PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana24.06.2024
Hajmi0,55 Mb.
#265437
1   2   3   4
Bog'liq
hamkorlik-pedagogikasi-asosida-bo-lajak-zahiradagi-ofitserlarning-texnologik-kompetentligini-rivojlantirish

 
PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION: 
INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES
International scientific-practical conference, November 13, 2023 
 
 
297
Bundan tashqari, harbiy oliy ta’lim muassasalarida har xil qiziqarli tadbirlarni o‘tkazish 
ham tavsiya etilgan. Bularning hammasi davlatimizda tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, 
el-yurt farovonligi uchun safarbarlik, mardlik va jasorat singari ezgu fazilatlar aks ettirilgan 
mazkur adabiy-ma’rifiy tadbirlarda turli soha vakillari va harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda 
Vatan osoyishtaligi uchun xizmatga otlangan bo‘lajak zahiradagi ofitserlar ham ishtirok etmoqda. 
Mazkur jarayonda odam tinchlik ulug‘ ne’mat ekanini, u o‘z-o‘zidan ta’minlanmasligini, 
osoyishtalikni saqlash uchun shu yurtning har bir farzandi birlashishi, ahil-inoq, sadoqatli bo‘lishi, 
Vatanni onani sevganidek sevishi, onani himoya qilganidek himoya qilishi lozim va shartligini 
yana bir bor teran anglashi shubhasiz. Yurtimiz tinchligini saqlash nafaqat harbiylar, balki har bir 
Vatandoshimizning muqaddas burchi ekani, agar barchamiz bir tanu bir jon bo‘lsak, 
osoyishtaligimizda hech kim rahna sololmasligini chuqurroq his qiladi va osoyishta yurtimizni 
asrab-avaylashga, ajdodlar yoli bilan faxrlanishga undaydi. 
Mamlakatimizdagi tinch va osoyishta, xavf-xatardan xoli hayot, ijtimoiy barqarorlik, 
hamjihatlik, to‘kislik va farovonlik, oqibat, o‘zaro mehr va muruvvat muhiti oliy qadriyat ekani 
yorqin va betakror namoyon etmoqda. 
Hozirgi globallashuv davrida yoshlar ongu shuurida yuzaga kelayotgan o‘ziga xos 
ijtimoiy-ma’naviy, ruhiy o‘zgarishlar oliy ta’lim tizimidagi ishlarni zamonaviylik, muhimlik va 
samaradorlik, ta’sirchanlik nuqtai nazaridan to‘liq qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. 
Bo‘lajak zahiradagi ofitserlarning bilim va saviyasini oshirish, dunyoqarashini 
kengaytirish, iqtidorli kursantlarni faol qo‘llab-qo‘vvatlash maqsadida oliy harbiy ta’lim 
muassasalarida bir qator tanlovlar muntazam o‘tkazilib kelmoqda va konkurslar tashkil etmoqda. 
Bu ishlarning barchasi shu paytga qadar shakllantirilgan mavjud tizim va mexanizmlar doirasida 
tashkil etilmoqda.
Qolaversa, mazkur sohadagi ishlarning samaradorligi, ta’sirchanligi, zamonaviyligi 
jihatidan o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bularning natijaviyligini oshirish maqsadida, xorijdagi 
tajribalariga tayanish lozim deb hisoblaymiz. Xorij tajribalariga ko‘ra, har bir kursantning o‘qish 
davridagi ijtimoiy faolligi baholab boriladi va bu birituvchining portfoliosida ham o‘z aksini 
topadi. Eng muhimi, bitiruvchining ijtimoiy faolliga aks etgan portfoliosi ish beruvchilar 
tomonidan ham inobatga olinadi va qadrlanadi. Shuningdek, bugungi avlod qalbida sadoqat 
tuyg‘usini yanada yuksaltirish, uning uchun kerak bo‘lsa jon berishga shay turish, ota makon, ona 
yurtni ardoqlash va ulug‘lashga, uni ko‘z qorachigidek asrashga undovchi mexanizmlar yaratilishi 
shart.
Bo‘lajak zahiradagi ofitserlarning texnologik kompetentligini rivojlantirishning muhimligi 
ham, targ‘ibotni zamonaviy shakl va uslublarda tashkil etishning zaruriyati ham, bugungi 
globallashuv sharoitidagi dolzarbligi xavf-xatarlarning mavjudligi va unga qarshi kurash 
vositalarining ahamiyati yuqori ekani bilan belgilanadi. 

Download 0,55 Mb.
1   2   3   4




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish