• ISHLAB CHIQARISH
  • Shavkat Mirziyoyev
  • Yevropa mamlakatlari , Yaponiya
  • BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI
  • Markaziy Osiyo
  • Andijon viloyatida
  • NAVOIY SHAHRI
  • Uchquduq
  • 2018 yil 30 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari




    Download 473,5 Kb.
    bet1/8
    Sana25.03.2019
    Hajmi473,5 Kb.
    #4465
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Ozbekiston Respublikasi Oliy va оrta maxsus talim vazirligi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil 30 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari Samarqand- 2018 y O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY, IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR MA’LUMOTLAR RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA RAQAMLI INFRATUZILMANI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori http:www.
    Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
    uza.uzozdocumentsra-amli-i-tisodiyetni-rivozhlantirish-ma-sadida-ra-amli-infr-21-11-2018 ISSIQXONA KOMPLEKSLARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN QO‘SHIMCHA SHART-SHAROITLAR YARATISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori http:www.uza.uzozdocumentsissi-khona-komplekslarini-rivozhlantirish-uchun-shimcha-shar-20-11-2018 AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINING JORIY ETILISHINI NAZORAT QILISH, ULARNI HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori http:www.uza.uzozdocumentsakhborot-tekhnologiyalari-va-akommunikatsiyalarining-zhoriy-e-22-11-2018 QATTIQ MAISHIY CHIQINDILARNI TO‘PLASH VA OLIB CHIQISH UCHUN TO‘LOVLARNI TO‘LASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni http:www.uza.uzozdocumentszbekiston-respublikasi-prezidentining-farmonisdfsdfsdf-22-11-2018 “NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” DAVLAT KORXONASI VA NAVOIY SHAHRINING 60 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ISHLAB CHIQARISH ILG‘ORLARI VA JAMOATCHILIK FAOLLARIDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni http:www.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    uza.uzozdocumentsnavoiy-kon-metallurgiya-kombinati-davlat-korkhonasi-va-navoi-23-11-2018 KREDITORLARNING HUQUQIY HIMOYASINI KUCHAYTIRISH VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori http:www.uza.uzozdocumentskreditorlarning-u-u-iy-imoyasini-kuchaytirish-va-tadbirkorli-23-11-2018 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH KONGRESSI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi.
    Mirziyoyev Shavkat Miromonovich (1957-yil 24-iyul, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSR) - 2003-yil 12-dekabrdan 2016-yil 13-dekabrgacha Oʻzbekiston Bosh vaziri, shuningdek 2016-yil 8-sentabrdan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi.
    Davlatimiz rahbari tarkibida AQSH Vakillar palatasi a’zolari Visente Gonsales, Ronald Estes, Rojer Marshall va Jennifer Gonsales Kolon ham bo‘lgan delegatsiyani samimiy qutlar ekan, kongressmenlarni AQSH parlamentiga oraliq saylovning muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.  Keyingi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston – AQSH hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil may oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergani ta’kidlandi.  Turli yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama aloqalar faollashdi, konstruktiv siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi, parlamentlararo almashuvlar, shuningdek, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda.
    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
      Savdo-iqtisodiy sohada birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga etakchi AQSH kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish borasida aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.  Joriy yil boshidan buyon o‘tgan davrning o‘zida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar ortdi, mamlakatimizda AQSH kapitali ishtirokida 25 dan ziyod yangi korxona tashkil etildi.  Oktabr oyida mamlakatimizda AQSH savdo vaziri Uilbur Ross boshchiligidagi nufuzli delegatsiya ishtirokida birinchi marta Amerika biznesi haftaligining ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazildi.  Davlatimiz rahbari AQSH Vakillar palatasida kongressmenlar T.Kelli va V.Gonsales rahbarligida «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» tashkil etilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu mexanizm har tomonlama munosabatlarni kengaytirish va aniq iqtisodiy loyihalarni ilgari surishda samarali omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.  Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.  Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish hamda bu boradagi qo‘shma loyihalarni, avvalo, hududlararo darajada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.  Kongressmenlar davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan hamda barcha soha va yo‘nalishlarni qamrab olgan islohot va yangilanishlarga yuksak baho berdi.  Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishga faol ko‘maklashishga tayyorlik ta’kidlandi.  NEFT-GAZ SANOATINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA VAZIFALAR BELGILAB BERILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar holatini muhokama qilish va sohani yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.  Neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu soha nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki ko‘plab tarmoqlar uchun zarur bo‘lgan polimerlar, organik kimyoviy moddalar hamda azotli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi.  Keyingi ikki yilda sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida gaz qazib chiqarish hajmi 10 foizga ortdi, aholiga tabiiy gaz 15 foiz va suyultirilgan gaz 1,6 barobar ko‘p etkazib berildi.  Shu davrda neftni qayta ishlash zavodlarida qo‘shimcha 204 ming tonna neft mahsulotlari ishlab chiqarilib, ichki bozorda benzin, dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan talab qondirib kelinmoqda.
    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    Neft (turkcha neft, fors, neft), qoramoy - suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning , asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2,0 km chukurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
      Sho‘rtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualarida joriy yilning o‘zida gazga nisbatan qo‘shilgan qiymati 4 barobar ko‘p bo‘lgan qariyb 700 million dollarlik polietilen va polipropilen ishlab chiqariladi.  Neft-gaz sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2030 yilgacha geologiya-qidiruv ishlari olib borish, uglevodorodlarni qazib chiqarish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati 36,5 milliard dollarlik 30 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.  Uglevodorodlar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilmasa, yaqin 10-15 yilda mavjud zaxira 2 barobarga kamayadi. SHu bois, yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga geologiya-qidiruv ishlari va qazib olish hajmini oshirish, konlarni modernizatsiya qilish va yangilarini ochish, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, investitsiyalarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Jahon tajribasi asosida bu ishlarga investorlarni kengroq jalb etish, davlat va investorlar manfaatini himoya qilishni ta’minlaydigan yangi mexanizmlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.  Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi.  Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi ta’mirtalab holga kelgan. Kelajakda iste’molchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish bo‘yicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.  Bundan tashqari, gaz taqsimot tizimini modernizatsiya qilish, gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini joriy etish loyihalariga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.  Bugungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olinayotgan bo‘lsa, kelgusi 10 yilda bu ko‘rsatkichni 7 barobar oshirish imkoniyati bor. Shuning uchun “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati neft va gaz kimyosi yo‘nalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarurligi ta’kidlandi.  Jumladan, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), metanoldan olefin olish texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyati mavjud. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablag‘ jalb qilinishi lozim.  Shuning uchun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
    Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu.
    Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan.
    Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv tizimi murakkab va ko‘p pog‘onali bo‘lgani sababli sohada islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotgani tanqid qilindi.  Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid bo‘lmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Xususan, funksiyalari bir-birini takrorlaydigan boshqaruv bo‘g‘inlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalari hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi ta’kidlandi.  Sohada mavjud to‘rtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha innovatsion echimlar topish va tatbiq etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi.  O‘ZBEKISTON PREZIDENTI BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI BOSH KOTIBINING O‘RINBOSARINI QABUL QILDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Jeneva shahridagi bo‘linmasi bosh direktori Maykl Myollerni qabul qildi.
    Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) - yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan.
    Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Samarqandda o‘tkaziladigan Inson huquqlari bo‘yicha birinchi Osiyo forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzli delegatsiyasi tashrifi O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotganining yana bir tasdig‘i ekanini mamnuniyat bilan ta’kidladi.  O‘zaro aloqa va tashriflar sezilarli faollashgani mamlakatimizning Tashkilot tuzilma va institutlari bilan konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishga qaratilgan samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgani qayd etildi.  Bugungi kunda mamlakatimizda Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNESKO, Jahon sayyohlik tashkiloti va BMTning boshqa muassasalari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirishga doir qator dasturiy hujjatlar va “yo‘l xarita”lari qabul qilingan va birgalikda amalga oshirilmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan joriy yil iyun oyida birinchi marta BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari bo‘yicha maxsus rezolyusiyasi qabul qilingani hamda uning xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangani alohida ta’kidlandi.
    UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization - Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining mahsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan.
    Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.
      Shuningdek, mamlakatimizning BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risida xalqaro konvensiyasi va Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli rezolyusiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbuslarini ilgari surish yo‘lida birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.  Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.  Orol ekologik fojiasi oqibatlarini, jumladan, Orolbo‘yida ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar dastur va loyihalarni amalga oshirish orqali yumshatishda jahon hamjamiyati sa’y-harakatlarini birlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
      O‘zbekistonning BMT shafeligida maxsus Trast jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha tashabbusini ro‘yobga chiqarish bu borada katta amaliy qadam bo‘ladi. Joriy yil 27 noyabr kuni Tashkilotning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida ushbu tuzilmaning yuqori darajadagi birinchi tadbiri bo‘lib o‘tadi.
    New York (talaffuzi: Nyu York) - AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida.
      Tomonlar, shuningdek, mintaqamiz va uning tashqarisida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashning muhim omili bo‘lgan Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan hal etishga har tomonlama ko‘maklashish masalalarini ko‘rib chiqdilar.  BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Maykl Myoller davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.  O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan, avvalo, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarga yuksak baho berdi.  2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Barqaror taraqqiyot sohasidagi maqsad va vazifalariga hamohang ekani alohida ta’kidlandi.  Maykl Myoller Tashkilot O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va konstruktiv sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqada barqaror taraqqiyotga ko‘maklashish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini to‘la qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.  BMT O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Inson huquqlari bo‘yicha birinchi Osiyo forumi natijalari doirasida yanada mustahkamlashga tayyor ekani qayd etildi.  BMT O‘ZBEKISTONDAGI BARCHA ISLOHOT VA YANGILANISHLAR DASTURLARINI QO‘LLAB-QUVVATLAYDI Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Jeneva shahridagi bo‘linmasi bosh direktori Maykl Myoller Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zA muxbiriga mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqidagi fikrlarini bildirdi.  – Inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi barcha chora-tadbirlar dolzarb va bugungi kunning bosh mavzusidir. Bu masalalarni hal etish uchun xalqaro darajada Barqaror taraqqiyot maqsadlarini belgilab olganimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yutug‘idir. Ushbu keng miqyosli dasturning maqsadi zamonamizning dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan. SHu ma’noda, biz O‘zbekistonning ham mamlakat darajasida, ham mintaqaviy yondashuv doirasida amalga oshirayotgan tashabbuslarini qizg‘in qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz O‘zbekistonda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashishga intilamiz. Buning natijasi yangidan ishlab chiqilayotgan “yo‘l xaritasi”da aks ettirilishi kerak.  BMT O‘zbekistonda barcha islohotlar, yangilanishlar va dasturlarni amalga oshirishga to‘liq tayyor ekanini bildiradi. Albatta, yurtingizda ro‘yobga chiqarilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni o‘rganish, nafaqat o‘rganish, balki O‘zbekistonning ijobiy tajribasi sifatida boshqa mamlakatlar o‘rtasida ommalashtirish muhim ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan, shuningdek, mamlakatingizning qator tashkilotlarida o‘tkazilgan muzokaralar samarali bo‘lgani buni yana bir karra tasdiqlaydi.  Samarqandda ilk bor tashkil etilayotgan Osiyo forumi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangani bilan ahamiyatli. Ushbu forum O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlash, ularni lozim darajada ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish naqadar muhim ekanini teran tushunishini yaqqol ifodalaydi. Forum nafaqat mamlakat, balki mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega.  Ushbu muhim tadbir O‘zbekistonda o‘tkazilayotganini biz qadrlaymiz va to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Mamlakatingiz rahbariyati huquq va erkinliklarni lozim darajada ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni davom ettirayotgani ham bundan dalolat beradi.  O‘ylaymizki, bu O‘zbekistonda davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mantiqiy davomidir. Jahonda hukm surayotgan bugungi tahlikali sharoitda ushbu yuqori darajadagi forumning o‘tkazilishi nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.  INSON HUQUQLARI BO‘YICHA OSIYO FORUMI ISHTIROKCHILARIGA Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini qadimiy Samarqand shahrida qutlash hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi bilan tabriklash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrishga bizning mintaqamizda birinchi marta bo‘lib o‘tayotgan ushbu forumni o‘tkazish haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy tashakkur bildiraman. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, boshqa hamkor tashkilotlar, Osiyo mamlakatlarining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarining yuqori martabali vakillari, shuningdek, ko‘zga ko‘ringan xorijiy davlat va jamoat arboblari, inson huquqlari sohasidagi etakchi ekspertlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiya rahbarlari ushbu forumda ishtirok etayotganidan minnatdorman.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi yakunlari: zamonaviy tahdidlar va real voqelik” mavzusida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanning dolzarbligi ana shu asosiy hujjatning o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurati bilan belgilanadi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet xonim ta’kidlaganidek, “biz yuksak adolat va tenglik sari harakat qilgan taqdirdagina yanada barqaror tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotga erishmog‘imiz mumkin”.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Men bu muhim prinsipni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Tarix shundan dalolat beradiki, dunyodagi barcha sivilizatsiyalar, madaniyat va dinlar inson huquqlari to‘g‘risidagi tayanch tushunchalarning shakllanishiga asos bo‘lgan insonparvarlik g‘oyalari ta’sirida vujudga kelgan. Masalan, bundan 2700 yil muqaddam Osiyo hududida yaratilgan eng ko‘hna yozma yodgorlik – “Avesto” kitobida inson huquq va erkinliklari, millatlararo munosabatlarni o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari negizida barpo etish g‘oyalari muhim o‘rin tutadi, zo‘ravonlik va adolatsizlik rad etiladi. Shuningdek, Sharqning buyuk huquqshunoslaridan biri Burhoniddin Marg‘inoniy XII asrdayoq o‘zining “Hidoya” asarida har bir insonning haq-huquqini saqlash zarurligi to‘g‘risida muhim g‘oyani ilgari surgan edi.
    Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli.
    Ana shu muqaddas qadriyatlar bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan va mazkur forum kun tartibiga hamohangdir. Ta’kidlash joizki, 70 yil avval qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi butun dunyoda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish borasida yangi imkoniyatlar ochdi. Afsuski, bugungi kunda biz barchamiz ana shu ijobiy jarayonga to‘sqinlik qilayotgan murakkab va ziddiyatli tendensiyalar kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu o‘rinda jahonda, jumladan, Janubi-SHarqiy Osiyodan tortib YAqin Sharqqacha bo‘lgan makonda qurolli to‘qnashuvlar kuchayib, o‘zaro ishonchsizlik va nizolar, millatlar va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib borayotgani, barqaror taraqqiyotga qarshi boshqa global tahdid va xatarlar haqida so‘z bormoqda.
    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Ilojsiz holda o‘z yurtini tashlab ketayotgan kishilar va qochqinlar soni tobora ortib borayotgani, ta’lim va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, odam savdosi va majburiy mehnat, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, qashshoqlik va ochlikka barham berish zarurati bilan bog‘liq muammolar murakkablashib borayotganiga biz chetdan tomoshabin bo‘lib qarab turolmaymiz.
    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
    Shu ma’noda, bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, jami 4,5 milliarddan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Osiyo mintaqasining kelajagi ko‘p jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2030 yilga qadar barqaror taraqqiyot sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishga, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mintaqaviy mexanizmni shakllantirishga bog‘liq. Hurmatli forum ishtirokchilari! Bugun O‘zbekiston milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan bir davrda biz “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan bosh tamoyilga amal qilmoqdamiz. Aynan ana shu tamoyil 2021 yilgacha O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz parlament vakolatlarini sezilarli darajada kengaytirdik, jamoatchilik nazorati institutlarini mustahkamladik, fuqarolik jamiyatini faol rivojlantirmoqdamiz. Sud tizimi va huquqni muhofaza qilish organlari tubdan isloh qilinmoqda. Oila instituti va jamiyatning ma’naviy-axloqiy negizini mustahkamlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda, barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro tuzilmalar bilan yaqin sheriklik kengaymoqda, huquqni himoya qilish borasida hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan amaliy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Biz ana shu muhim ishlarni qat’iy davom ettiramiz. Bizning ustuvor vazifamiz inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashish, uning asosiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashdan iborat. Bu jamiyatda tinchlik va barqarorlik, farovon hayotni ta’minlashning asosiy shartidir. Ishonchim komil, forum yakunida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, bu ezgu ishni yangi, yanada yuksak pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiladi. Anjuman doirasida ishtirokchilar tomonidan ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar hamda ularning xulosalari inson huquqlari sohasida milliy dastur va strategiyalarni ishlab chiqishda inobatga olinadi. Forumning barcha ishtirokchilari va mehmonlariga samarali faoliyat olib borishni, ularning mamlakatimizga tashrifi mazmunli o‘tishini tilayman. Shavkat MIRZIYOYEV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA DOLZARB VAZIFALAR BELGILAB OLINDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kredit ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklari iqtisodiy jarayonlarda muhim o‘rin tutadi. Bu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘mlik kredit ajratildi. Yig‘ilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar ham borligi qayd etildi. Joriy yilda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga bank sohasi bo‘yicha 24 mingdan ziyod murojaat bo‘lgani shundan dalolat beradi. Videoselektorda muammoli kreditlar masalasi muhokama qilindi. Bunday kreditlar jami kreditlarning 1,8 foizidan kam bo‘lsa-da, yil boshiga nisbatan oshgani qayd qilindi. Hududlar kesimida muammoli kreditlarning 76 foizi Toshkent shahriga, 5 foizi Qashqadaryo, 3 foizi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi.
    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.
    Shuningdek, hokimliklar va tarmoqlar tomonidan ayrim loyihalar puxta ishlab chiqilmagani oqibatida bir qator ob’ektlar o‘z vaqtida ishga tushmagani va kreditlar qaytishi cho‘zilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kredit mablag‘lari ajratilgan ayrim investitsiya loyihalari haligacha boshlanmagani tanqid qilindi.
    Jizzax - Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Sangzor daryosi boʻyida, 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent-Samarqand t.y. va Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida.
    Uy-joy fondini ta’mirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish manbalari va imkoniyatlari to‘liq o‘rganilmasdan kredit ajratilishi natijasida umidsiz qarzlar ko‘paymoqda. Masalan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha katta miqdorda muammoli kreditlar mavjud. Ulardan eng ko‘pi – Toshkent shahrida 32 milliard so‘m, Qashqadaryo viloyatida 27 milliard so‘m, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard so‘m va Buxoro viloyatida 14 milliard so‘mdir.
    Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Fargʻona vodiysining sharqiy qismida. 1941-yil 6-martda tashkil etilgan. Maydoni 4,2 ming km². Axoliyey 2196,0 ming kishi (2000). Andijon viloyatida 14 qishloq tuman, 11 shahar va 95 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2000).
    Buxoro viloyati - O‘zbekiston respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan.
    Davlatimiz rahbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligini ta’kidladi. Banklarning kredit uchun resurslar jamlashdagi faolligi ham etarli emas. Aholi va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga, birinchi navbatda, muddatli va jamg‘arib boriladigan depozitlarga jalb qilish banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash imkonini beradi. Prezidentimiz tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari kredit liniyalarini yanada ko‘proq jalb etish va ularni to‘liq o‘zlashtirishni faollashtirish lozimligini qayd etdi. Tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi hisobiga oshirilib, xususiy sektor mablag‘lari deyarli yo‘naltirilmagani jiddiy tanqid qilindi. O‘tgan ikki yilda davlat tomonidan banklarning kapitaliga qariyb 1 milliard dollar miqdorida mablag‘lar ajratilgan. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan davlat ulushiga ega deyarli barcha banklar, jumladan, “Qishloq qurilish bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka” bank, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank” va “Ipoteka-bank” ustav kapitalida jismoniy va yuridik shaxslarning aksiyalari ulushi keskin kamaygan. SHuning uchun xususiy sektor mablag‘larini banklarning ustav kapitaliga faol jalb etish kerakligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda tijorat banklarining kuzatuv kengashlari banklarning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash va faoliyatini yaxshilash bo‘yicha kutilganidek ishlamayotganiga e’tibor qaratilib, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi davlat tasarrufidagi banklarning kuzatuv kengashlari faoliyatini tanqidiy o‘rgangan holda, ular tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqishi va samaradorligini oshirishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Mamlakatimiz moliya muassasalari faoliyatini takomillashtirish uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi qo‘yildi. Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash maqsadida mikrokreditlar hajmini keskin oshirish, ularni ajratish tartibini soddalashtirish zarurligini ta’kidladi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitildi.​ “NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” DAVLAT KORXONASI JAMOASI VA NAVOIY SHAHRI AHLIGA Aziz do‘stlar!
    Navoiy - Navoiy viloyatidagi shahar (1958 yildan). Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan.
      Sizlarni Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Navoiy shahri tashkil etilganining 60 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.  O‘tgan tarixan qisqa davrda ming-minglab ishchi va mutaxassislarning fidokorona mehnati tufayli Qizilqum sahrosida rivojlangan ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmasini o‘zida mujassam etgan, nafaqat yurtimiz, balki chet ellarda ham mashhur bo‘lgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi qad rostladi.
    Qizilqum - Oʻrta Osiyodagi qumli choʻl. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shim.gʻarbdan Orol dengizi, sharqda Tyanshan va PomirOlay togʻ tizmalari bilan chegaradosh.
      Kombinatning qurilishi hududdagi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega ulkan mineral boyliklarning keng miqyosda o‘zlashtirilishini boshlab berdi.  Ta’kidlash joizki, 60 yil muqaddam bu zaminda mazkur sanoat majmuasi negizida bunyod etilgan, buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy nomi bilan atalgan mamlakatimizning eng ko‘rkam va zamonaviy shaharlaridan biri – Navoiy shahri ham bugun o‘z yubileyini nishonlamoqda.  Kon boshqarmalari va yirik sanoat ob’ektlari negizida Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Zarkent va Marjonbuloq shaharlari barpo etildi.
    Nurobod - Samarqand viloyati Nu-robod tumanidagi shahar (1983 yildan). 1990 yildan "Nurobod" nomi bilan ataladi. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansi-yasi - Ulus (15 km). Viloyat markazidan 75 km. Aholisi 8,7 ming kishiga yaqin (2003). N.
    Uchquduq - Navoiy viloyati Uchquduq tumanilagi shahar (1978 yildan), tuman markazi. Viloyatning shim.da. Transport yoʻli stansiyasi. U.dan Navoiy shahrigacha 300 km. Aholisi 25,3 ming kishi (2004). 1961 yilda Muruntov oltin konining ishga tushirilishi munosabati bilan barpo etilgan. U.
      Zamonaviy shaharsozlikning yorqin namunalari bo‘lgan ushbu maskanlar yil sayin obod bo‘lib, har tomonlama ravnaq topmoqda.  Hududda yangi korxonalar qurilmoqda, jahon andozalari darajasidagi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda.  Yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanayotgani xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini berib, butun tarmoqning barqaror faoliyatini ta’minlamoqda.  Bugungi kunda o‘zbek oltinining yuqori sifati butun dunyoda e’tirof etilgani, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxiralari ortib, iqtisodiy salohiyati yuksalib borayotganida ham iqtisodiyotimiz lokomotivi bo‘lmish Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ko‘p millatli mehnat jamoasining xizmatlari beqiyos.  Oltin, uran, nodir metallar, fosforit xomashyosi konlarini o‘zlashtirish bilan birga kombinat qurilish va dastgohsozlik sanoati uchun keng turdagi mahsulotlar, shuningdek, xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarayotgani quvonarlidir.
    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
      Gigant korxonaning ko‘pming kishilik jamoasi keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, iqtisodiyot tarmoqlari va butun mamlakatimizni tubdan isloh etish va modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani tahsinga sazovor.  Davlatimiz tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinatini har tomonlama rivojlantirishga birinchi darajali vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, NKMKni 2026 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod qariyb 30 ga yaqin yirik investitsiya loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilib, 30 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.  Bu yo‘nalishda hozirning o‘zida ko‘p ishlar qilinmoqda. Jumladan, “Auminzo-Amantoy” oltin ruda konini o‘zlashtirish va uning asosida gidrometallurgiya zavodini barpo etish, texnogen chiqindilarni qayta ishlash majmuasini qurish, “Muruntov” karerini o‘zlashtirish ishlari jadal sur’at bilan davom ettirilmoqda.  Kombinat negizida tashkil etilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Navoiy filiali hududning innovatsion va texnologik taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.  Hurmatli do‘stlar!  Mamlakatimizda strategik islohotlarning yangi bosqichi boshlangan bugungi kunda butun xalqimiz, jumladan, kombinat jamoasi va Navoiy shahri aholisi oldida g‘oyat muhim vazifalar turibdi.  Xususan, bu erda qator yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishimiz, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishimiz, hududning ulkan tabiiy, ishlab chiqarish, mehnat va intellektual salohiyatini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishimiz lozim.  Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yuksak professional malakali ahil va iste’dodli jamoasi hamda boy tajriba va mahoratga ega, yurtimiz va xalqimizga sodiq Navoiy shahri ahli ana shunday keng miqyosli vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishiga ishonaman.  Siz, azizlarga, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, Vatanimiz farovonligi yo‘lidagi bunyodkorona mehnatingizda yangi zafarlar tilayman.  Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
    Download 473,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 473,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2018 yil 30 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari

    Download 473,5 Kb.