Periferiyadagi payvandlash robotlari




Download 215,56 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2024
Hajmi215,56 Kb.
#145459
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Payvandlash robotlari 2-maruza uchun ma\'lumot Unit 10


Unit 10
Periferiyadagi payvandlash robotlari.

Reja:
1. Payvandlash roboti va uning strukturasi.


2. Payvandlash robot texnikasining tasnifi.
3. Avtomatik payvandlash uchun qurilmalar.
1. Payvandlash roboti va uning strukturasi.
Ishlab chiqarishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirishda oqimli va avtomatik liniyalar, shuningdek har xil maxsus qurilma va moslamalar qo‘llanilib, bular asosan ko‘p seriyali ishlab chiqarishda ishlatiladi. Le­kin payvandlanadigan buyumlar asosiy qismi seriyali miqdorda ishlab chi­qariladi. Bunday sharoitda an’anaviy usullar bilan kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirish qiyinchilik tug‘diradi, buning natijasida esa ish unumdorligi pasayadi, qo‘l mehnati esa ko‘payadi. Yig‘ish-payvandlash ishlarida robot texnikasini qo‘llash bilan qo‘l mehnatini qisqartirishga erishish mumkin. Olti darajali harakatlanishga esa universal robotlar yordamida har xil operasiyalarni avtomatlash­tirishga erishish mumkin, texnologik jarayonni qayta qurish tezligi esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotni tez o‘zgartirish imkonini beradi.





10.1-rasm. Inson qo‘li olti darajali harakatlanishga ega

Payvandlashda qo‘llaniladigan sanoat robotlari universal hisoblanib, har xil turdagi konstruksiyalarni tayyorlashda yig‘ish, payvandlash va transport operatsiyalarini bajarishga moslashgan bo‘ladi. Bu robotlarni texnologik qobiliyati quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: kinema­tik sxema, harakatlanish darajasi soni va yuk ko‘taruvchanligi, ish zona­si shakli va o‘lchamlari, holat aniqligi, yuritma tavsifi va boshqarish tizi­mi turi. Sanoat robotlari uch harakatlanish darajasiga ega bo‘lib, to‘g‘ri chi­ziq­li, silindrik, sferik va sharnirli koordinata sistemasi asosida hara­katlanadi. (10.2-rasm). Bu uch kinematik sxemaga qo‘shimcha ravishda asbob uskunani fazoda joylashishini ta‘minlovchi harakatlanish darajalari ko‘zda tutiladi (10.3-rasm).








Download 215,56 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 215,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Periferiyadagi payvandlash robotlari

Download 215,56 Kb.