• O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH KONGRESSI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni




    Download 473.5 Kb.
    bet3/8
    Sana25.03.2019
    Hajmi473.5 Kb.
    #4465
    1   2   3   4   5   6   7   8
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
    http://www.uza.uz/oz/documents/navoiy-kon-metallurgiya-kombinati-davlat-korkhonasi-va-navoi-23-11-2018

    KREDITORLARNING HUQUQIY HIMOYASINI KUCHAYTIRISH VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
    http://www.uza.uz/oz/documents/kreditorlarning-u-u-iy-imoyasini-kuchaytirish-va-tadbirkorli-23-11-2018
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI AQSH KONGRESSI DELEGATSIYASINI QABUL QILDI
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSH Kongressi delegatsiyasini qabul qildi.

    Davlatimiz rahbari tarkibida AQSH Vakillar palatasi a’zolari Visente Gonsales, Ronald Estes, Rojer Marshall va Jennifer Gonsales Kolon ham bo‘lgan delegatsiyani samimiy qutlar ekan, kongressmenlarni AQSH parlamentiga oraliq saylovning muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. 

    Keyingi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston – AQSH hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil may oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab bergani ta’kidlandi. 

    Turli yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama aloqalar faollashdi, konstruktiv siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi, parlamentlararo almashuvlar, shuningdek, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik kengaymoqda. 

    Savdo-iqtisodiy sohada birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish, O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga etakchi AQSH kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish borasida aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

    Joriy yil boshidan buyon o‘tgan davrning o‘zida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobar ortdi, mamlakatimizda AQSH kapitali ishtirokida 25 dan ziyod yangi korxona tashkil etildi. 

    Oktabr oyida mamlakatimizda AQSH savdo vaziri Uilbur Ross boshchiligidagi nufuzli delegatsiya ishtirokida birinchi marta Amerika biznesi haftaligining ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazildi. 

    Davlatimiz rahbari AQSH Vakillar palatasida kongressmenlar T.Kelli va V.Gonsales rahbarligida «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» tashkil etilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu mexanizm har tomonlama munosabatlarni kengaytirish va aniq iqtisodiy loyihalarni ilgari surishda samarali omil bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi. 

    Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. 

    Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish hamda bu boradagi qo‘shma loyihalarni, avvalo, hududlararo darajada qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. 

    Kongressmenlar davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan hamda barcha soha va yo‘nalishlarni qamrab olgan islohot va yangilanishlarga yuksak baho berdi. 

    Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishga faol ko‘maklashishga tayyorlik ta’kidlandi. 



    Katalog: files -> files -> Axborot%20soati

    Download 473.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 473.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    Download 473.5 Kb.