|
O‘z-o‘zini tahlil qilish uchun o‘qituvchi quyidagi savollarga
|
bet | 5/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 42,93 Kb. | | #246466 |
Bog'liq Amaliyot kundaligi ohirgisiO‘z-o‘zini tahlil qilish uchun o‘qituvchi quyidagi savollarga
javob topishi kerak:
1. Darsni rejalashtirganda o‘quvchilarning o‘rganish natijalari va ularning o‘quv imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinganmi?
2. Hozirgi o‘tilgan mavzu o‘tgan mavzu bilan bog‘langanmi, kelasi dars uchun zamin tayyorlaydimi? O‘tilgan darsning boshqa darslar turkumida tutgan o‘rni qanday?
3. Darsni (taʼlimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) maqsadlari amalga oshirildimi? Ularning yaxlitligiga erishildimi?
4. Eshitish va aqliy qobiliyati, umumiy nutq rivojlantirish yuzasidan ishlarga eʼtibor berildimi? (o‘quv fannning xususiyatidan kelib chiqqan holda)
5. Darsning tuzilishi o‘quv materialining mazmuniga, hal etiluvchi o‘quv topshiriqlarining tavsifiga mos keladimi? Darsning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish to‘g‘ri amalga oshirildimi? Darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalaniladimi?
6. Darsninig asosiy mohiyati, belgilovchi g‘oyalari taʼkidlandimi?
7. Dars uchun tanlangan usul, vosita, tamoyillar yangi o‘quv materialining mazmuniga to‘g‘ri keladimi? O‘qitishning hozirgi zamon vositalaridan unumli foydalanildimi?
8. Darsda o‘quvchilarga yakka va tabaqalashtirilgan holda yondashildimi?
9. O‘quvchining darsda bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashlarini nazorat qilish qanday tashkil etiddi? Ularga ko‘yilgan baholar tarbiyalovchi xarakterga ega bo‘lib, o‘qish faoliyatini rag‘batlantirdimi?
10. Darsda o‘quvchining bilish faoliyatini o‘stirishga va unda o‘qishga istakni shakllantirishga eʼtibor berildimi?
11. Darsda ko‘rgazmali qurollar, o‘quv va texnik vositalardan foydalanish qay tarzda amalga oshirildi?
12. Darsdagi ruhiy muhit, o‘quvchilar va o‘qituvchining o‘zaro munosabatlari qanday?
13. Uy topshiriqlarini tekshirish metodikasi kay tarzda amalga oshirildi?
14. Darsda qanday qiyinchilikka duch kelindi, ularning sabablari nima va qaysi yo‘llar bilan bartaraf qilish mumkin?
15. Mazkur dars maqsadi va vazifasini amalga oshirish uchun o‘qituvchining bilim malakasi yetarlimi? O‘z bilimini qaysi yo‘nalishda yanada chuqurlashtirish zarur?
|
| |