|
Pedagogika fakulteti
|
bet | 25/54 | Sana | 24.03.2021 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #13476 |
«Pryamоugоlnik» - To’g’ri to’rtburchak chizish tugmasi.
Odatda usbu tugma tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi ikkita parametrni – to’g’ri to’rtburchakning bosh nuqtasi va diagonali bo’yicha to’g’ri to’rtburchak tugatiladigan nuqtasini belgilab berishni so’raydi.
To’gri to’rtburchakni qo’shimcha o’lcham parametrlari – faska, tutashma burchaklar asosida bajarish ham mumkin. Buning uchun buyruq tugma tanlangandan so’ng klaviaturadagi ↓ - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi.
Yordamchi menuda «Faska» - Faska, «Urоvеn» - Nisbat, «Sоpryajеniе» - Tutashma, «Visоta» - Balandlik, «Shirina» - Kenglik buyruqlari mavjud.
Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida «Faska» - Faska bandi tanlansa ekranda «Dlina pеrvоy faski pryamоugоlnika» - To’gri to’rtburchak birinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda klaviaturadan kerakli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Song «Dlina vtоrоy faski pryamоugоlnika» - To’g’ri to’rtburchak ikkinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda ham kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Har safar to’g’ri to’rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to’g’ri to’rtburchak chizilaveradi.
|
| |