• O‘z darsini o‘zi tahlil qilish
  • O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi oliy maʼlumotli nopedagog




    Download 42,93 Kb.
    bet4/12
    Sana20.05.2024
    Hajmi42,93 Kb.
    #246466
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Amaliyot kundaligi ohirgisi

    Umumiy pedagogik tahlil

    Umumiy pedagogik tahlil - darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil ko‘rinishdagi tahlilidir.


    O‘qituvchi darsiga kirishdan oldin yoki darsi kuzatilgach, uning sinf qaydnomasini yuritish, o‘quvchilarning daftarlarini tekshirib borishning ahvoli, tarbiyachi, ota-onalar bilan olib borilgan ishlari kabi barcha faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarini tahlil etilgan darsdagi yutuq, kamchiliklar bilan teng ko‘rsatib o‘tish foydalidir.
    Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilar hisobga olinadi:
    - dars jihozlari;
    - sinf xonasining tayyorlik holati;
    - dars bosqichlaridan to‘g‘ri foydalanish;
    - o‘qituvchining pedagogik-psixologik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko‘tarila olishi;
    - o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borgan tarbiyaviy ishlar;
    - o‘quvchi bilimiga ko‘yiladigan bahoning xolisona, izohli bo‘lishi;
    - o‘quvchilar intizomi;
    - tashqi va qulay psixologik muhit, ish sharoiti;
    - o‘qituvchi va o‘quvchilar, o‘quvchilarning o‘zaro savol-javoblari, muloqot ko‘nikmalari ustida ishlanishi.
    Umumiy pedagogik tahlil sohasidagi tajribalarga ko‘ra quyidagi maslahatlarga rioya qilinishi, ularni doimo yodda tutish tavsiya etiladi:
    1. Berilgan savolga javob berishda kechikayotgan o‘quvchi uchun bir oz qo‘shimcha vaqt berilishi lozim.
    2. Javobni boshlashda qiynalgan o‘quvchiga o‘qituvchining yordam berib yuborishi o‘rinlidir (jumlalar namunalari, ko‘rgazmalar asosida va h.).
    3. O‘quvchi bilimiga qo‘yilgan baho doimo sharhlanishi kerak.
    4. Muomala va muloqotda ehtiyotkor bo‘lish lozim.
    O‘z darsini o‘zi tahlil qilish

    Dars yoki mashg‘ulotlar faqat o‘zgalar tomonidan tahlil qilinibgina qolmay, uni o‘tkazgan o‘qituvchining o‘zi tomonidan ham tahlil qilinishi mumkin. Shu o‘rinda aytish joizki, o‘z darsi yoki mashg‘ulotini tanqidiy tahlil qilib borishga o‘rgangan har bir o‘qituvchi taʼlimda sifat va samaradorlikka erishadi. O‘z xatolarini ko‘ra bilgan o‘qituvchi rivojlana oladigan o‘qituvchi demakdir.


    Kamchiliklarni tuzatish, o‘z darsini qayta ko‘rish maqsadida o‘qituvchi darsdan chiqqach, dars jarayonini to‘la eslashga harakat kiladi. Har bir dars bosqichida bajarilgan ishlar, qo‘llanilgan usullarni tahlil kiladi, ularni nimalar bilan to‘ldirish, to‘g‘irlash lozimligini aniqlaydi.
    O‘z darsini o‘zi tahlil qilish, erishilgan yutuqlarini yaqqol ko‘rish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga o‘rganish uchun o‘qituvchi ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning darslariga kirib, o‘z darslari bilan taqqoslashi lozim.
    O‘qituvchining o‘z darsini o‘zi tahlili - bu juda murakkab ichki jarayon bo‘lib, fikran amalga oshiriladi. O‘qituvchi o‘z-o‘zini tahlil qilganda, fikran o‘z darsini qismlarga bo‘lib, o‘z mushohada taqrizidan o‘tkazadi. Bunday usulda ishlashdan maqsad o‘tkazilgan darsni zamonaviy pedagogika, psixologiya, uslubiy va ilg‘or pedagogik tajribalar talabiga javob berishini aniqlash va shu jihatdan o‘z darsiga baho berishdan iboratdir. Shu yo‘l bilan o‘qituvchi o‘z darsining yutuq va kamchiliklarini aniqlab, pedagogik mahoratini takomillashtirish rejasini tuzishi lozim.



    Download 42,93 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 42,93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi oliy maʼlumotli nopedagog

    Download 42,93 Kb.