• Mavzuning dolzarbligi
  • I-bob. Ta’lim jarayonining texnologiyalashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari




    Download 46.7 Kb.
    bet1/7
    Sana26.04.2023
    Hajmi46.7 Kb.
    #54056
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Ta’lim jarayonini texnologizatsiyalash
    5, O‘rta maxsus kasb xunar kollej talabalari o‘rasida ma’naviy va jismoniy sog\'lom muhitni shakllantirish yo‘llari, Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bi-azkurs.org

    Ta’lim jarayonini texnologizatsiyalash.
    Kirish
    I-Bob. Ta’lim jarayonining texnologiyalashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari.
    1.1. Ta’lim jarayoni texnologiyalashtirish yondashuv asosida tashkil etishning zaruriyati.
    1.2. Ta’lim jarayoni texnologiyalashtirish bosqichlari.
    II-Bob. Ta’lim jarayoni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodlari.
    2.1. Ta’lim jarayoni pedagogik texnologiyalar prinsiplari asosida tashkil etish.
    2.2. Pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanish.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Mavzuning dolzarbligi: Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda ham dolzarb muaamolardan biri ekan, ayniqsa bu masalaga mustaqillik yillarida jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimizni rivojlantirib bo‘lmaydi, chunki, mamlakatimiz taraqqiyoti shu yosh avlod qo‘lidadir. Ularni qanchalik vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik va ayniqsa milliy ruhda tarbiyalay olsakgina mustaqil ona diyorimiz yanada gullab yashnaydi, rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi.
    Bizga ma’lumki, yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish masalasi kun tartibidagi dolzarb masalaga aylandi. Mu’telik, o‘z qadriyatlarini unutish va namoyon qila olmaslik xalqimiz qalbi va shuurining xiralashib ketishiga sabab bo‘ldi.
    Shu bois yurtimiz fuqarolari ma’naviyatini yuksaltirish, o‘z qadrini tiklashi, o‘z vataniga o‘zi egalik qilishi hissini o‘yg‘otish Prezidentimiz I.A. Karimov va hukumatimiz zimmasiga tushdi. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” nomli asari ham ana shu tarzda dunyoga keldi.
    Bizga ma’lumki, yosh avlod ma’naviyati shubhasiz ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblangan tarbiyaga bo‘lgan e’tibor yurtimizda har qachongidan ham muhim dolzarblik kasb etmoqda. O‘quvchi o‘quv jarayonining davomi sifatida bevosita tarbiyaviy ishlarda ishtirok etadi. Uning darsda olgan bilimi, dunyoqarashi, qiziqishi, imkoniyatlari tarbiyaviy ishlarda namoyon bo‘ladi, mustahkamlanadi. Eng asosiysi o‘quvchi tarbiyaviy ishlarda qatnashish jarayonida o‘z-o‘zini anglaydi, ijodkorligi o‘sadi, olgan bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rganadi, shuningdek, ularda jamoatchilik, uyushqoqlik, hamdardlik kabi ko‘nikmalar shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim tizimi oldida turgan asosiy masalalardan biri ham tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish, samaradorligini oshirish, yosh avlodda g‘oyaviy-siyosiy bilimdonlikni oshirishdan iboratdir. Ushbu masalaning yana muhim tomonilaridan biri shuki, bugungi kunda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda zamonaviylikka asoslanish, ya’ni tarbiyaviy ishlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik jarayonda talab etilayotgan masaladir.
    Yosh avlod tarbiyasi aslida inson paydo bo‘lgan davrdan boshlanadi. Kishilar goh u, goh bu yo‘sinda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanib kelganlar. Qadimda ular tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, maqollar va boshqalarda pand-nasihat tarzida ifodalab o‘tganlar.
    “Avesto”, O‘rxun-Yenisey yodgorliklari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharif kabi yozma manbalarimizda ham yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor berib kelingan.
    Markaziy Osiyo allomalari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Kaykovus, Amir Temur, Alisher
    Navoiy, Bobur kabi allomalarimizning asarlarining bosh g‘oyasini ham yosh avlodni yuksak ma’naviyatli, ma’rifatli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash masalasi tashkil etadi.
    Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan qator ishlarda muammoning pedagogik talqini bayon etilgan bo‘lib, S.Nishonova, O.Musurmonova, U.Mahkamov kabi ko‘plab olimlarning ilmiy kurs ishilari shu jihatdan e’tiborga loyiqdir.
    Pedagog olimalarimizdan professor Oysha Hasanova o‘z kurs ishilarida kuni uzaytirilgan guruhlarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning ko‘lamiga to‘xtalib o‘tgan.
    Mustavillikdan keyingi yillarda professor R.Mavlonova va kat. o‘qit. B. Normuradovalar kurs ishilarining mazmunini ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga bag‘ishlangan.
    Oliy ta’lim talabalari tarbiyaviy ishlarini tashkil etish muammosi pedagog olima Zuhra Ashurova kurs ishilarida o‘rganilgan.
    Afsuski, yurtimizda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga birinchi darajali ish sifatida qaralayotgan bugungi bir paytda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga oid ilmiy izlanishlar yetarlicha olib borilayotgan yo‘q.. Balkim, shu boisdan tarbiyaviy ishlarga oid darsliklar, metodik qo‘llanmalar yetarli daraja deb bo‘lmaydi.

    Download 46.7 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 46.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-bob. Ta’lim jarayonining texnologiyalashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari

    Download 46.7 Kb.