bo‘lish va dars tugamasdan turib sinf xonasidan chiqib ketish;
- dars davomida o‘rnidan turib yurish va o‘quvchilarning daftarini tekshirish;
- o‘qituvchi, o‘quvchi va boshqalarga turli xil ishoralar qilish;
- dars tahlilida ishtirok etayotganlar bilan baland ovozda gaplashish, u yoki bu vaziyatni muhokama qilish;
- dars davomida tahlil ishtirokchilarining savollariga javob berish;
- o‘qituvchi (tinglovchi) bildirgan fikrga nisbatan o‘z noroziligini baland ovozda oshkora qilish;
- o‘qituvchi, o‘quvchi va boshqalardan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, qurollarini so‘rab olish;
- o‘qituvchi (tinglovchi)dan va tahlil ishtirokchilardan achchiqlanish, uni ochiqchasiga oshkora qilish;
- o‘qituvchi (tinglovchi)ga dars davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun o‘quvchilar oldida tanbeh berish;
- o‘qituvchi (tinglovchi)ning o‘rniga dars berishga intilish, uning faoliyatiga aralashish.
4. Muhokama (tahlil)ni boshlamasdan oldin o‘tilgan dars xususida o‘qituvchi (tinglovchi)ning shaxsiy fikrini eshitish, baʼzi vaziyatlarda nima uchun u yoki bu uslubiy vositani qo‘llaganligi sabablarini bilish kerak.
5. Dars xususida bildirilgan fikrlar xolisona, do‘stona bo‘lishi kerak.
6. Muhokama (tahlil) dars tugagandan so‘ng o‘tkazilishi shart.
Аgar shu talablar bajarilmasa, Siz o‘qituvchi (tinglovchi)ning darsni tashkil etishiga, taʼlimning samarador va mukammal usullarini tanlashiga, ijodkorlikka erishishiga, o‘quvchilar jamoasini o‘quv-bilish faoliyatiga faol jalb qilishiga, sinfda zarur tartib-intizomni o‘rnatishiga halal bergan bo‘lasiz!
Darsni kuzatuvchi amaliyotchi-tinglovchining darsdagi intizomi, tahlil davomidagi xolisona yondashuvi o‘qituvchining unumli ishlashida, xuddi shuningdek, shaxsiy kasbiy malakalarining shakllanishida ham muhim omildir.
|
| |