Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘llari bolibekov Alisher Abdusalomovich




Download 265,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.05.2024
Hajmi265,29 Kb.
#247352
1   2   3
Bog'liq
Bolibekov Alisher Abdusalomovich 2

 
b) metodik kompetentlik
- pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil 
etis
h, talim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni 
maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni 
muvaffaqiyatli qo‘llash;
c) informatsion kompetentlik
axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali 
ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, 
samarali foydalanish;
d) kreativ kompetentlik
- pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy 
yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
e) innovatsion kompetentlik
- pedagogik jarayonni takomillashtirish, talim 
sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi 
g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
f) kommunikativ kompetentlik
- jarayonning barcha ishtirokchilari, jumladan, 
talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir 
ko‘rsata olish; 
g) shaxsiy kompetentlik

izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka 
darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;
h) texnologik kompetentlik
- kasbiy-
pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalarini 
boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni ozlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va 
texnologiyalardan foydalana olish;
i) ekstremal kompetentlik
- favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik 
jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul 
qilish, to‘gri harakatlanish malakasiga egalik. 
Har bir pedagog o‘z kasbiy kompetentligiga ega bo‘ladi. Bu orqali u pedagogik 
jarayonda ishtirok etadi. Bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanish uchun esa 
yuqoridagi sifatlarni o‘zida aks ettirishi lozim. Kasbiy kompetentlikning barcha 


sifatlarini to‘la-to‘kis o‘zida mujassam etgan pedagog ularni amaliyotda qo‘llash 
jarayonini ham bexato yo‘lga qo‘yishi lozim. Qachonki o‘z bilimlarini ta'lim oluvchiga 
kasbiy kompetentligini qo‘llagan holdagina yetkazib bersa,bu pedagogni ta'lim 
jarayonida chinakam yutuqqa erishgan deya olamiz.
Biz mutaxassis, ya’ni pedagogning o‘z kasbiy kompetentligini oshirishi uchun 
o‘z-o‘zini tahlil qilishi, o‘z ustida ishlashi va o‘z-o‘zini baholay olishi kerak degan 
edik. Bular oras
ida o‘z ustida ishlash juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutaxassisning o‘z ustida ishlashi quyidagilarda ko‘rinadi:

kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirib borish;
- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondoshish;
- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;

ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir bo‘lajak pedagog o‘z kasbiy kompetentligini 
anglab yetishi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi,o‘zini- o‘zi baholay olishi ,ta'lim 
jarayonining jadal sur'atlarda o‘sishini ta'minlashi kerak. Qachonki pedagog o‘zini 
to‘g‘ri va xolis baholay olsagina, u o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishadi.
Ushbu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, kasbiy kompetentlik nafaqat pedagogika, 
balki boshqa mutaxassisliklarda hm muhim o‘rin tutadi,lekin bizning asosiy 
yo‘nalishimiz bo‘lgan pedagogika sohasida kasbiy kompetentlikni yuksak darajada 
egallash,bu orqali pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish dolzarb 
masala hisoblanadi. Shunday ekan, har bir ta'lim beruvchi o‘zining 
kompetensiyalarini to‘g‘ri anglay olishi va uni amaliyotda to‘g‘ri va maqsadli qo‘llay 
olishi darkor. 
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, 
raqobatbar
dosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy soq’lom shaxslarni tarbiyalab 
berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual 
rivojlangan avlodni tar
biyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy 
pedagogik kadrlar zahirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Kompetentli pedagog - u 
kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi? kabi savollar tug‘iladi. Shu nuqtai 
nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun- mohiyatini 
aniqlashimiz muhimdir. Har qanday pedagog ham "kompetentlik" nimani 
anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. 
"Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va 
tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish 
qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir.
Bo‘lajak Pedagogning kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni 
tayyorlashdagi murakkab muammol
ar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa, 
ta’limni modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy 


pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
Bo‘lajak pedagoglarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir 
qatorda Pedagogning kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. 
Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga 
diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o‘quvlar guruhlarini kiritish 
lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko‘p jihatdan o‘rganilayotgan narsalarning 
murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan 
chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa 
kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda 
tutadi. Mazkur holda o‘z-o‘zini tartibga solish xususiyatlari o‘z bilim va malakalarini 
doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o‘z xatti-harakatini 
qat’iy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi.
Pedagogning 
kasbiy 
tarbiyalanganlik 
layoqatliligini 
tadqiq 
qilishga 
bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:
- maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi 
– kasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori 
darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
- ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi 
– birgalikdagi kasbiy faoliyatni, 
hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat 
uslublarini egall
aganlik, o‘z kasbiy natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.
Bo‘lajak Pedagogning kasbiy kompetentligi, irodaviy sifatlar, intellektual 
salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini boshqara olish layoqatlarining 
o‘zaro bog‘liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik darajasini aks ettiruvchi 
individual sifatlar asosida shakllantiriladi.
Yevropa davlatlarida shakllangan an’anaga muvofiq kasbiy malaka 
mutaxassisning kompetentligi, uni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi esa – 
bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi.
Bo‘lajak pedagogni tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida 
quyidagilarni e’tirof etish mumkin:

zamonaviy talablarga javob bera oladigan me’yoriy va o‘quv-metodik hujjatlar 
(davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, namunaviy
o‘quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik 
tavsiyanomalar, qo‘shimcha maxsus adabiyotlar, ko‘rsatmali vositalar, dars 
ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi;

ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, pedagog, malakali o‘quv 
ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, ko‘nikma va malakalarining yuksakligi, kasbiy 
kompetentlik darajasining yetarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega 
bo‘lishi;

o‘quv jarayonining moddiy-texnik (o‘quv binolari, o‘quv auditoriyalari, o‘quv 
ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio, 
televidenie, kompyuter, nusxa ko‘chirish qurilmalari, laboratoriya asbob uskunalari, 
audio, 
video, 
multimediya, 
trenajyorlar, 
kinoproektorlar, 
diaproektorlar, 


videoproektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar) jihatdan 
yetarlicha ta’minlanganligi;

ijtimoiy va o‘quv-texnologik jihatdan qulay muhit (pedagoglar, talabalar, 
ra
hbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o‘zaro munosabatlari 
mazmuni, yo‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi;

tashkiliy hamda o‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli yo‘lga 
qo‘yilganligi. 
«Pedagogning kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta’rif va 
tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: Pedagogning kasbiy 
kompetentligi 
– pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan biri 
bo‘lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq 
barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi.
Buning uchun u:
- ijodi
y izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo‘lishi;
-ijodiy izlanishlarning samaradorligi Pedagogning pedagogik, psixologik va 
nazariy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lishini esda tutishi lozim.
Funksiyalarni to‘g‘ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya 
tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi 
yo‘nalishda harakatlanishini bilishi kerak. Professionallik va kompetentlik bir-biriga 
oxshash bo‘lsa-da, har xil ma’noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik 
degan
da nafaqat ma’lum bilimlar, balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga 
xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki 
professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan 
maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiqaradi va 
bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz 
murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan 
birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli 
baholash va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin. Professionallik va kompetentlik 
tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham 
belgilangan talablar va standartlarga 
to‘liq mos keladigan odamlar chinakam 
professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qo‘llashni 
bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi.
Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga 
muvoqdir:
- Maxsus pedagogik kompetensiya

pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga 
ega bo‘lish.
Bundan tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va 
mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog‘liq.
- Ijtimoiy pedagogik kompetensiya


-ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni 
samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. 
Samarali aloq
a ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun 
javobgarlik 
- bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan.
- Shaxsiy pedagogik kompetensiya

bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo‘lib, vaqtni boshqarish, 
shaxsiy o‘sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir.
Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasiga ega bo‘lgan ishchilar 
charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir. Kompetensiyaning har 
bir turi ko‘nikmalar, bilimlar, ko‘nikmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Pedagoglarda 
ular turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Xizmat vazifalarini bajarishda uning 
xattiharakatlari ko‘rsatkichlariga e’tibor berib, u yoki boshqa kompetensiyalar 
qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin. Kompetentlik qanday shakllanadi? 
Pedagogning kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy 
ta’limdir. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko‘nikmalar boshlang‘ich 
kompetensiya darajasini to‘ldiradi.
Ko‘p bosqichli ta’lim tizimida, yangi standartlar va dasturlar doirasidagi ta’lim 
jarayonini eskirgan uslubiyat bo‘yicha olib borilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ta’lim 
tizimidagi keng qamrovli tarkibiy islohatlarni respublika pedagoglari ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarni o‘zlashtirish va o‘quv jarayoniga qo‘llash bilan mustahkamlashlari 
zarur. Avval ta’kidlanganidek, buning uchun pedagoglarimizni o‘quv jarayoniga 
texnologik yondashuvlarini o‘rgatish talab etiladi, bu esa pedagogik texnologiyadan 
foydalanishdan tashqari uni O‘zbekiston madaniyati, an’analari va tajribasi bilan 
boyitishga olib keladi.
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o‘quv 
maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o„quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga 
oshiriladi. 
Texnologik 
yondoshuv, 
eng 
avvalo, 
tasvirlash 
emas, 
balki 
loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko‘rsatmali 
tuzilmada o‘z ifodasini topadi. Maqsadga yo‘naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli 
tekshirib borish, ta’limni alohida o‘qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi 
kunga kelib qayta-
qayta takrorlash mumkin bo‘lgan ta’lim texnologiyasi g‘oyasida 
mujassamlangan.
U asosan o‘z ichiga quyidagi omillarni oladi:
Ta’limda umummaqsadning qo‘yilishi;
tuzilgan umummaqsaddan aniq maqsadg
a o‘tish;
o‘quvchilarning bilim darajasini dastlabki (tashxisli) baholash;
Ta’limga texnologik yondoshuv. Tarbiyalash texnologiyasi - nisbatan yangi 
atama bo‘lishiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash 
texnologiyasi yoshlar bil
an tarbiyaviy ishlarning g‘oyasi, mazmuni, tarkibini emas, 
balki bu sohadagi hukumat ishlab chiqqan maqsad va vazifalarni samarali amalga 


oshirish bilan shug‘ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo‘ljallangan tarbiyaviy 
maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko‘rib chiqadi. Shu 
bois professor-
o‘qituvchilar uchun har tomonlama rivojlangan yuqori intellektual va 
ma’naviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga qaratilgan talabalarni hukumat 
siyosatiga muvofiq tarbiyalash texnologiyalarini egallashi dolzarbdir.
Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi - har tomonlama yondoshuvni amalga 
oshiradi va quyidagi majburiy talablarga rioya qiladi; Tarbiyalanuvchilarga 3 
yo‘nalish bo‘yicha ta’sir etiladi - tafakkuriga, sezgilariga va xulqiga.
Shaxsn
ing ma’lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil 
qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko‘rinishdagi ko‘p yoqlik bo‘lishi, bir vaqtning o‘zida aqliy, 
jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi zarur. Har 
yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va 
boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va 
ichki omillarni va ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli 
bo‘lishi mumkin. Shu bois, u omillar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi zarur.
O‘quv-tarbiya ishlari jarayonida talaba yoshlarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan 
vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda 
talabalarni 
axborot 
texnologiyalari, 
elektron 
darsliklar, 
versiyalar 
va 
multimedialardan amaliy mashg‘ulotlarda foydalanishi muhimdir. Bu esa talabalarda 
mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalashni, o‘quv faoliyatini tahlil qilishni, istiqbolda 
kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttir
ish bo‘yicha rejalarini aniq 
belgilashiga erishishni ularning ichki ehtiyojiga aylantirish talab etiladi. 
Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki,pedagogning kasbiy kompetentligini 
rivojlantirish metodlarini mukammal ravishda egallash pedagogning kasbiy 
ma
horatini oshiradi, natijada ta’lim-tarbiya samaradorligi ta’minlanadi.

Download 265,29 Kb.
1   2   3




Download 265,29 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogning kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘llari bolibekov Alisher Abdusalomovich

Download 265,29 Kb.
Pdf ko'rish