• OFITSERLARNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH 1 R.M.Medetova 2 A.A.Anorboyev
  • Ключевые слова: технологическая компетентность
  • Pedagogy of cooperation in improving the quality of education: international experience and modern approaches




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana24.06.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #265437
      1   2   3   4
    Bog'liq
    hamkorlik-pedagogikasi-asosida-bo-lajak-zahiradagi-ofitserlarning-texnologik-kompetentligini-rivojlantirish



     
    PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION: 
    INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES
    International scientific-practical conference, November 13, 2023 
     
     
    295
    HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA BО‘LAJAK ZAHIRADAGI 
    OFITSERLARNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH 
    1
    R.M.Medetova 
    2
    A.A.Anorboyev 
    1
    О‘zPFITI bо‘lim mudiri, p.f.d., k.i.x 
    2
    O‘zbekiston milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik
     
    o‘quv markazi katta o‘qituvchisi, dotsent, podpolkovnik 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.10114455
     
    Аннотaция. 
    В статье сказано о развитии технологической компетентности у 
    будущих офицеров запаса на основе педагогики сотрудничества. 
    Ключевые слова: 
    технологическая
     
    компетентность,
     
    развитие, педагогика 
    сотрудничества, будущий офицер запаса, интегрaция, образование. 
    Xalqaro miqyosda harbiy xizmatchilarning kompetentlik darajasini rivojlantirish va 
    baholash strategik ahamiyat kasb etib, harbiy ta’lim tizimini modernizatsiyalash, ijtimoiy muhit 
    talablariga integratsiyalash, kompetensiyalarga asoslangan davlat ta’lim standartlarini joriy etish, 
    oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilg‘or 
    innovatsion mexanizmlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Rossiya Federatsiyasi, Janubiy 
    Koreya, Yaponiya, Xitoy davlatlarining ta’lim tizimida bo‘lajak zahiradagi ofitserlarning 
    texnologik kompetentligini rivojlantirish yo‘lini belgilashiga ustuvorlik berilib, bunday ishlarni 
    amalga oshirishning qulay shart-sharoitlar vujudga keltirishning pedagogik mexanizmini 
    takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
    Mamlakatimizda so‘nggi yillarda bo‘lajak zahiradagi ofitserlarining texnologik 
    kompetentlikni rivojlantirish mexanizmining pedagogik strategiyalarini yaratish, ularga imkon 
    berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, kreativ qobiliyatlariga ega bo‘lgan mutaxassislarni 
    tayyorlash tizimini takomillashtirish, faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha bilim va 
    ko‘nikmalardan foydalana olishning meyoriy asoslari ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston 
    manfaatlariga nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida sadoqatli bo‘lish, ularni 
    himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish – bularning barchasi bugungi kun talabi 
    ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish, ularda 
    texnologik kompetentlikni rivojlantirish mexanizmi alohida dolzarblik kasb etadi.
    Bugungi globallashuv va tezkor axborot asrida, mamlakatimizdagi demokratik islohotlarga 
    ham-ohang so‘z erkinligi tufayli ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining jamiyat 
    boshqaruvidagi o‘rni keskin faollashdi. “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” degan 
    shior ostida yoshlarning ta’lim-tarbiyasi borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish ehtiyoji 
    paydo bo‘ldi. Bunday murakkab vaziyatda ishlash, natijaga erishish uchun, eng avvalo, sharoit va 
    yuqori malakali kadrlar kerak. 
    Xalqaro texnologik ta’lim assotsiatsiyasi (ITEA) hujjatlarida texnologik kompetentlikning 
    tuzilishi quyidagi tarkibiy qismlar bilan ifodalanadi:
    texnologik tushunchalar, printsiplar
    texnologiya rivojlanishining tabiati va yo‘llari haqidagi bilimlar; texnologik tizimlarni loyihalash 
    va ulardan foydalanish va ularni boshqarish jarayonlari; shaxsning gumanistik yo‘nalishi; 
    insonparvarlik yo‘naltirilgan texnologiyalar orqali ijtimoiy-shaxsiy va kasbiy muammolarni 
    samarali hal qilishga tayyorlik; o‘z-o‘zini tarbiyalash qobiliyati, innovatsion texnologiyalarni 
    o‘zlashtirish.
    Bularni ruyobga chiqarishda bizning mamlakatimizda ham samarali ishlar amalga oshirib 
    kelmoqda. Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, ulg‘ayib kelayotgan avlodning 



    Download 0,55 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogy of cooperation in improving the quality of education: international experience and modern approaches

    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish