|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN Pdf ko'rish
| bet | 184/275 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 30,71 Mb. | | #228485 |
Bog'liq 20-5-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-8, Issue-4, April - 2022
202
Unvonlar va davlat mukofotlarini berish bilan rag’batlantirish,boshqa
o’qituvchilarda ham yaxshi ishlashga intilishni paydo qiladi.
Endi fizika fani asoslari darsliklari qanday bo’lish kerak? -degan
savolga javob izlaylik. Eng muhimi, fizika darsliklarida berilgan ma’lumotlarni
o’quvchilarga chuqur, asosli, mustahkam tarzda berishga ajratilgan dars soatlari
umuman yetishmaydi. Bu holda ikki narsa talab etiladi yo,darslik
ma’lumotlarini qisqartirish yoki dars soatlarini ko’paytirish darslik
ma’lumotlariga mos holda keltirish talab qilinadi. Agar darslik ma’lumotlari
qisqarsa, o’quvchilar bilimida kamchilik hosil bo’ladi. Bu holda maktab o’z
vazifasini bajara olmaydi. Dars soatini ko’paytirishga xalq ta’limidagi ko’rinmas
kuchlar qarshilik ko’rsatadi. Bu holatni shahmatda pat holi deb yuritiladi. Fizika
darsliklari lo’nda va soda o’zbek adabiy tilida yozilsa o’quvchilarga tushunarli
bo’ladi. Darsliklarda, rangli rasmlar faqat fizik hodisalarni ko’rsatsagina foydasi
bo’ladi. Boshqa dars mazmunidan uzoqroq bo’lgan rangli tasvirlar o’quvchini
chalg’itadi,charchatadi.Darsliklarda o’zbek fizik olimlari haqida qisqa
ma’lumotlar berilsa o’quvchilarning fizikaga bo’lgan qiziqishlarini oshishiga
sababchi bo’ladi, ularda vatanparvarlikni mustahkamlaydi.Bizning
o’quvchilarimiz maktabni bitirgandan keyin oliy o’quv yurtlarida o’qishni
davom ettiradilar.Oliy o’quv yurtlarida o’qiyotgan o’quvchilar bilan doimo
suhbat qilib turaman.Bu sohaga oid o’z takliflarim bor. Hozirda talabalardan
turli-tuman referatlar ,kurs ishlari yozish talablari kuchyagan, bu albatta
ta’magarlikni vujudga keltiradi. Referatlar aslida yozilmaydi, sotib olinadi.
Yuqori baholar uchun pul berishlar vujiudga kelgan edi.Ayrim puldor talabalar
o’qimasdan baho olish payida bo’ladi, chunki u oliy o’quv yurtini bitirgandan
keyin, qanday qilib ishga kirishini biladi, undan bilim talab etilmaydi.
Xullas, oliy ta’limda eng yomon illat o’qimaslik uchun pul to’lash mavjud.Bu
teskari ish,oliy ta’limni izdan chiqaradi, jamiyatni inqirozga
yetaklaydi.Aytishlari mumkin,ey , siz nima deyapsiz, oliy ta’limda bu
ko’rinishlar barham topdi,ehtimol
|
| |