|
Massiv... – Massiv… ko’paytirish buyrug’i
|
bet | 39/54 | Sana | 24.03.2021 | Hajmi | 5,98 Mb. | | #13476 |
Massiv... – Massiv… ko’paytirish buyrug’i
Ushbu buyruq tugmasi ob’yekt (ob’yekylar)ni siljitib ko’paytirishni nazarda tutadi. Bunda siljish gorizontal va vertikal yo’nalishda yoki aylanma harakat asosida bo’lishi mumkin. Massiv – ko’paytirish demakdir.
Taxrirlash ketma-ketligi:
I usul: To’rtburchak massiv yaratish.
Ob’ekt (Ob’yektlar)sichqoncha yordamida tanlanadi.
Massiv... – Massiv… ko’paytirish buyrug’i piktogrammasi bosiladi.
Ekranda «Massiv» - Massiv axborot oynasi ochiladi.
Oyna ikkita bo’lim, «Vibоr оb’еktоv» - Ob’yektlar tanlash ko’rsatkichi, namuna oynasi va interfaol tugmalardan iborat.
Birinchi bo’limda massivning asosiy parametrlari «Ryadоv:» - Qatorlari:, «Stоlbtsоv:» - Ustunlari bandlari bo’lib, muloqot oynachalari sichqoncha yordamida tanlanib kerakli qiymat kiritiladi.
Ikkinchi bo’limda esa «Mеjdu ryadami:» - Qatorlar orasi:, Mеjdu stоlbtsami:» - Ustunlar orasi: va «Ugоl pоvоrоta:» - Burilish burchagi bandlari mavjud. Ushbu bandlardagi muloqot oynachalariga ham kerakli qiymat kiritiladi.
Barcha parametrlar o’rnatib bo’lingandan so’ng interfaol tugmalarga o’tiladi.
«ОK» - amallarni tasdiqlaydi va massivni hosil qiladi.
|
| |