|
Pedagogika universiteti
| bet | 1/3 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 68,87 Kb. | | #263296 |
Bog'liq Laylo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA
MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
Ne’matova Layloning
,,Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Mavzu: Taqlid so’zlar
Qabul qildi:dotsent v.b.,f.f.f.d.Phd Sevara Yoqubova
Toshkent -2024
Tayanch tushunchalar:
O‘zbekcha
|
Ruscha
|
Inglizcha
|
Taqlid
|
имитация
|
Imitation
|
Tovush
|
Звук
|
Sound
|
Harakat
|
Действия
|
Attempt
|
Obraz
|
Изображение
|
image
|
Glossariy
O‘zbekcha
|
Ruscha
|
Inglizcha
|
Taqlid so’zlar
|
имитация слов
|
Imitation words
|
Tovushga taqlid so‘zlar
|
Cлова имитирующие звук
|
Sound imitation words
|
Harakat va holatga taqlid so‘zlar
|
Слова, имитирующие действие и состояние
|
Imitation words of movement and posture
|
Takroriy taqlid so‘zlar
|
Повторяющиеся имитационные слова
|
Repeated imitation words
|
Jonli predmetlar tovushlariga taqlid so‘zlar
|
cлова-имитации звуков живых предметов
|
Imitation words for the sounds of live objects
|
Jonsiz predmetlar tovushiga taqlid so‘zlar
|
Слова-имитации звучания неодушевленных предметов
|
Imitation words for the sound of inanimate objects
|
Qattiq va yumshoq jismlar tovushiga taqlid so‘zlar
|
Слова, имитирующие звучание твердых и мягких тел
|
Words imitating the sound of hard and soft bodies
|
1-Amaliy ish. Savol va topshiriqlar.
-
Тaqlid so‘zlar haqida ma’lumot bering.
-
Тaqlid so‘zlarning ma’no turlarini ayting.
-
Тaqlid so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini tushuntiring.
-
Taqlid so‘zlar komponentlarining bir-biriga munosabati va qo‘llanishiga ko‘ra qanday turlarga bo’linadi?
-
O‘zbek tilida juft taqlid so‘zlar qanday yo‘llar bilan yuzaga keladi?
-
Takroriy taqlid so‘zlar asosan qanday xarakterda bo‘ladi?
-
Bir bo‘g‘inli taqlid so‘zlarga qaysi ko’chma ma'noli ottenkalar beruvchi elementlarining qo‘shilishi bilan ikki bo‘g‘inli taqlid so‘zlar hosil bo‘ladi?
-
Taqlid so‘zlar takrorlanganda nima uchun ximzat qiladi?
-
Sodda taqlid so‘zlar turli xil formada qo’llanilishini tushuntiring.
-
Taqlid so’zlar qaysi jihatiga ko’ra tovushga va holatga taqlid turlariga bo’linadi?
2- Amaliy ish. Quyidagi gaplarda qo‘llangan taqlid so‘zlar qismlari ifodalayotgan ma'no va ulardan qaysi birini mustaqil qo‘llay olish mumkinligini ayting.
Qo‘ra orkasida arava gildiraklarining taqir-tuquri eshitildi. (X.G‘) G‘uldur-shaldur, taraqa-turuq o‘zgarishsiz davom etadi. (A. Q.)
–Xay, ichkariga kir, chag‘ir-chug‘urdan qulog‘im bitdi. Kampir piq-piq yig‘lab yubordi.Teatr ichi g‘ovur-g‘uvur bo‘lib ketdi. G‘ovur-g‘uvurning dami pasaydi. (S.A)Sotuvchi uzatgan papirosni kulga olib xang- mang bo‘lib qoldi. («Mushtum»)G‘ala-g‘ovur ichida allakimning baland ovozi yangradi. (M.I.)
3-Amaliy ish. Gaplardagi taqlid so‘zlarni topib, qismlar ifodalayotgan ma'noni tushuntiring.G‘uv-g‘uv uchar bolari, Duv-duv uchar bolari.
Viz-viz-viz, Qani toping, kim biz? Oltin qo‘ng‘giz. (Q. M)
Oramizda… shaldir-shuldir pul sanovchilar, tekinxo‘r shaxslar ham yo‘q emas. (Gazetadan.)Kucha tomondan gurs-gurs oyoq tovushi keldi. (S.)
Karnay-surnaylarning g‘at-g‘ati bayram tongidan darak beradi.
|
| |