• Egovlash vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari quyidagilardan iborat
  • IV. Amaliy mashg`ulot (35 daqiqa): (




    Download 1,01 Mb.
    bet34/37
    Sana24.05.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #251920
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Bog'liq
    1BT Xolova Qunduz

    IV. Amaliy mashg`ulot (35 daqiqa): (Texnologik ma`lumotlarni o`rganish, tahlil qilish va amaliyotda qo`llay olish. Xavfsiz mehnat usullarini bajarish.Mahsulotlarni loyihalash va tayyorlay olish) o`qituvchi o`quvchilarga turli ko`rinish va o`lchamga ega bo`lgan yarim tayyor mahsulot namunalarini beradi. O`quvchilar yo`g`ochdan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlarga egov yordamida ishlov berishni o`rganadilar.
    Masalan, brusokning yuza qatlamlariga egov yordamida ishlov berish ish ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    1. Brusokni egovlash va pardozlash uchun ish o`rnini tashkil qilish.
    2. Ish o`rniga kerak ish qurollarini belgilangan tartib asosida joylashtirish.
    3. Asbob-uskuna va moslamalarning sozligini tekshirish.
    4. Uzunligi 25-30 sm bo`lgan brusokni tanlab olish.
    5. Brusokni tiskiga mahkamlab o`rnatish.
    6. Ishlov beriladigan sirtning shakliga qarab tegishli egov turlarini (yassi, rombsimon, uch qirrali, kvadrat, yumaloq, yarim yumaloq) tanlash.
    7. Maxsus yog`och egovlar asosida so`ngi ishlov berish.
    8. Ishni yakunlash va ish o`rnini yig`ishtirish.
    Egovlash vaqtida rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari quyidagilardan iborat:
    1. Egovlash vaqtida dastgohlar qo`zg`almaydigan qilib o`rnatilishi kerak.
    2. Egovlash vaqtida tiskini kerak vaziyatga burgandan so`ng taglikka puxta mahkamlash lozim.
    3. Faqat mustahkam bo`lgan dastali egovdan foydalanish kerak. Dastasiz yoki yoriq dastali egovlardan foydalanish mumkin emas.
    4. Egovlash vaqtida hosil bo`lgan qirindilarni puflab tozalamaslik kerak. Aks holda yog`och qirindisi ko`zga tushishi mumkin.
    5. Egovlangan sirtni qo`l bilan tozalash va silliqligini tekshirish qat`iy man etiladi, chunki egovlash natijasida yog`och sirtida hosil bo`lgan qirindi qo`lni jarohatlaydi.
    6. Egovni qirindidan tozalash uchun uni tiskiga yoki metall qismlarga urmaslik kerak. Bu egov tishlarining sinishiga sabab bo`ladi.
    7. Egov tishlari orasiga kirib qolgan yog`och qirindilarni maxsus cho`tka bilan tozalash kerak. Qo`l bilan tozalashga ruxsat etilmaydi.

    Download 1,01 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 1,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IV. Amaliy mashg`ulot (35 daqiqa): (

    Download 1,01 Mb.