Pigmentlar nitrokraskalarni, moy va poligrafik bo’yoqlarni tayyorlashda keng qo’llanadi




Download 200,12 Kb.
bet1/3
Sana30.05.2024
Hajmi200,12 Kb.
#257798
  1   2   3
Bog'liq
KBK 269-280



-



Hozir sanoatda temir sirining bir nechta turi ishlab chiqarilmoqda. Ularning rangi olinish usuliga va cho’kmani dispersligiga qarab qoradan to zangori ranggacha o’zgaradi. Issiqlik taʼsirida o’z rangini o’zgartiradigan pigmentalar katta ahamiyatga ega.
Issiqlik sezuvchi pigmentlar sovutilganda o’z ranglariga qaytadigan yoki qaytmaydigan turlarga bo’linadi. O’z rangiga qaytadigan pigmentlar-metallning koordinatsion birikmalaridir. Bunday koordinatsion birikmalarning baʼzilari qizdirilganda rangini o’zgarishiga sabab ularning tarkibida bo’lgan kristallizatsion suv molekulalarini uchib ketishidir. Masalan, kobalt(II) ning geksametilentetramin bilan hosil qilgan kompleksi to’q sariq ranglidir. Uning molekulasi tarkibida 10 ta kristallizatsion suv molekulasi bor. 40°C temperaturada kristallizatsion suv molekulalari uchib ketadi va kompleksning rangi zangori bo’lib qoladi. Sovutilganda kompleks dastlabki to’q sariq rangga aylanadi, chunki u yana suv molekulalarini havodan yutib oladi. Xuddi shunday tarkibli nikel(II)ning kompleksi suv molekulalarini 60°C da yo’qotadi. Bunda kompleksning rangi och-ko’kdan zangori rangga aylanadi.
Issiqlikka sezgir va o’z rangini qaytara oladigan baʼzi kompleks birikmalar issiqlik taʼsirida o’zining kristallik strukturasini o’zgartirgani uchun ham ular boshqa rangga o’tadilar. Masalan, kompleks 65°C da rangini qizildan shokolad rangga, kompleks esa 45°C da ranggini sariqdan jigar rangga o’zgartiradi.
Pigmentlar nitrokraskalarni, moy va poligrafik bo’yoqlarni tayyorlashda keng qo’llanadi.
10.5. BIOLOGIK SISTEMALAR UCHUN KOORDINATSION BIRIKMALARNING AHAMIYATI
Anorganik kimyo va biologiya fanlarining O’rtasida fanning yangi tarmog’i yaratildi. U bioanorganik kimyo yoki anorganik biokimyo deb nomlanadi va keyingi vaqtlarda juda tez rivojlanmoqda. Buning sababi, birinchidan, hozirgi zamon koordinatsion kimyosining yutuqlari biokimyo va molekulyar biologiya fanlarida juda ko’p qo’llanilishidadir. Masalan, metallfermentlarni va boshqa biologik zarur bo’lgan va tarkibida metall ioni tutgan murakkab moddalarni koordinatsion kimyoning qonun va qoidalarisiz o’rganish juda ham qiyin. Ikkinchidan, koordinatsion birikmalarni tibbiyotda va qishloq xo’jaligida qo’llanilishi keng rivojlanmoqda.
Metall ionlari juda ko’p va xilma-xil biologik jarayonlarni nazorat qilishda qatnashadi. Shuning uchun hayot jarayonlari organik va anorganik, koordinatsion kimyoga asoslangan. Metall ionlari ishtirok etadigan biologik jarayonlar juda murakkab, masalan, kaliy, magniy, marganets, temir, kobalt, mis, molibden va rux ionlari har xil fermentlar tarkibiga kiradi. Bu fermentlar organizmda sodir bo’ladigan gidrolitik jarayonlarni va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini kataliz qiladi, maʼlum guruhlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda qatnashadi. Lekin bunday jarayonlarda metallfermentlardan tashqari boshqa oqsil sistemalar ham qatnashadi. Ular organizmda metall ionlarni to’planishini va konsentratsiyasini nazorat qiladi va kerakli joyga tashib kerakli ferment sistema bilan birikishga sharoit yaratib beradi.
Metall ioni fermentning donor atomlari bilan bog’lanib koordinasiyalangan holatda bo’ladi. Shuning uchun metall ionni fermentda bo’lgan elektron va geometrik konfiguratsiyalarini hozirgi zamon fizik usullar bilan o’rganish metallfermentlarning ishlash prinsiplarini tushunishda katta yordam beradi. Bunday izlanishlarda metallfermentga nisbatan ancha sodda tuzilgan, lekin uning asosiy xossalarini namoyish qila oladigan va “model” sifatida sintez qilingan koordinatsion birikmalar ham katta yordam beradi.
Metallfermentlarning gidroliz reaksiyalaridagi katalitik roli
Tarkibida rux(II), kalsiy(II), magniy(II), natriy(I) va kaliy(I) bor metallfermentlar organizmda har xil birikmalarni gidrolizini tezlashtiradi. Ko’p holatlarda metallfermentlarsiz gidroliz reaksiyalari sodir bo’lmaydi.
33-jadval
Baʼzi gidrolitik metallfermentlar

Metallferment

Katalizga uchraydigan reaksiya

Metall ioni

Karboksipeptidaza

C-oxirgi peptid qoldiqlarining gidrolizi

Rux (II)

Leysinaminopeptidaza

N-oxirgi leysinni peptid qoldiqlarining gidrolizi

Rux(II)

Dipeptidaza

Dipeptidlarni gidrolizi

Rux(II)

Neytral proteaza

Peptidlarning gidrolizi

Rux(II)
Kalsiy (II)

Kollagenaza

Kollagenning gidrolizi

Rux(II)

Fosfolipaza C

Fosfolipidlarning gidrolizi

Rux(II)

β-laktomaza P

β-laktom halqaning gidrolizi

Rux(II)

Termolizin

Peptidlarning gidrolizi

Rux(II)
Kalsiy (II)

Ishqoriy fosfataza

Fosfor efirlarining gidrolizi

Rux(II)

Karboangidraza


Download 200,12 Kb.
  1   2   3




Download 200,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pigmentlar nitrokraskalarni, moy va poligrafik bo’yoqlarni tayyorlashda keng qo’llanadi

Download 200,12 Kb.