|
Pedagogika” fanidan kursish I mavzu: Ta’lim jarayoni yagona pedagogic tizim sifatida. Ta’lim tamoyillari
|
bet | 36/37 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 1,01 Mb. | | #251920 |
Bog'liq 1BT Xolova QunduzII bob bo’yicha xulosa
Ma’lumki, pedagogik tadqiqotlarga «tizimli yondashuv» ta’lim jarayonining faqat sonli emas, balki sifat nuqtai nazardan o‘sishini aniqlashga imkon beradi. Jamiyatning ta’limga nisbatan o‘sib borayotgan talabini va fandagi sifat siljishlarni hamda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlaridagi ta’lim mazmuni va usullarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashxislash tizimli yondashuv asosida amalga oshirilganda samara beradi. Tizimli yondashuvni amalga oshirish uchun ta’lim maqsadlari hamda metodlarini shakllantirish, tizimning maqsadga muvofiq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi elementlari (ta’limni tashkil etish shakli va vositalari) va ular orasidagi munosabatlarni aniqlash talab etiladi.
Ta’kidlab o’tish joizki, ta’limning interfaol usullarini maktab amaiyotida qo’llash, o’quvchiga har bir fandan o’rganiladigan ilmiy tushuncha va qonuniyatlarini shunchaki o’rganib qolmasdan balki uni keltirib chiqaruvchi sabablarini aniqlashga yordam beradi.
II bobda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda mehnat ta’limi darslarinig nazariy va amaliy jihatdan mazmuni yoritilib, “ Texnologiya va dizayn” yo’nalishi bo’yicha 6 ta dars ishlanmasi ishlab chiqilgan.
Xotima
Hozirgi zamon yoshlarini fan asoslari bilan qurollantirishda, o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalar yutuqlari asosida «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini bajarish maqsadida ularning aqliy tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umumiy o’rta ta’lim maktablari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun «O’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan asosiy vazifalardan biri sifatida belgilanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik hodisalar ma’lum qonuniyatlar asosida o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Ularni bilish ta’lim-tarbiyaning ilmiy asoslarini egallash uchun juda muhimdir. Har bir pedagogik hodisa ma’lum sabablarga ko‘ra vujudga kelib, muayyan natijaga olib keladi. U yoki bu pedagogik jarayon yoki hodisani keltirib chiqargan sabablarni aniqlash, ularni faqat bilibgina qolmasdan, ijobiylarining ta’siridan foydalanish, salbiylarining oldini olish imkoniyatini beradi. Natijada pedagogik jarayonni ilmiy asosda boshqarish imkoniyati kuchayadi.
Pedagogik jarayonlarning mohiyatini chuqur anglash, ularni tizimli tadqiq qilish pedagogik jarayon va qonuniyatlarini alohida va yaxlitlikda o‘rganishni zaruriyatga aylantirdi. Pedagogik holat o‘z xususiyatiga ko‘ra katta miqdordagi turli hil ta’sir va nufuzlarga uchraydigan murakkab holat hisoblanadi. Bu holat va ta’sirlarning bir qismini boshqarish mumkin, ob’ektiv mavjud bo‘lgan boshqalari esa quyidagi tizimning boshqaruv markazi ta’siriga aloqador bo‘lmaydi, lekin shu bilan birga tizimli yondashuvni amalga oshirishda ularni inobatga olish lozim.
|
| |