|
Pedagogika universiteti
|
bet | 2/3 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 68,87 Kb. | | #263296 |
Bog'liq Laylo4- Amaliy ish. Test topshiriqlari
1. Holatga taqlidni bildirgan so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) lip-lip, jimir-jimir, voy-dod
B) jimir-jimir, dag’-dag’, lip-lip
C) yal-yal, dupur-dupur, tars-turs
D) chars-churs, tars-tars, tap-tap
2. Ovozga taqlidni bildirgan so’z ishtirok etgan gapni toping.
A) Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray boshladi.
B) Shoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
C) To’rtta savag’ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi.
D) Boshidagi toj yal-yal yonarmish.
3. Taqlid so’zlar qaysi jihatiga ko’ra tovushga va holatga taqlid turlariga bo’linadi?
A) tuzilishiga ko’ra
B) nimaga taqlidni bildirishiga ko’ra
C) ma’nosiga ko’ra
D) hosil bo’lish usuliga ko’ra
4. Qaysi qatorda tovushga taqlidni bildirgan so’z berilgan?
A) Shunday bo’lsa ham, vujudini tutgan qlt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
B) Birovning oldiga borib “vov-vov” qilib hursa, podshoh gunohkorni yetmish ikki darra urdirar ekan.
C) Dildorning yuragi duk-duk urardi.
D) B, C
5. Holatga taqlidni bildirgan so’z qatnashgan gap berilgan qatorni ko’rsating.
A) Endi, ehtimol, dir-dir qaltirayotgan bolalar yuk ko’tarishga yaramas edi.
B) Birovning oldiga borib “vov-vov” qilib hursa, podshoh gunohkorni yetmish ikki darra urdirar ekan.
C) Yetti qaroqchi yulduz tikkaga kelganda, g’o’ng’ir- g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
D) Yangi so’yilgan kurka sho’rvasi qozonda biliq-biliq qaynardi.
5-Amaliy ish. Jadvalni to’ldiring.
6-Amaliy ish. Taqlid so‘zlarning tagiga chizing va ularning ma’no turini aniqlab “Pirаmidа diаgrаmmаsi”gа jоylаshtiring.
1. Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi. (X. To‘xtaboyev)2. Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi. (O. Yoqubov)3. Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko‘tarishga yaramas edi, yaxshiyam Qo‘chqor bor ekan, kutilmaganda ajoyib bir ish qildi. (O. Yoqubov)4. Boshidagi toj yal-yal yonarmish. (N. Aminov) 5. Shu payt gurs-gurs oyoq tovushlari eshitilib, ovlarda kabobpazlik qiladigan baqaloq bakovul ko‘rindi. (O. Yoqubov) 6. Aravakashlar «hay-hay», «chuh chuh» deya shovqin bilan ko‘chani boshga ko‘tarar edilar. (Oybek) 7. Tongda ari gulga so‘zlar g‘uv-g‘uv-g‘uv, Guljonim, asaling ber, sog‘indim-ku. (Quddus Muhammadiy) 8. U kuyib yotgan bilq-bilq yumshoq tuproqda salmoqli oyoqlarini ildam bosar edi. (Oybek)
Uyga vazifa
Quyida berilgan gaplarning taqlid so’zlarning qaysi turiga kirishini toping va sababini tushuntiring.
Husayn Boykaro tovoqni kutarib, qatiqni chinakam ishtaxa..., "xur-xur" ichar ekan, darvish g‘or og‘zida chuqqayib, javray boshladi. (Oybek).
Sho’x juvon ekan shekilli, cholni mashara qilib, piq-piq kulibdi. (X.G)
Mo-o-o! Bexosdan Ko‘rashtepa tomonidan sigir ma'radi.(S. Anorboev).
Mashina hademay to‘ldi, guldiradi, qars-qars qildi-yu, yurib ketdi. (M. Sholohov)
Shamol yuzga gir-gir urar.(Sh.Sa'dulla)G‘uv-g‘uv shamol derazaga, eshikka urildi. (X.G)
Amirkon kovushning g‘arch-g‘urch bosishdan va uzum donalarini tishlari orasida chars-churs ezishidan qandaydir bir tajanglik, betoqatlik bor edi. (M. Ism).
Mustaqil ish
Dunyo tilshunosligida taqlid so‘zlar borasidagi leksik-semantik qarashlarni o’rganing va misollar yordamida tushuntirin bering.
|
| |