• I Kirish Marganets
  • Ii asosiy qism 1 Marganets nomini kelib chiqish tarixi 2




    Download 1,59 Mb.
    bet1/8
    Sana31.05.2024
    Hajmi1,59 Mb.
    #258188
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    marganes koni


    Mavzu: Marganets konlari genetik va sanoat turlari
    I Kirish
    Marganets konlari haqida ma’lumot


    II Asosiy qism
    2.1 Marganets nomini kelib chiqish tarixi
    2.2 Marganetsning tabiatda uchrashi
    2.3 Marganetsining fizik va kimyoviy xossalari


    III Xulosa


    IV Foydanalilgan adabiyotlar
    I Kirish
    Marganets (nem. Marganerz - marganets rudasi; lot. Manganum), Mn — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruh kimyoviy elementi. Tartib rakami 25, atom massasi 54,9380. Tabiatda 1 ta barqaror izotopi 55Mp maʼlum. Oksidlanish darajasi +2 dan +7 gacha, birikmalaridan 2 va 7 valentliklari barqaror hisoblanadi. Poling boʻyicha elektr manfiyligi 2,5 ga teng . Ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) Mp2+ uchun 0,080 nm (4), 0,089 nm (5), 0,104 nm (7), Mp7+ uchun 0,039 nm (4), 0,060 nm (6). Marganetsni dastlab 1774-yil shved olimi Marganets Sheyele aniqlagan. Sof holdagi Mn ni shved kimyogari Yu. Gan ajratib olgan.
    Marganetsning yer poʻstidagi massa boʻyicha miqdori 0,1% atrofida, okean suvlarida 2-10~7%. Tabiatda erkin holda uchramaydi, asosan, minerallar tarkibida boʻladi. Pirolyuzit (}-MpO2, psilomelan tMO pMpO2xN2O [M=Va, Sa, K, Mp (II)], manganit (J-MnOOH, braunit 3Mn2O3MnSiO3 va rodoxrozit MpSO3 lar shular jumlasidandir. Rossiya, JAR, Avstraliya, Gabon, Braziliya, Hindiston, Gana va boshqa davlatlarda rudalari mavjud. Tinch, Atlantika va Hind okeanlarida temirmarganets konkre-siyalari koʻp tarqalgan.
    Marganets oqkumush rang metall, kristall holdagi 4 ta kubsimon modifikatsiyasi maʼlum boʻlib, 710° dan past haroratlarda a - shakldagisi barqaror hisoblanadi. — 173° dan pastda anti-ferromagnit, yuqori haroratlarda esa paramagnitdir.
    Marganets havoda yengil oksidlanadi, 800° dan yuqorida ichki qavati MpO tashqaridagi Mp3O4 dan iborat kuyindini hosil qiladi. 800° dan pastda Mp2O3, 450° dan pastda esa MpO2 hrsil boʻladi. 100 g Marganets 60 sm³ vodorodni yutib, qattiq eritma xrsil qiladi. Galogenlar bilan kristall holdagi digalogenidlar beradi, qizdirilganda oltingu-gurt, azot, fosfor, uglerod, kremniy va boshqa elementlar bilan birikadi. Marganetsning MnN6, Mn5N2, Mn4N, MnN, Mn6N5, Mn3N2 tarkibli nitridlari, MpR, MnP3, Mn2P, MrijPj, Mn4P tarkibli fosfidlari, Mp3S koʻrinishdagi karbidi va MnSi, MnSi17, Mn3Si, Mn5Si3 tarkibli silitsidlari olingan.
    Marganets hozirgi vaqtda metallotermiya usulida, sof holdagisi marganets sulfat MnSO4 ni qaytarib, elektroliz qilib olinadi.
    Marganetsning asosiy qismi poʻlat ishlab chiqarishda, rangli metallurgiya sanoatida, alyuminiy va magniy qotishmalari tayyorlashda, korroziyaga qarshi ishlatiladigan qoplamalar tayyorlashda qoʻllanadi. Inson organizmida Marganetsning miqdori sutkasiga 4 mg dan kamaysa, u kasallanadi, oʻsimliklarda yetishmay qolsa, xloroz (xlorofill yetishmovchiligi) kelib chiqadi. Marganets birikmalari zararli, jumladan, ular kishi asabini ishdan chiqaradi, changlarining uzok, vaqt davomida nafas yoʻllariga kirishi surunkali zaharlanishga olib keladi.
    Axmetov Marganets S, Obshaya i neorganicheskaya ximiya, Marganets, 1981.
    Kudrat Axmerov.[1]



    Download 1,59 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii asosiy qism 1 Marganets nomini kelib chiqish tarixi 2

    Download 1,59 Mb.