PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana24.06.2024
Hajmi0,55 Mb.
#265437
1   2   3   4
Bog'liq
hamkorlik-pedagogikasi-asosida-bo-lajak-zahiradagi-ofitserlarning-texnologik-kompetentligini-rivojlantirish

 
PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION: 
INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES
International scientific-practical conference, November 13, 2023 
 
 
296
ongi, tafakkurini to‘g‘ri shakllantirish, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng 
imkoniyatlar yaratish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Joriy “Inson qadri va sifatli 
ta’lim yili”da ham bu boradagi amaliy ishlarni zamon bilan hamnafas tashkil etish bo‘yicha tizimli 
ishlar olib borilmoqda. 
“Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi”da 
ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishlarda “inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik 
jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va 
qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy 
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; adolatli ijtimoiy siyosat 
yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi 
bosqichga olib chiqish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga 
yondashish; mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va 
faol tashqi siyosat olib borish” deb belgilangan [1]. Bu borada bo‘lajak zahiradagi ofitserlarining 
texnologik kompetentlikni rivojlantirish mexanizmining pedagogik strategiyalarining optimal 
yo‘llarini tanlash va uning metodik asoslarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari 
kengayadi. 
Mamlakatimizning milliy xavfsizligi va barqaror innovatsion rivojlanishini ta’minlash 
uchun yuqori malakali kadrlar zahirasiga ega bo‘lish, jumladan, yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlaydigan oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar 
tayyorlash zarur.
Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida ta’lim yangiliklari va fan-texnika yutuqlari asosida 
amalga oshirilayotgan bo‘lajak zahiradagi ofitserlarning harbiy tayyorgarligini modernizatsiya 
qilish mazkur vazifani amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir.
Harbiy tayyorgarlikning amaliy yo‘nalishi, o‘quv va moddiy bazaning mavjudligi, harbiy 
tayyorgarlik jarayonida bo‘lajak zahiradagi ofitserlarda muhim professional shaxsiy fazilatlarni 
shakllantirish qobiliyati (maqsadlilik, tashabbuskorlik, mas’uliyat, mustaqillik, intizom, yangi 
bilimlarni shakllantirish qobiliyati) g‘oyalar va nostandart yechimlarni topish, kasb sifatini 
oshirishga e’tibor berish, yangi sharoitlarga moslashishga tayyorlik, fikr yuritish qobiliyati) 
bo‘lajak zahiradagi ofitserlarni tayyorlash uchun oliy harbiy ta’lim muassasalarida to‘plangan 
sezilarli tajribadan dalolat beradi. 
Harbiy ta’lim oldida turgan muammolarni tahlil qilish, ularni hal etish vazifalarini 
belgilash zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida kursantlarning harbiy intellektual 
salohiyatini oshirish muammolari pedagogika fanida va amaliyotida hal qilish uchun nazariy 
asoslar va texnologiyalarning yetishmasligi bilan jamiyatning ehtiyojlari va zaruriyatlari o‘rtasida 
qarama-qarshilikni vujudga keltiradi.
Bugungi kunda pedagogika fanida “harbiy ta’limda texnologik kompetentlik” tushunchasi 
yetarli darajada ilmiy o‘rganilmagan va uni hal qilish yo‘llarini izlash, aniqlash va asoslashning 
zarurligi mavjud.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik 
kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida harbiy qo‘shinlar oldiga ma’naviy-ma’rifiy va madaniy 
ishlarni rivojlantirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar qo‘ygan edi. Mudofaa vazirligi, Madaniyat va 
turizm vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa 
tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Vatan manzumasi” nomli adabiy-ma’rifiy kechalar 
jamoatchilik o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.



Download 0,55 Mb.
1   2   3   4




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish