|
PEDAGOGS
international research journalBog'liq 157-161PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-5, Issue-1, March-2022
159
Biroq nutq uslubiga xos jihatlar boshqa bir uslub tarkibida ham uchrashi mumkin.
Masalan, ilmiy terminlar rasmiy, publitsistik va so'zlashuv kabi uslublarda
ishlatilishi mumkin.Shunga ko'ra, nutq uslubi — ifoda vositalarining maqsadga
muvofiq uyushgan tizimidan iborat deyish mumkin.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga
xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish
– xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga
bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan
so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki
betaraf so‘zlar deyiladi.
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator
so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Sababi shu so‘zlar asosan tilshunoslik fani
doirasida foydalaniladi.
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha
nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi tufayli uslubiy betaraf
so‘zlar qatoriga kiradi.
Nutq uslublarining har biri alohida-alohida tizimni tashkil qiladi. Bu jihat aloqa-
aralashuv quroli bo'lgan tilning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi. To'g'ri, tilning
fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug'at tarkibining har biri ham alohida bir
tizimni, tilning o'zi esa yaxlit holda butun bir tizimni tashkil etadi. Tilning vazifaviy
uslublari mana shu fonetik, leksik va grammatik tizimlarga xos barcha vositalarning
ma'lum kommunikativ maqsadga ko'ra uyushishi tufayli vujudga keladi. Demal nutq
uslublari tilning vazifasi bilan bevosita bog'liq ekan. Shu bois ular vazifaviy uslublar
deb yuritiladi.
Mukammal rivojlangan, talab darajasidagi nutq texnika,o'qituvchining umumiy
nutqiy madaniyatining eng asosiy tomonidir. Jonli, tovushli nutq va uning hamma
unsurlarini to'g'ri voqelantirish ko’nikma va malakalarining jami nutq texnikasi
sanaladi.Bunda ovozning sifati, nutq mobaynida to'g'ri nafas olish, tovush va tovush
qo'shilmalarini aniq talaffuz qilish, aniq diksiya kabi bir qator voqealar nazarda
|
| |