|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
65
BOSHQARUV MADANIYATI TARKIBI FUNKSIYALARI MEZONLARI -
MADANIYAT MARKAZLARI MISOLIDA
Sh.K.O`rinov,
BuxDU Musiqa ijrochiligi va
madaniyat kafedrasi o`qituvchisi
M.Hasanova
BuxDU San’atshunoslik fakulteti talabasi
Annotatsiya: Har bir tashkilotni boshqaruv xususiyatlari bo’lganidek madaniyat
markazlarini ham alohida boshqaruv tizimi mavjud. Ushbu maqolada boshqaruv
mezonlari haqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar: tashkiliy boshqaruv, texnikaviy boshqaruv, moliyaviy boshqaruv.
Boshqaruv tushunchasi tor ma’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va
unga erishish uchun zarur bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat
jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to ‘g‘ri tanlay
bilish, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu
jarayonning borishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv nafaqat korxona doirasida,
qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo‘li maqsad va intilishlariga
yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim
ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi. Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan
bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy
tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq
iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va
korperatsiyasi bilan ajralib turadi.
Madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jahon miqiyosidagi ilg‘or tajribalar
asosida malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirishga
qaratilgan ko‘plab qaror va farmonlar imzolanib, hayotga tadbiq etilmoqda. Yangi
O‘zbekistonda madaniyat markazlari faoliyatini tubdan isloh qilish jarayonlarida
sohani moliyalashtirishning yangicha tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan bir
qancha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Chunki, bugungi bozor
sharoiti madaniy-ma’rifiy sohaning moddiy bazasini mustahkamlash orqali, uning
taraqqiyoti bardavom bo‘lishini ta’minlovchi yagona omil ekanligini isbotlaydi.
Hozirgi global iqtisodiyot madaniyat va san’at sohasiga ham ta’sir ko‘rsatibgina
qolmay,
sohani
moliyalashtirishning
asosiy
omillarini
har
tomonlama
integratsiyalashni talab etadi. Shiddatli jahon bozorining umumiy hususiyatiga
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev quyidagicha fikr bildirgan edi: Jahon bozoridagi
iqtisodiy vaziyat murakkablashdi, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar
tabiati tubdan o‘zgardi. Iqtisodiy raqobat nihoyatda kuchayib, tobora keskin va
shafqatsiz tus olmoqda. Bunday iqtisodiyotning muntazam takomillashib borishini
ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq
vazifalarni puxta belgilab olish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, milliy
taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham shundan iborat. Amaliy
|
| |