|
Tafakkurni diagnostika qilish metodlari
|
bet | 3/3 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 144,37 Kb. | | #99180 |
Bog'liq Psixologiya amaliy 3Tafakkurni diagnostika qilish metodlari
(Rubik kubiklari, Raven matritsasi)
Tafakkur haqida tushuncha:
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yoʻl bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va toʻlaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin boʻlmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bogʻlanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz
Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi.Nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega.
Hamda tafakkurni diagnostika qilish metyodlarni yordamida tafakkurni keng tadbiq qilsih orqali yoritib berishimiz mumkin bunga ko`ra tafakkurni diagnostika qilish metodlari quyidagilarga bo`linadi.
Tafakkurni diagnostika qilish metodlari
1. “Ob’yektlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash, sababini tushuntirish, tushunchalarini ta’riflash” metodikasi.
2. “Tushunchalarning shakllanishi”
3. “Miyada hisoblay olish” metodikasi. 4. “Rubik kubiklari” 5. “Raven matritsasi”
6. Koss kubiklari. 7. Link kubi.
8. Klassifikatsya.
9. Ortiqchasini o‘chirish. 10. Muhim belgini ajratish.
11. Sun’iy tushunchalarni shakllantirish.
12. Sun’iy tushunchalarni shakllantirish qobilyatini o‘ganishda ta’limiy darslardan foydalanish.
Rubik kubiklari - bu metod bolaning ko‘rgazmali- harakat tafakkurining rivojlanish darajasini tashhis qilish uchun mo‘ljallangan. Bizga tanish bo'lgan Rubik kubiklaridan foydalanib, bolaga murakkablik darajasi har xil bo'lgan amaliy vazifalar beriladi, bu vazifalarni tig‘iz vaqt sharoitida yechish taklif qilinadi.
Ravenning progressiv matritsasi - testi psixologik va uning psixopedagogik sohada ma'lum bo'lgan va ishlatilgan testdir. 1938 yilda ingliz psixologi Jon K. Raven tomonidan ishlab chiqilgan ushbu test "G" omilini hisoblash maqsadiga ega edi va uni boshqarish AQSh dengiz floti ofitserlari bilan cheklangan edi.
"G" razvedka omili har qanday bajarilish yoki muammolarni hal qilishni shart qiladigan umumiy razvedkaga tegishli, va intellektual komponentni talab qiladigan barcha ko'nikmalarga xosdir. Ushbu omil insonning intellektual ishlarni bajarish qobiliyatini namoyish etadi. Ushbu testning asosiy xususiyati analitik fikrlash, idrok va mavhumlik qobiliyatini rag'batlantirishdir. Bundan tashqari, bu og'zaki bo'lmagan test bo'lgani uchun, odamning madaniyatga yoki oldingi bilimga ehtiyoj sezmasdan, o'xshashlik bilan shakllar va mulohazalarni taqqoslashni qo'llaydi.Hozirda ushbu testning har xil versiyalari mavjud bo'lib, ular baholanadigan kishining yoshi va qobiliyatiga qarab o'tkaziladi. Ushbu uchta versiya: 12 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan odamlar uchun umumiy o'lchov
• 3 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun intellektual funktsional xilma- xillikka ega bo'lgan rangdagi progressiv matritsalar
• O'rtacha darajadan yuqori qobiliyatlarga ega odamlarni baholash uchun rivojlangan matritsalar
1.1.rasm Raven matritsasi
Rasmda bo`sh kema xolatida qoldirilgan joyni to`ldirish kerak bo`ladi va bu sinov yosh bolalar uchun qo`llaniladi ko`rib turganingizda testda bunday savollardan ko`pincha IQ testda ham foydalaniladi. Ushbu metodika kichik maktab yoshidagi bolalarning ko'rgazmali-obrazli tafakkurini o‘rganishga mo‘jallangan bo‘lib, uning asosiy vazifalari mashhur Raven testidan olingan. U 10 ta asta sekin murakkablashib boruvchi Raven matritsalaridan iborat. Bolaga asta-sekin murakkablashib boruvchi 10 qismdan iborat vazifa beriladi. Masalan: Matritsada bolaklarning joylashishidagi qonuniyatini toppish va quyida berilgan 8 ta rasm ichidan shu matritsaga mos keluvchi qismlarni topish kerak. (Matritsaning shu qismi ichida har xil rasmlari bor bayroqchalar sifatida berilgan). Katta matritsa tuzilishini o‘rganib, bayroqchalar ichidan bola katta matritsaga joylashishi uchun mantiqan mos keluvchi qismni aniqlashi kerak.
|
| |