5.4б-шакл
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MA’LUMOTNOMA
JALILOV SHOKIR ISOMIDDINOVICHGA
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini berish haqida
Attestatsiya ishi tartib raqami ___________
I. TAqDIMNOMA
Jalilov Shokir Isomiddinovich Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 23.12.2022 yildagi 12 yig‘ilishida tanlovdan o`tgan. Tanlov natijasiga ko`ra “Musiqa ta’limi” kafedrasi dotsenti lavozimiga saylangan va Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining 24.12.2022 yil, № 493 p/o‘ buyrug‘i bilan “Musiqa ta’limi” kafedrasi dotsenti v.b. lavozimiga tayinlangan.
Taqdimnoma Navoiy davlat pedagogika instituti ilmiy Kengashining 2024 yil 23 yanvardagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilganda Kengashning 56 kishidan iborat a’zosidan 50 nafar a’zosi yopiq ovoz berish yo‘li bilan quyidagicha ovoz berishdi: 50 kishi tarafdor, qarshilar – yo’q, (2021 yil 13 dekabrdagi 4 -sonli institut Kengashi yig’ilishining 4/7.1 son qarori).
II. taqdim etilayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar
1. Jalilov Shokir Isomiddinovich 1966 yil, 30 aprelda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida, ziyoli oilada tug‘ilgan, millati o‘zbek.
2. 1989 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini musiqa va ashula ixtisosligi bo‘yicha tugatgan.
3. Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega emas.
4. Umumiy ish staji 34 yil, pedagogik ish staji 34 yil, OTM dagi ish staji 21 yil, shu jumladan, mazkur ta’lim muassasasidagi pedagogik ish staji 21 yil.
Jumladan:
1983-1989 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining Musiqa fakultetida o‘qigan va Musiqa o‘qituvchisi mutaxassisligini egallagan. (1984 – 1986 yillarda muddatli harbiy xizmatda bo‘lgan)
1989 – 2000 yillarda Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 36-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
2000 yil aprel – avgust oylarida Navoiy shahar 5-son Umumiy o‘rta ta’lim maktabida musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2000-2003 yillarda Navoiy shahar 15-son Umumiy o‘rta ta’lim maktabida musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2003 – 2009 yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti “Musiqa nazariyasi va cholg‘u asboblari” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
2009 - 2015 yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti “Musiqa” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2015 - 2021yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti “Musiqa ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2021 – 2022yy - Navoiy davlat pedagogika instituti “Musiqa ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2022yil, 24-dekabrdan boshlab hozirgacha Navoiy davlat pedagogika instituti “Musiqa ta’limi” kafedrasi dotsenti v.b. lavozimida ishlab kelmoqda.
5. Dotsent ilmiy unvoniga talabgor Jalilov Shokir Isomiddunovich “Musiqa ta’limi” kafedrasida zamonaviy o‘qitish usullaridan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan foydalangan holda bakalavriyat talabalariga musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, musiqa asarlari tahlili, musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi, musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash, estetik tarbiya metodikasi fanlaridan hamda magistratura mutaxassisligi talabalariga polifoniya, mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi, musiqa psixologiyasi, ijrochilik mahorati asoslari, musiqa asarlari tahlili muammolari fanlaridan ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. Jumladan, Jalilov Sh.I. tomonidan:
2014-2015-o`quv yilida Solfedjio fanidan 1-kurs M1,2 guruhlariga 6 soat, Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi fanidan 3M1,2 guruhlariga 40 soat, Estetik tarbiya metodikasi fanidan BTU fakulteti Maktabgacha tarbiya metodikasi yo`nalishi 3G1,2 guruhlariga 4 soat, 4G1,2 guruhlariga 10 soat, Magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabalariga Polifoniya fanidan 16 soat, Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi fani bo`yicha 20 soat ma’ruza o`tildi.
Solfedjio fani bo`yicha 1-kurs M1,2 guruhlariga 140 soat, 2-kurs M1,2 guruhlariga 152 soat, Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi fanidan 3M1,2 guruhlariga 68 soat, Estetik tarbiya metodikasi fanidan BTU fakulteti Maktabgacha tarbiya metodikasi yo`nalishi 3G1,2 guruhlariga16 soat, 4G1,2 guruhlariga 32 soat, Magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabalariga Polifoniya fanidan 14 soat amaliy mashg`ulotlar o`tildi.
Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi fanidan 3M1,2 guruhlariga 60 soat, Estetik tarbiya metodikasi fanidan Boshlang`ich ta’lim metodikasi fakulteti “Maktabgacha tarbiya metodikasi” yo`nalishi 3G1,2 guruhlariga 8 soat, 4G1,2 guruhlariga 20 soat, Magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabalariga Polifoniya fanidan 10 soat, Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi fani bo`yicha 20 soat seminar mashg`ulotlari o`tildi. Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi fanidan 3M1,2 guruhlariga 20 soat laboratoriya mashg`ulotlari o`tildi. O`quv yilida barcha mashg`ulotlar rejaga asosan o`tildi va o`z vaqtida guruh jurnallarida qayd etildi. Shuningdek, u Maktab repertuari fani bo`yicha 9 ta talabaning kurs ishiga, Musiqa tarixi fani bo`yicha 8 nafar talabaning kurs ishiga, 1 ta talabaning bitiruv malakaviy ishiga, 4 ta talabaning pedagogik amaliyot mashg’ulotlariga rahbarlik qildi.
2015-2016-o`quv yilida “Musiqa ta’limi” kafedrasi tomonidan unga topshirilgan o`quv yuklamasining 54 soati ma’ruza mashg`ulotlaridan, 546 soati amaliy mashg’ulotlaridan, 30 soati seminar mashg`ulotlaridan, 10 soati laboratoriya mashg`ulotlaridan, 16 soati kurs ishi, 25 soati bitiruv malakaviy ishuga rahbarlik, 125 soati malakaviy amaliyotga rahbarlik va 42 soati reyting nazorati soatlaridan iborat bo`lib, o`quv yilida unga yuklatilgan barcha mashg’ulotlar rejaga asosan o`tildi va o`z vaqtida guruh jurnallarida qayd etildi. Shuningdek, u Maktab repertuari fani bo`yicha 9 ta talabaning kurs ishiga, Musiqa to`garagini tashkil etish fani bo`yicha 8 nafar talabaning kurs ishiga, 1 ta talabaning bitiruv malakaviy ishiga, 5 ta talabaning pedagogik amaliyot mashg’ulotlariga rahbarlik qildi.
2016-2017-o`quv yili uchun Sh.I.Jalilovga “Musiqa ta’limi” kafedrasi tomonidan 847 soat o`quv yuklamasi topshirilgan edi. O`quv yuklamasining 70 soati ma’ruza, 378 soati amaliy, 10 soati laboratoriya, 30 soati seminar mashg`ulotlari, 93 soat o`zlashtirish nazorati, 80 soat kurs ishi loyihasi, 25 soat bitiruv ishiga rahbarlik, 161 soat o`quv va malakaviy amaliyotga rahbarlik uchun ajratilgan edi. O`quv yilida unga yuklatilgan mashg’ulotlar rejaga asosan o`tildi va guruh jurnallarida qayd etildi.
2019-2020-o`quv yilida topshirilgan o`quv yuklamasining 144 soati ma’ruza, 386 soati amaliy, 368 soati laboratoriya, 32 soati seminar mashg`ulotlari, 43,2 soat kurs ishi loyihasi, 6 soati o`quv amaliyotga rahbarlik, 72 soati malakaviy amaliyotga rahbarlik uchun ajratilgan edi. O`quv yilida unga yuklatilgan mashg’ulotlar rejaga asosan o`tildi va guruh jurnallarida qayd etildi. Koronavirus pandemiyasi uchun karantin e’lon qilinganligi sababli, 2020 yil 16 martdan boshlab, o`ziga yuklatilgan barcha darslarni onlayn tarzda ta’lim platformasi orqali o`tdi. Bunda talabalarni barcha fanlar bo`yicha zarur elektron o`quv materiallari bilan ta’minladi. Barcha talabalar bilan har kuni ta’lim platformasi hamda telegram kanali orqali bog`lanib turdi va dars mavzularini yaxshi o`zlashtirishlari uchun zarur bo`lgan amaliy va metodik tavsiyalarni o`z vaqtida yetkazib turdi.
2022-2023 o`quv yilining I-yarim yilligida Musiqa asarlari tahlili fani bo`yicha 2”V”, 2”G” guruhlariga 30 soat ma’ruza, 2”V” guruhiga 30 soat amaliy, 2”G” guruhiga 30 soat amaliy, 2”N” guruhiga Musiqa asarlari tahlili fani bo`yicha 14 soat ma’ruza, 10 soat amaliy, 6 soat seminar mashg`uloti, 2”S” guruhiga Musiqa asarlari tahlili fani bo`yicha 10 soat ma’ruza, 10 soat amaliy, 10 soat seminar mashg`uloti, Musiqa nazariyasi fani bo`yicha 3-kurs sirtqi A1, A2 guruhlariga 10 soat ma’ruza, 3-kurs sirtqi A1guruhiga 8 soat amaliy, 16 soat laboratoriya mashg`ulotlari, 3-kurs sirtqi A2 guruhiga 8 soat amaliy, 16 soat laboratoriya mashg`ulotlari, O`zbek xalq musiqa tarixi fani bo`yicha 4-kurs sirtqi A1, A2 guruhlariga 6 soat ma’ruza, 4-kurs sirtqi A1guruhiga 8 soat amaliy, 10 soat seminar mashg`ulotlari, 4-kurs sirtqi A2 guruhiga 8 soat amaliy, 10 soat seminar mashg`ulotlari, Solfedjio fanidan 1N guruhiga 30 soat amaliy, 1S guruhiga 30 soat amaliy, 2V,G guruhlariga Malakaviy amaliyot bo`yicha 3V guruhiga 26 soat malakaviy amaliyot mashg`ulotlari o`tidi.
2022-2023 o`quv yilining II-yarim yilligida Musiqa asarlari tahlili fani bo`yicha 2”N” guruhiga 16 soat ma’ruza, 10 soat amaliy, 4 soat seminar mashg`uloti, 2”S” guruhiga Musiqa asarlari tahlili fani bo`yicha 10 soat ma’ruza, 10 soat amaliy, 10 soat seminar mashg`uloti, Musiqa ta’limi yo`nalishi sirtqi bo`lim 2-kursga 16 soat ma’ruza, 16 soat amaliy, Solfedjio fani bo`yicha 1-kurs “N” guruhiga 30 soat amaliy mashg`ulot, Musiqa ta’limi yo`nalishi sirtqi bo`lim 2-kursga 16 soat laboratoriya mashg`uloti, Musiqa nazariyasi fani bo`yicha 3-kurs sirtqi A1, A2 guruhlariga 4 soat ma’ruza, 3-kurs sirtqi A1guruhiga 8 soat amaliy, 20 soat laboratoriya mashg`ulotlari, 3-kurs sirtqi A2 guruhiga 8 soat amaliy, 20 soat laboratoriya mashg`ulotlari, Musiqa ta’limi 1-kurs V,G,M guruhlariga 30 soat ma’ruza, 1 V guruhiga 60 soat amaliy, 1 G guruhiga 60 soat amaliy, Magistratura bo`limi qishki qabul 1-kurs talabalariga Musiqa psixologiyasi fani bo`yicha 20 soat ma’ruza, 20 soat amaliy, 20 soat seminar mashg`ulotlari, Ijrochilik mahorati asoslari fanidan 30 soat ma’ruza, 30 soat amaliy masg`ulotlar, Malakaviy amaliyot bo`yicha Musiqa ta’limi ta’lim yo`nalishi 3-kurs V guruhiga 26 soat malakaviy amaliyot mashg`uloti o`tildi. 2022-2023 o`quv yilida yuklatilgan ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya, malakaviy amaliyot mashg’ulotlari rejaga asosan o`tildi, reyting nazoratlari soatlari bajarildi va hemis dasturida qayd etildi.
Jalilov Sh.I. talabalarga ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashjg`ulotlarini o`tishda darslarni zamonaviy o‘qitish usullaridan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda multimediya ta’lim resurslaridan, jumladan, “Sibelius” nota muharriri kompyuter dasturidan, “Case-study”, “Modulli o`qitish”, “Muammoli o`qitish”, “Hamkorlik”, “Masofaviy o`qitish”, “Kompyuterli o`qitish”, “Loyihaviy o`qitish” kabi texnologiyalardan, “Tarmoqlar”, “3x4”, “Blits-o`yin”, “Intervyu”, Iyerarxiya”, “Bumerang” kabi ilg`or metodlardan o`z o`rnida, samarali foydalangan holda tashkil etib kelmoqda.
Jalilov Sh.I. “Musiqa ta’limi” kafedrasida tashkil etilgan “Musiqa nazariyasi” ilmiy to`garagiga bir necha yillardan beri rahbarlik qilib kelyapti. U rahbarlik qilgan davrda ushbu to`garak a’zolari turli tanlovlarda qatnashib, tanlovning respublika bosqichlarida faxrli o`rinlarni olishga muvaffaq bo`lishgan. U o`z faoliyati davomida 200 dan ortiq kurs ishlariga, 50 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlariga, Navoiy madaniyat va san’at kolleji (hozirgi Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi) o`qituvchilarining 10 dan ortiq uslubiy qo`llanmalariga taqrizlar yozgan (taqrizlardan namunalar ilova qilinadi).
Jalilov Sh.I. mutaxassislarni o’qitish va ixtisosiy, ijodiy tayyorlash usullarini takomillashtirishda, o’quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, talabalarga o`zi o`tadigan har bir fandan o`quv uslubiy majmualarni, o`quv dasturlarni, sillabuslarni tayyorlash ishiga har yili ijodiy yondoshgan holda ularga ilg`or texnologiyalarga asoslangan zamonaviy pedagogik metodlarni kiritib, tatbiq etib boradi. O`zi faoliyat yuritayotgan kafedradagi, fakultetdagi ilmiy-tashkiliy ishlarda hamda institutdagi jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2006-2020 yillarda “Musiqa ta’limi” kafedrasida iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`yicha mas’ul, 2008-2023 yillarda “Pedagogika”, “San’atshunoslik” fakultetlarida iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`yicha mas’ul kabi mas’uliyatli vazifalarda samarali faoliyat yuritish bilan bir vaqtda, institut ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi a’zosi va institut jamoatchilik kengashi a’zosi kabi mas’uliyatli vazifalarda ham faoliyat ko`rsatib, o`ziga yuklatilgan jamoat ishlarini o`z vaqtida va mas’uliyatni his qilgan holda bajarib kelmoqda. Shu jumladan, 2015 yil may oyida viloyat hokimining buyrug`iga asosan Xatirchi va Nurota tumanlaridagi Bolalar ijodkorlik markazlari, Musiqa va san’at maktablari hamda Bolalar va o`smirlar sport maktablari ish faoliyati bilan tanishish uchun tuzilgan ishchi guruhiga rahbarlik qilib, ularga metodik va tashkiliy masalalarda maslahatlar berib keldi. O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda test sinovlarini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomga asosan 2017 yil, 28 aprel kuni soat 14.00. da va 16.00. da Karmana tumani xalq ta’limi bo`limiga qarashli 13-, 14-, 21- va 22 umumiy o`rta ta’lim maktablarining o`qituvchilariga kirish testlari jarayonida bajarishlari lozim bo`lgan ishlari yuzasidan amaliy seminar mashg`ulotlarini tashkil etdi va o`tkazdi.(Tegishli ma’lumotnoma ilova qilinadi)
Institut bilan madaniyat va san’at kolleji, bolalar musiqa va san’at maktablari, umumiy o`rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari o`rtasida tashkil etilgan hamkorlikni amalga oshirish maqsadida Jalilov Sh. I. ushbu ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ko`plab uslubiy seminarlar, seminar-treninglar, master-klasslar, ochiq darslar va hamkorlikdagi konsertlar tashkil etdi va o`tkazdi. Bunga quyidagi seminarlar va ochiq darslarni misol tariqasida keltirish mumkin:
2014 yilda “Musiqa” kafedrasi katta o`qituvchisi Sh.I.Jalilovning Musiqa ta’lim yo‘nalishi 2-kurs M1 guruh talabalariga solfedjio fanidan “Uchtovushliklarni tuzish va kuylash” mavzusida o`tgan ochiq darsi.
2014 yilda hamkorlik dasturi asosida “Musiqa” kafedrasi katta o`qituvchisi Sh.I.Jalilovning Navoiy Madaniyat va san’at kolleji “Xor dirijyorligi va fortepiano” bo`limi 3-kurs o`quvchilariga kamer ansambli fanidan “Frans Shubertning Serenada asari” mavzusida o`tgan ochiq darsi.
2016 yilda hamkorlik dasturi asosida Navoiy Madaniyat va san’at kollejida Jalilov Sh.I. tomonidan tashkil etilgan, NavDPI “Musiqa ta’limi” kafedrasi professor-o`qituvchilari, Navoiy Madaniyat va san’at kolleji, Navoiy shahar musiqa va san’at maktabi hamda Karmana tuman musiqa va san’at maktabi solfedjio fani o`qituvchilari tinglovchilar sifatida ihstirok etgan, “Diatonik intervallarni obrazli ifodalar vositasida aniqlashning innovatsion uslublari” mavzusidagi seminar-trening.
2017 yil 26-yanvarda Jalilov Sh.I. o`rta maxsus kasb-hunar kollejlari hamda musiqa va san’at maktablari bilan hamkorlik dasturi asosida kafedra tomonidan tuzilgan ish rejaga ko`ra Navoiy Madaniyat va san’at kollejida “San’at va madaniyat yo`nalishida ta’lim jarayoniga ilg`or pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalarini keng joriy etish” mavzusida o`quv-uslubiy seminar o`tkazdi. O`quv-uslubiy seminarda NavDPI kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bilan hamkorlik qilish bo`yicha prorektori S.Shodiyev, NavDPI “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri B.N.Umurzoqov, kafedra o`qituvchisi A.Azimov, Pedagogika fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo`yicha dekan muovini Z.Ochilov, Navoiy Madaniyat va san’at kolleji direktori N.Niyazov, viloyat kollejlar boshqarmasi xodimlari, kollej ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari, kollej bo`lim boshliqlari, o`qituvchilari hamda xor dirijyorligi yo`nalishida o`qiydigan o`quvchilar qatnashdilar. O`quv-uslubiy seminarda ta’limda noan’anaviy innovatsion texnologiyalarni samarali qo`llash metodlari muhokama qilindi.
2018 yilda “Musiqa nazariyasi (garmoniya)” fanidan “Uchtovushlik bilan sekstakkord qo`shilishidagi sakrashlar” mavzusida Jalilov Sh.I. o`tgan ochiq dars.
2019 yilda Musiqa ta’limi kafedrasi katta o`qituvchisi Sh.I.Jalilov tomonidan “Musiqa ta’limi” ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabalariga “Asosiy uchtovushliklarning sekstakkordlari, ularning uchtovushliklar bilan qo`shilishi. Ikki sekstakkordning qo`shilishi” mavzusida o`tilgan ochiq dars.
2020 yilda Musiqa ta’limi kafedrasi katta o`qituvchisi Sh.I.Jalilov tomonidan garmoniya fanidan “Musiqa ta’limi” ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabalariga o`tilgan “Asosiy uchtovushliklarning funksional tizimi” mavzusidagi ochiq dars.
2021 yilda Musiqa ta’limi kafedrasi katta o`qituvchisi Sh.I.Jalilov tomonidan solfedjio fanidan “Musiqa ta’limi” ta’lim yo`nalishi 2-kurs talabalariga “Major va minor kvartsekstakkordlari” mavzusida o`tilgan ochiq dars.
(izoh: seminar va ochiq darslar to‘g‘risidagi kafedra bayonnomalaridan ko`chirmalar 5-papkada ilova qilinadi)
Ish faoliyati davomida Jalilov Sh.I. ko`plab akademik guruhlarga murabbiylik qilgan. O`zi murabbiylik qilgan guruhlar bilan muntazam ravishda tasdiqlangan reja asosida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyavi ishlarni, har haftada bir marta bo`ladigan ma’naviyat soatlarini, har oyda bir marta guruh yig`ilishini, har o`quv yilida ikki marta ota-onalar yig`ilishini o`tkazdi. Ijarada va talabalar turar joyida turadigan talabalarga alohida e’tibor qaratib, ularning yashash sharoitlarini yil davomida kuzatib, nazorat qilib, ular bilan tegishli suhbatlar o`tkazib turdi, ijarada yashayotgan talabalar bilan muloqot daftarlarini tashkil etdi hamda qilingan ishlar yuzasidan rangli fotoalbom tayyorladi. Guruhda qilinayotgan barcha ishlarni guruh rahbarining ish yuritish jurnaliga o`z vaqtida qayd etib bordi.
O`quv binosidagi va talabalar yotoqxonasidagi kechki navbatchiliklarda hamda fakultetdagi va kirish darvozasidagi kunduzgi navbatchiliklarda muntazam qatnashib kelgan. Guruhiga va kafedraga biriktirilgan yer maydonlarida hamda shanbaliklarda talabalar bilan birga faol qatnashib, obodonchilik ishlari bilan shug`ullandi. Shuningdek, rejadan tashqari «ZiyoNet» axborot-resurs portali materiallaridan foydalangan holda turli dolzarb mavzularga bag`ishlangan ma’naviy-tarbiyaviy suhbatlarni hamda turli bayramlar va sanalarga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o`tkazdi. Quyida ushbu tadbirlardan ba’zilari ko`rsatib o`tiladi:
2015 yil may oyida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq tarzda, o`ziga biriktirilgan 1“M1” guruhi talabalari bilan ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari yodgorligini ziyorat qilishdi hamda “Viloyat tarixiy o`lkashunoslik muzeyi”ga ekskursiya tashkil etdi.
2016 yil may oyida “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosiga muvofiq, o`ziga biriktirilgan 2“M1” guruhi talabalari bilan Karmana tumanidagi “Ona haykali” yodgorligini ziyorat qildilar.
2019-yil, dekabr oyida NavDPI, №1 talabalar turar joyi yonida San’atshunoslik fakulteti “Musiqa ta’limi” ta’lim yo`nalishi 2“V” guruhi talabalari bilan O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 27 yilligiga bag`ishlangan “O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi talabalar nigohida” mavzusida institut miqyosidagi bayram tadbiri va viktorinasini o`tkazdi. Ushbu tadbirda fakultet talabalari, professor o`qituvchilari hamda institut Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori X.R.Qurbonov va boshqa vakillar qatnashdilar.
2020 yil yanvar oyida NavDPI, №1 talabalar turar joyida San’atshunoslik fakulteti “Musiqa ta’limi” ta’lim yo`nalishi 2“V” guruhi talabalari bilan O`zbekiston Respublikasi milliy armiyasi tashkil etilganligining 28 yilligiga bag`ishlangan “Vatan himoyasi – eng sharafli burch” mavzusidagi bayram tadbiri o`tkazdi.
Shuningdek, u institutda viloyat va respublika miqyosida tashkil etiladigan ko`plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, yoshlar uchun maxsus konsertlarni tashkil etishda faol ishtirok etadi. Xususan, 2012 yilda Navoiy shahrida bo`lib o`tgan “Umid nihollari – 2012” respublika miqyosidagi sport musobaqalarining ochilish marosimida qatnashgan institut talabalariga rahbarlik qilib, ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonida va ochilish marosimida faol qatnashgan. O`rta maxsus kasb-hunar kollejlari hamda musiqa va san’at maktablari bilan hamkorlik dasturi asosida Navoiy Madaniyat va san’at kollejida va Navoiy shahar, M.Glinka nomidagi 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo`lib o`tgan hamkorlikdagi konsertlarda violonchel cholg`u asbobida kollej o`quvchilarining fortepiano jo`rligida turli kompozitorlarning klassik asarlarini ijro etib, faol qatnashdi va tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo`ldi. 2022-2023 o`quv yilida fakultet dekanining topshirig`iga binoan, “Musiqa ta’limi” yo`nalishi 2 “V” guruhi talabalariga badiiy rahbarlik qilib, 2023 yil, 31 mayda talabalar bilan birgalikda yillik hisobot-konsertini o`tkazdi. Hisobot-konsert professor-o`qituvchiular va talabalarda katta taassurot qoldirdi.
(Izoh: yuqorida ko`rsatib o`tilgan seminarlar, master-klasslar, ochiq darslar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tasvirlangan foto lavhalar ilova qilinadi)
6. Jalilov Shokir Isomiddunovich bir necha yillar davomida fakultetda va “Musiqa ta’limi” kafedrasida iqtidorli talabalar bilan bilan ishlash bo`yicha mas’ul hamda “Musiqa nazariyasi” to`garagi rahbari sifatida faoliyat ko`rsatib kelgan va “Ustoz-shogird” an’analari asosida ko`plab shogirdlar tayyorlagan. U 2008 – 2023 yillar davomida “Musiqa tarixi va nazariyasi”, “Musiqa nazariyasi”, “Musiqa nazariyasi va tahlili” fanlari bo‘yicha iqtidorli talabalarga ilmiy rahbarlik qilib, ularni Respublika fan olimpiadalariga tayyorladi. Uning ilmiy rahbarligida tayyorlanib, olimpiadaning Respublika bosqichida qatnashgan iqtidorli talabalar 2008-2021 yillar davomida 2 ta 1-darajali, 3 ta 2-darajali, 5 ta 3-darajali diplomlarni olishga erishib, jami 10 marta faxrli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi.
Quyidagi jadvalda nufuzli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shogirdlari, tanlov turi, nomi, yili va erishgan yutuqlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan:
|