BMT O‘ZBEKISTONDAGI BARCHA ISLOHOT VA YANGILANISHLAR DASTURLARINI QO‘LLAB-QUVVATLAYDI




Download 473.5 Kb.
bet6/8
Sana25.03.2019
Hajmi473.5 Kb.
#4465
1   2   3   4   5   6   7   8
BMT O‘ZBEKISTONDAGI BARCHA ISLOHOT VA YANGILANISHLAR DASTURLARINI QO‘LLAB-QUVVATLAYDI
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Jeneva shahridagi bo‘linmasi bosh direktori Maykl Myoller Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zA muxbiriga mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqidagi fikrlarini bildirdi. 

– Inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi barcha chora-tadbirlar dolzarb va bugungi kunning bosh mavzusidir. Bu masalalarni hal etish uchun xalqaro darajada Barqaror taraqqiyot maqsadlarini belgilab olganimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yutug‘idir. Ushbu keng miqyosli dasturning maqsadi zamonamizning dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan. SHu ma’noda, biz O‘zbekistonning ham mamlakat darajasida, ham mintaqaviy yondashuv doirasida amalga oshirayotgan tashabbuslarini qizg‘in qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz O‘zbekistonda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashishga intilamiz. Buning natijasi yangidan ishlab chiqilayotgan “yo‘l xaritasi”da aks ettirilishi kerak. 

BMT O‘zbekistonda barcha islohotlar, yangilanishlar va dasturlarni amalga oshirishga to‘liq tayyor ekanini bildiradi. Albatta, yurtingizda ro‘yobga chiqarilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni o‘rganish, nafaqat o‘rganish, balki O‘zbekistonning ijobiy tajribasi sifatida boshqa mamlakatlar o‘rtasida ommalashtirish muhim ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan, shuningdek, mamlakatingizning qator tashkilotlarida o‘tkazilgan muzokaralar samarali bo‘lgani buni yana bir karra tasdiqlaydi. 

Samarqandda ilk bor tashkil etilayotgan Osiyo forumi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangani bilan ahamiyatli. Ushbu forum O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlash, ularni lozim darajada ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish naqadar muhim ekanini teran tushunishini yaqqol ifodalaydi. Forum nafaqat mamlakat, balki mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega. 

Ushbu muhim tadbir O‘zbekistonda o‘tkazilayotganini biz qadrlaymiz va to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Mamlakatingiz rahbariyati huquq va erkinliklarni lozim darajada ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni davom ettirayotgani ham bundan dalolat beradi. 

O‘ylaymizki, bu O‘zbekistonda davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mantiqiy davomidir. Jahonda hukm surayotgan bugungi tahlikali sharoitda ushbu yuqori darajadagi forumning o‘tkazilishi nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Katalog: files -> files -> Axborot%20soati

Download 473.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 473.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BMT O‘ZBEKISTONDAGI BARCHA ISLOHOT VA YANGILANISHLAR DASTURLARINI QO‘LLAB-QUVVATLAYDI

Download 473.5 Kb.