Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.01.2024
Hajmi0,49 Mb.
#141827
1   2   3   4
Bog'liq
ta-lim-sifatini-oshirishda-oilaning-orni

Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
Chirchik, Uzbekistan 1735 International Conference 
Oilaviy o'qish - bu ma'lumot olish usuli emas, bu eng muhim va eng samarali 
aloqa usuli, kuchli ta`sir va hissiyotga, motivatsiyaga boy bo'lgan tarbiya usuli. Ota-
onalar oilaviy o'qish orqali bolalarda o'qishga bo'lgan,bilim olishga bo`lgan qiziqishni 
uyg'otishga yordam beradi. 
O`qituvchi ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashining muvaffaqiyatli tomoni 
shundaki bola, faqat maktabda 45 minut dars mobaynida olgan bilimidan
10 minutlik bilimngina uyda qayta takrorlaydi va yodida saqlab qoladi.
Bola xotirasidagi asosiy voqealar uyda sodir bo’lganlaridir. Balki shuning 
uchun ham uyda ota-ona bilan dars qilgan yoki ota-onasi bilan hamjixatlikda o’qigan 
kitobning ahamiyati ular uchun kuchli va ta’sirliroq. Bugungi kunda bizning 
maqsadimiz pedagogik amaliyotida bolani mashg'ulotlar orqali va oilada ishlash 
orqali bolalar va ota-onalarning birgalikdagi faoliyati orqali o'qitish va 
tarbiyalashdir. 
Amalga oshiriladigan turli xil tadbirlarning xususiyatlaridan biri bolalar ota-
onalari bilan birgalikdagi bajarganlaridir. Masalan, Yevropa mamlakatlaridagi 
maktabgacha ta’lim muassasalari va boshlang’ich ta’lim tizimida alohida “Otalar 
kuni” tashlik etilgan va bu kunda sinfdagi barcha o’quvchining otasi ishtirok etishi 
shart. Bu esa quyidagi: 
- ota-onalar farzandini chuqurroq anglashlari uchun; 
- badiiy asarlarni o'qish orqali oilani birlashtirish; 
- har bir bola va uning oilasi bilan individual ish olib borish imkonni beradi 
Maktabgacha va boshlang’ich sinfda o’qiydigan yoshdagi bolalarni o'qitish va 
tarbiyalashning samarali vositasi, ularning shaxsiyatini rivojlantirish uchun 
intellektual manba sifatida, bolalarning o'qish qiymatini hayotdagi muvaffaqiyatlari 
garovi sifatida tushunishda ota-onalarning yordam berishidir. 
Oilada bolalarning o'qishini targ'ib qilish va rivojlantirish bo'yicha ota-onalar 
bilan hamorlikda ishlashni kuchaytirish, har bir ota-onani bolalarning o'qishi va 
rivojlanishi muammolarini hal qilishga jalb qilish o`qituvchining mahoratiga bog`liq. 
Kitoblarga, asarlarga qiziqishni shakllantirishga ko'maklashish, turli xil asarlarni 
tinglash va tushunish qobiliyatini shakllanashi ota-onadan bolaga ko`chadi. Oilaning, 
ota-onaning ko`zgusi bu farzanddir. 
Bugungi kunning tarbiyachisi, yetaklovchisi bo`lgan pedagoglarimiz o`quvchi 
orqali qanday ota-ona bo`lish etiketini, oilada ota-ona va farzand burchlari nimadan 
iborat ekanligini anglata olishi kerak. O`quvchilarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, 
maqsad qo`ya olish va reja bilan ishlash ko`nikmasini rivojlantirish ota-onalarga 
bog`liq ekanligini yana bir karra tushuntirishi lozim. Ustozlar ota-onalar bilan oilaviy 
tajribalarni umumlashtirish va takomillashtirish kabi maqsadlarni o’z oldimizga 



Download 0,49 Mb.
1   2   3   4




Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar

Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish