|
PEDAGOGS
international research journalBog'liq 157-161PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-5, Issue-1, March-2022
158
1) so'zlashuv uslubi;
2) publitsistik uslub;
3) badiiy uslub;
4) ilmiy uslub;
5) rasmiy-idoraviy uslub.
So'zlashuv uslubi insonlarning oilada, ko'cha-ko'yda g'oya almashinuvi vaqtida
foydalaniladigan nutq uslubi hisoblanadi. So'zlashuv uslubi, ko'pincha dialog
shaklida bo'ladi.
Publitsistik uslub axborot berishga, davrning ijtimoiy-siyosiy masalalarini aks
ettirishga xoslangan ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye, gazeta-
jurnallar) uslubidir.
Badiiy uslub badiiy adabiyot, ya'ni badiiy asarlarga mos bo'lib, unda badiiylik,
ifodaviylik, ta'sirchanlik kuchlidir.
Ilmiy uslubga mantiqlilik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng foydalanilishga xos
bo'lib, hamma ilmiy asarlar, shuningdek, maktab darsliklari ham shu uslubda
yozilgan.
Rasmiy-idoraviy uslub o'ziga xos nutq uslubidir. Barcha qonunlar, Prezident
farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog'ozlari, idoralararo
yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy
uslubda gaplar ixcham va aniq boʻladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga
olinsin,ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so'zlar va so'z
birikmalari keng qo'llaniladi.
Shuni ta'kidlash joziki,nutq uslublari tizimini tashkil etuvchi vositalarning bir-biri
bilan o'zaro aloqasi ayni shu nutq uslubining asosiy vazifasidan kelib
chiqadi.Masalan,ilmiy uslubning asosiy vazifasi-tabiiy va ijtimoiy hayot
hodisalarini,muayyan fikrning mantiqiy isbotini aniq ta'riflash va izohlashdan
iborat.Ilmiy uslubning mantiqiy xarakteri uning leksik-frazeologik va grammatik
xususiyatlarida o'z ifodasini topadi.
|
| |