|
Pedagogika” fanidan kursish I mavzu: Ta’lim jarayoni yagona pedagogic tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari
|
bet | 21/37 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #251920 |
Bog'liq 1BT Xolova QunduzYangi mavzu bayoni
O’rta Osiyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O’tmishda ota- bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo’qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.
Milliy naqshlarning g’oyatda boy mazmuniga ega. Oddiy qoshiq, lagan, quticha, sandiq, belanchak, cholg’u asboblari, uy ro’zg’or buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, uni o’ylantiradi. Bu go’zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo’lib, asrlar davomida bunyod topdi, rivojlandi, me’morchilik hamda tasviriy san’at rivoji bilan bog’langan holda takomillashib bordi.
Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatadi. Tabiatdagi o’simliklar, qush va jonivorlarga qiyoslab chizilgan shakl va boshqa elementlarni ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Ganchkorlik, kandakorlik, kashtado’zlik, zardo’zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to’qish, to’qimachilik, panjaralar va boshqa har-hil yollar bilan naqshlar ishlanadi. Masalan, o’yib, chizib, chok yordamida , zarb bilan, qadab va boshqa usullar bilan naqsh solinadi. Har-hil arxeologik qazilmalar shuni ko’rsatadiki, naqqoshlik jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud ekanligi bizga ma’lum bo’ldi. Naqqoshlik har-bir davlatning o’ziga hos muhitiga: geografik o’rniga, o’lkaning o’simlik dunyosiga ko’ra rivoj topdi.
Naqqoshlikda ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko’ra- islimiy va girih naqshlarga bo’linadi.
Islimiy naqsh – tabiatdagi barg, band, daraxt, buta, g’uncha, qush, baliq va boshqa narsalarni naqqosh tomonidan stillashtirib olingan shaklini ma’lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidan hosil qilinadi, Stilizatsiya – qush baliq, gul rangi va shaklini manzarali tarzda umumlashtirishdir.
Girih naqsh - geometrik naqsh turlaridan biri bo’lib , chigal, tugun degan ma’noni anglatadi. Girih naqsh murakkab naqsh turi. U yo’rtburchak, aylana va to’g’ri chiziq, egri chiziq va aralash chiziqlardan tashkil topgan girihga bo’linadi
.
|
| |