• Fransiyada ta’lim tizimi
  • Педагогика тарихи




    Download 0,88 Mb.
    bet5/8
    Sana16.06.2024
    Hajmi0,88 Mb.
    #264080
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Jahon ta\'lim tizimi. Taqdimot

    Hunar maktablari Koreyada 600 tani tashkil etadi. Bu maktablarning 45 foizi bo’lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb egalari yetishib chiqadi. Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo’jalik ixtisoslari o’zlashtiriladi.

    SHunisi diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Ta’lim haqidagi qonun talablaridan biri shudir.

    Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga e’tibor kuchli. So’nggi yillarda 5 ta sport, 6 ta ilmiy maktab ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta ta’sir ko’rsatgan.

    Fransiyada ta’lim tizimi

    Frantsiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga qator o’zgartirishlar kiritilgan.

    Frantsiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi Qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilg’or tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab bo’ldi.


    Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda:
    Davlat maktablari;
    Xususiy maktablar;
    Oraliq maktablari mavjud.

    Fransiya ta’limida bolalarning go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o’rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo’lib, ularga Frantsiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.


    Download 0,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,88 Mb.