Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.01.2024
Hajmi0,49 Mb.
#141827
1   2   3   4
Bog'liq
ta-lim-sifatini-oshirishda-oilaning-orni

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1734 International Conference 
bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suxbatga bo’lish 
va bolaga nasihat qilishdir. 
Berdaq oilaning bola tarbiyasida, muhim o’rin tutishni alohida ta’kidlaydi, oila 
muhitida ota-onalar bilan bolalar o’rtasida o’zaro hurmat bo’lgandagina bola 
tarbiyasida 
yaxshi 
natijalarga 
erishishi 
mumkinligini 
aytadi. 
Berdaqning 
ta`kidlashicha, inson tug’ilgan kundanoq tarbiyaga muhtojdir, uning ilk 
tarbiyachilari, albatta, ota-onalardir. Berdaqning fikricha barcha odamlar insonparvar 
va adolatli bo’lsa jamiyat gullab yashnaydi. Buning uchun esa, xalqqa ta’lim berish, 
unda ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash lozim. 
Mirzo Ulug’bekning oila muhitini yaxshilash, sog’lom tarbiya berish haqida 
quyidagi fikrlarni bildirgan. Bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, havasini 
oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit, ya`ni oila muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota-
onalar o’qimishli bo`lishini, tarbiya berishda ota-onaning o`zi o`rnak va hayotiy 
misol bo`lishiga farzandi guvoh bo`lishi eng ko`p samara berishini ta`kidlaydi. 
Jaloliddin Davoniy ota – onani oilada va farzand tarbiyasida tayanch nuqtaga 
qiyoslaydi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng 
ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini, muayyan bir kasbni 
egallashiga ko’maklashishi, ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi 
bo’lmish oziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jihozlarni yetkazib berish 
uchun ota-ona tengdan faollik ko’rsatishi kerakligini takidlaydi. 
O`quvchi ilm olishida ota-ona oilada birinchi namuna, yo’lboshchi bo`lishi 
kerak. 
Bolaning dunyosi oiladan boshlanadi. Va o'qish odati birinchi navbatda oilada 
paydo bo'ladi. Ota-onalar va ularning farzandlari qo'lidagi yaxshi kitob bu oilada 
o'qish muhiti va ma'naviy birlik hukm surishi uchun yaxshi belgidir. 
Buning uchun 
ota ham ona ham kitob bilan do’st bo’lishi maqsadga muvofiq.
Bolaning o'qish hayoti uchun oilaviy o'qish alohida ahamiyatga ega. Voyaga 
yetgan odamning o'qishini tinglash, u bilan kitob rasmlarini tomosha qilish bolada 
faol o'ylash, qahramonlar haqida qayg'urish, voqealarni davomini kutish, o'z tajribasi 
va boshqalarning tajribasi o'rtasidagi aloqalarni farqlash va ularni bir – biriga 
bog’lashni o’rganadi. Birgalikda o'qish ota-ona va bolani bir-biriga yaqinlashtiradi, 
ma'naviy muloqotning noyob va quvonchli daqiqalarini rag'batlantiradi va to'ldiradi, 
bolada mehrga to`la munosabat va mamnunlikni hamda mehribon qalbni tarbiyalaydi. 
Oilaviy o'qish an'analari oilaviy ta'lim tizimining juda muhim qismidir. Oila 
davrasida jam bo`lib kitob mutolaa qilishni eskilik deb o'ylamang, chunki planshet, 
televizor, kompyuter va boshqa ma'lumot manbalari birlikda o’qilgan kitob zavqidek 
zavq va taassurot qoldirmaydi.



Download 0,49 Mb.
1   2   3   4




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar

Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish