• 3. Avtomatik payvandlash uchun qurilmalar.
  • 10.6– rasm. Avtomatik payvandlash qurilmasining kallagi
  • -chizma. Avtomobilsozlikda robotlarning ishlatilishi




    Download 215,56 Kb.
    bet4/5
    Sana25.01.2024
    Hajmi215,56 Kb.
    #145459
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Payvandlash robotlari 2-maruza uchun ma\'lumot Unit 10

    10.5-chizma. Avtomobilsozlikda robotlarning ishlatilishi
    Robotlarni avtomobilsozlikda qo‘llash mahsulot sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Masalan, ishlatilganda bo‘yoq bir xil qalinlikda amalga oshiriladi; payvandlash yuqori sifatli va aniq bajariladi. Avtomobilsozlikda robotlarni avtomatlashtirilgan tizimlar tarkibida ishlatilganda, ishlab chiqarishning unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari oshadi.
    Robotlarning qayta programmalash imkoniyatlari mavjudli-gi tufayli, ularning turli xil modellari ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin.
    Bu esa avtomobilsozlik sohalari texnologiyasining yuqori darajaga ko‘tarilishini ta’minlaydi.
    Sanoat robotlarini qo‘llash, ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish imkonini beradi.
    Sаnоаt rоbоtining yuk ko`tаrish qоbiliyati dеyilgаndа mаnipulyatsiya qilinаyotgаn ob’yektning eng kаttа mаssаsi tushunilаdi.
    Payvandlash sаnоаt rоbоtining hаrаkаtlаnish dаrаjаsi sоni, bu kinеmаtik zаnjir zvеnоlаrining qo`zg’аlmаs dеb qаbul qilingаn zvеnоgа nisbаtаn erkinlik dаrаjаlаri sоnidir.
    Rоbоt ishchi оrgаnining to`xtаsh xаtоligi dеgаndа, ishchi оrgаnning bоshqаrish prоgrаmmаsidа ko`rsаtilgаn hоlаtdаn chеtgа chiqishi tushunilаdi.
    3. Avtomatik payvandlash uchun qurilmalar.
    Payvandlash ishlarining hajmi katta bo`lganida mehnat unumdorligini oshirish maqsadida avtomatik payvandlash qurilmalari qo`llaniladi. Avtomatik payvandlash qurilmasi yoyni yondiradigan payvandlash simini yoyning yonish zonasiga uzatadigan mexanizmlar bilan jihozlangan bo`ladi.

    10.6– rasm. Avtomatik payvandlash qurilmasining kallagi:
    1 - mundshtuk, 2 – roliklar, 3 – baraban, 4 – reduktor, 5 – elektr motor, 6 – elektrod simi
    Payvandlash avtomatining eng muhim qismi kallagidir (10.6– rasm), u yoyning yonishini ta‘minlaydi va payvandlash simini uzatib turadi. Payvandlash kallagi elektrod simiga kuchlanish keltiruvchi va uni payvandlash toki bo‗yicha yo‗naltiruvchi mundshtuk 1 dan, baraban 3 dan elektrod simi 6 ni uzatib turuvchi roliklar 2 dan, roliklarni reduktor 4 orqali aylantiruvchi elektr motor 5 dan iborat. Agar burchak tezligini rostlash talab qilinmasa, simni uzatuvchi elektr yurtima sifatida asinxron motorlar ishlatiladi.
    Simni uzatish tezligi rostlanadigan kallaklarni avtomatik boshqarish sxemalarida o`zgarmas tok motorlaridan foydalaniladi. Bu holda elektr yurtima «Tiristorli o`zgartkich – motor» tizimi bo`yicha bajariladi. Avtomatik payvandlash qurilmalaridagi transformatorlarning sxemasi dastaki payvandlash transformatorlarnikiga o`xshash, lekin ularda drosselning oralig`i elektr yuritma yordamida masofadan rostlanadi.



    Download 215,56 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 215,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -chizma. Avtomobilsozlikda robotlarning ishlatilishi

    Download 215,56 Kb.