• NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” DAVLAT KORXONASI JAMOASI VA NAVOIY SHAHRI AHLIGA
  • Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • 2018 yil 30 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari




    Download 473.5 Kb.
    bet8/8
    Sana25.03.2019
    Hajmi473.5 Kb.
    #4465
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Shavkat MIRZIYOYEV,

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
    BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA DOLZARB VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Kredit ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklari iqtisodiy jarayonlarda muhim o‘rin tutadi.

    Bu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘mlik kredit ajratildi.

    Yig‘ilishda bank tizimida ijobiy natijalar bilan birga, qator muammolar ham borligi qayd etildi. Joriy yilda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga bank sohasi bo‘yicha 24 mingdan ziyod murojaat bo‘lgani shundan dalolat beradi.

    Videoselektorda muammoli kreditlar masalasi muhokama qilindi. Bunday kreditlar jami kreditlarning 1,8 foizidan kam bo‘lsa-da, yil boshiga nisbatan oshgani qayd qilindi. Hududlar kesimida muammoli kreditlarning 76 foizi Toshkent shahriga, 5 foizi Qashqadaryo, 3 foizi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi.

    Shuningdek, hokimliklar va tarmoqlar tomonidan ayrim loyihalar puxta ishlab chiqilmagani oqibatida bir qator ob’ektlar o‘z vaqtida ishga tushmagani va kreditlar qaytishi cho‘zilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kredit mablag‘lari ajratilgan ayrim investitsiya loyihalari haligacha boshlanmagani tanqid qilindi.

    Uy-joy fondini ta’mirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish manbalari va imkoniyatlari to‘liq o‘rganilmasdan kredit ajratilishi natijasida umidsiz qarzlar ko‘paymoqda. Masalan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha katta miqdorda muammoli kreditlar mavjud. Ulardan eng ko‘pi – Toshkent shahrida 32 milliard so‘m, Qashqadaryo viloyatida 27 milliard so‘m, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard so‘m va Buxoro viloyatida 14 milliard so‘mdir.

    Davlatimiz rahbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligini ta’kidladi.

    Banklarning kredit uchun resurslar jamlashdagi faolligi ham etarli emas. Aholi va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga, birinchi navbatda, muddatli va jamg‘arib boriladigan depozitlarga jalb qilish banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash imkonini beradi.

    Prezidentimiz tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari kredit liniyalarini yanada ko‘proq jalb etish va ularni to‘liq o‘zlashtirishni faollashtirish lozimligini qayd etdi.

    Tijorat banklari ustav kapitali asosan davlat ulushi hisobiga oshirilib, xususiy sektor mablag‘lari deyarli yo‘naltirilmagani jiddiy tanqid qilindi.

    O‘tgan ikki yilda davlat tomonidan banklarning kapitaliga qariyb 1 milliard dollar miqdorida mablag‘lar ajratilgan. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan davlat ulushiga ega deyarli barcha banklar, jumladan, “Qishloq qurilish bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asaka” bank, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank” va “Ipoteka-bank” ustav kapitalida jismoniy va yuridik shaxslarning aksiyalari ulushi keskin kamaygan. SHuning uchun xususiy sektor mablag‘larini banklarning ustav kapitaliga faol jalb etish kerakligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda tijorat banklarining kuzatuv kengashlari banklarning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash va faoliyatini yaxshilash bo‘yicha kutilganidek ishlamayotganiga e’tibor qaratilib, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi davlat tasarrufidagi banklarning kuzatuv kengashlari faoliyatini tanqidiy o‘rgangan holda, ular tarkibini tubdan qayta ko‘rib chiqishi va samaradorligini oshirishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Mamlakatimiz moliya muassasalari faoliyatini takomillashtirish uchun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish vazifasi qo‘yildi.

    Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash maqsadida mikrokreditlar hajmini keskin oshirish, ularni ajratish tartibini soddalashtirish zarurligini ta’kidladi.



    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitildi.​
    NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” DAVLAT KORXONASI JAMOASI VA NAVOIY SHAHRI AHLIGA
    Aziz do‘stlar! 

    Sizlarni Navoiy kon-metallurgiya kombinati va Navoiy shahri tashkil etilganining 60 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. 

    O‘tgan tarixan qisqa davrda ming-minglab ishchi va mutaxassislarning fidokorona mehnati tufayli Qizilqum sahrosida rivojlangan ishlab chiqarish, transport va ijtimoiy infratuzilmasini o‘zida mujassam etgan, nafaqat yurtimiz, balki chet ellarda ham mashhur bo‘lgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi qad rostladi. 

    Kombinatning qurilishi hududdagi mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega ulkan mineral boyliklarning keng miqyosda o‘zlashtirilishini boshlab berdi. 

    Ta’kidlash joizki, 60 yil muqaddam bu zaminda mazkur sanoat majmuasi negizida bunyod etilgan, buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy nomi bilan atalgan mamlakatimizning eng ko‘rkam va zamonaviy shaharlaridan biri – Navoiy shahri ham bugun o‘z yubileyini nishonlamoqda. 

    Kon boshqarmalari va yirik sanoat ob’ektlari negizida Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Zarkent va Marjonbuloq shaharlari barpo etildi. 

    Zamonaviy shaharsozlikning yorqin namunalari bo‘lgan ushbu maskanlar yil sayin obod bo‘lib, har tomonlama ravnaq topmoqda. 

    Hududda yangi korxonalar qurilmoqda, jahon andozalari darajasidagi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda. 

    Yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanayotgani xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini berib, butun tarmoqning barqaror faoliyatini ta’minlamoqda. 

    Bugungi kunda o‘zbek oltinining yuqori sifati butun dunyoda e’tirof etilgani, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxiralari ortib, iqtisodiy salohiyati yuksalib borayotganida ham iqtisodiyotimiz lokomotivi bo‘lmish Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ko‘p millatli mehnat jamoasining xizmatlari beqiyos. 

    Oltin, uran, nodir metallar, fosforit xomashyosi konlarini o‘zlashtirish bilan birga kombinat qurilish va dastgohsozlik sanoati uchun keng turdagi mahsulotlar, shuningdek, xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarayotgani quvonarlidir. 

    Gigant korxonaning ko‘pming kishilik jamoasi keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar, iqtisodiyot tarmoqlari va butun mamlakatimizni tubdan isloh etish va modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani tahsinga sazovor. 

    Davlatimiz tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinatini har tomonlama rivojlantirishga birinchi darajali vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, NKMKni 2026 yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod qariyb 30 ga yaqin yirik investitsiya loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilib, 30 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. 

    Bu yo‘nalishda hozirning o‘zida ko‘p ishlar qilinmoqda. Jumladan, “Auminzo-Amantoy” oltin ruda konini o‘zlashtirish va uning asosida gidrometallurgiya zavodini barpo etish, texnogen chiqindilarni qayta ishlash majmuasini qurish, “Muruntov” karerini o‘zlashtirish ishlari jadal sur’at bilan davom ettirilmoqda. 

    Kombinat negizida tashkil etilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Navoiy filiali hududning innovatsion va texnologik taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. 

    Hurmatli do‘stlar! 

    Mamlakatimizda strategik islohotlarning yangi bosqichi boshlangan bugungi kunda butun xalqimiz, jumladan, kombinat jamoasi va Navoiy shahri aholisi oldida g‘oyat muhim vazifalar turibdi. 

    Xususan, bu erda qator yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishimiz, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishimiz, hududning ulkan tabiiy, ishlab chiqarish, mehnat va intellektual salohiyatini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishimiz lozim. 

    Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yuksak professional malakali ahil va iste’dodli jamoasi hamda boy tajriba va mahoratga ega, yurtimiz va xalqimizga sodiq Navoiy shahri ahli ana shunday keng miqyosli vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishiga ishonaman. 

    Siz, azizlarga, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, Vatanimiz farovonligi yo‘lidagi bunyodkorona mehnatingizda yangi zafarlar tilayman. 
    Shavkat Mirziyoyev,

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
    Katalog: files -> files -> Axborot%20soati

    Download 473.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 473.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2018 yil 30 noyabr juma kuni dars jadvalining ikkinchi juftligida o’tkaziladigan Axborot soati va murabbiylik soati materiallari

    Download 473.5 Kb.