|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
62
BOSHQARUV KONSEPSIYASI VA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Sh.K.O`rinov,
BuxDU Musiqa ijrochiligi va
madaniyat kafedrasi o`qituvchisi
M.Ismoilova
BuxDU San’atshunoslik fakulteti talabasi
Annotatsiya: Boshqaruv tushunchasi tor ma’noda biror bir tashkilot maqsadini
aniqlash va unga erishish uchun zarur bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat
jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to’g’ri tanlay
bilish, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu
jarayonning borishiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu maqola boshqaruv va uning nazariyasi
haqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar: demokratiya, strategik boshqaruv, boshqaruv texnologiyalari.
Boshqaruv atamasi yunon tilidan kelib chiqqan bo’lib kibernan, bu to'g'ridan-
to'g'ri kemani boshqarish harakatiga tegishli bo'lsa-da, yo'naltirishni anglatadi, Aflotun
tomonidan fuqarolarni boshqarish uslubiga murojaat qilish uchun ishlatilgan. Bugungi
tezkor jarayonda ya’ni axborot asrida boshqaruvni yuksaltirish eng dolzarb bо‘lib
turgan bir paytda, jamiyatda boshqaruv texnologiyalarisiz har qanday vazifani bajarish
qiyindir. Albatta, biz bilamizki boshqaruvni uch asosiy turi mavjud: avtoritar,
demokratik va liberal.
О‘zbekiston huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yо‘lidan borar ekan,
jamiyat boshqaruvida demokratik boshqaruv tamoyillari yetakchi о‘ringa chiqmoqda.
Bugungi kun talabi boshqaruv strategiyasi va amaldagi vazifalarini ham
о‘zgartirmoqda, yangidan yangi maqsadlar va vazifalar qо‘ymoqda. Aynan boshqaruv
texnologiyalari tushunchasi orqali buni ahamiyatini bilish mumkin. Boshqaruv
texnologiyalari asosan: -boshqaruv jarayonlari va umumiy boshqaruv funksiyalari
(rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat, muvofiqlashtirish);
- motivatsiyaning mazmuni va jarayon nazariyasi; -boshqarish, aloqa tarmoqlari,
og‘zaki bо‘lmagan ma’lumotlar haqida axborot va kommunikatsiyalar;
- boshqaruv qarorlari: qabul qilish va ijrosini ta’minlash, ijroni nazorat va
monitoring qilish borasidagi amaliy harakatlarni о‘z ichiga oladi. О‘z о‘rnida har
qanday
tashkilotning
nizomi
va
tashkiliy-meyoriy
faoliyatida
boshqaruv
texnologiyalari muhim о‘rinni egallaydi.
Boshqaruv jarayonining rivojlanish bosqichlari haqida gap ketganda Sohibqiron
Amir Temurning davlat va harbiy ishlarni boshqarish borasidagi tashkilotchilik
|
| |