|
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi
|
bet | 31/34 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 191,92 Kb. | | #147119 |
Bog'liq B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev-fayllar.orgXULOSA VA TAKLIFLAR
Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda jahon miqyosidagi buyuk kashfiyotlarni jamiyatimizning negizini tashkil etadigan buyuk allomalarimiz merosiga tayangan xolda bugungi zamon talablaridan kelib chiqib, xalq farovonligiga xizmat qiladigan buyuk kashfiyotlar yaratish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish muhim ahamiyat kasb etdi.
Iqtidorli o‘quvchilar muayyan o‘quv predmetlari yoki ularning qismlarini o‘z xohishlariga ko‘ra chuqurroq o‘zlashtirishga erishadilar. Ular turli bilimlar va axborotlarni tez, chuqur o‘rganishni xohlaydilar va o‘zlarining o‘quv harakatlarini rejalashtiradilar. Shularni hisobga olgan holda iqtidorli o‘quvchilarga mustaqil izlanish, o‘zlarini qiziqtirgan savol–larga javob topishga ko‘maklashadigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji mavjud.
Iqtidorli bola - bu munosabatlarning uyg'un kombinatsiyasi: kommunikativ, intellektual, axborot, xissiy va shaxsiy sifalarga ega. Bola munosabatlarining har qanday sohasiga e'tibor bermaslik uning rivojlanishining uyg'unligiga ta'sir qiladi. Yuqori intellekt yoki akademik qobiliyat, amaliyot va ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, nafaqat balog'at yoshida, balki maktabda o‘qish jarayonida ham muvaffaqiyatga kafolat bermaydi. Shuning uchun didaktik konstruktsiyalar iqtidorli bolaning shaxsiyatining birligi va murakkabligini tushunishdan kelib chiqishi juda muhimdir. Shu sababli, iqtidorli bolalar uchun ta'lim jarayoni maxsus ta'lim muhitini yaratishni talab qiladi
Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etishki, unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin va hamkorlikda fikrlash, tahlil qilish va birgalikda natijaviy fikrni hosil qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
O‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni o‘quvchilar guruhining o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ijodiy qo‘llanish va izlanish orkali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o‘yinlarni ijodiy o‘yinlar deb atash lozim.
O‘quvchilarni pedagogik qo‘llab quvvatlash uchun o‘quv-bilish jarayonida ular faoliyatini yaxshilash maqsadida, muntazam tarzda rivojlantiruvchi didaktik harakatlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik harakatlar natijasida ular o‘z taraqqiyotlarining muayyan bosqichiga ko‘tariladi. Buning natijasida esa, o‘quvchilarning imkoniyatlari va intellektual quvvatlari ro‘yobga chiqadi.
O‘quvchilarning ilmiy ishlari va intellektual faoliyatini faollashtirish maqsadida o‘quychilarning qobiliyatni shakllantirib borish, yoshlarning iste’dodini oshirib boorish uchun iqtidorli ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayonini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ularning mustaqilligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatlarini oshirish imkoniyatlarini izlash o‘qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir
Hisоblаrdаn kоʻrinаdiki, tаjribа-sinоv vа nаzоrаt sinflаridа mоs kеlgаn nаzаriy оʻrtаchа оʻzlаshtirish kоʻrsаtkichlаri оʻzаrо turlichа chiqdi, bundаn kоʻrinib turibdiki o‘quvchilarni turli vaziyatlarni tavsiflay olishlari uchun ахbоrоt tехnоlоgiyаlаridаn fоydаlаnilsа o‘quvchilarning o‘z iqtidorini namayon qila olishlariga bоʻlgаn qiziqishi yаnаdа оshаdi vа mustаqil tа’lim mаshgʻulоti bilаn shugʻullаnish оrqаli bilim, kоʻnikmа vа mаlаkаlаrini yаnаdа оshishigа еrishish mumkin bоʻlаdi dеgаn хulоsаgа kеlindi.
Olingan natijalar tajriba-sinov ishlarining samarali kechganligini tasdiqlaydi. Bu holat tajriba-sinov ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek, tadqiqotning to‘g‘ri amalga oshirilganligini ko‘rsatadi. Tajriba-sinov ishlarining yakunida iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik shart- sharoitlari asoslandi.
|
| |