|
Davriy sistemadagi 7-gruppaning yonaki gruppachasi
|
bet | 3/8 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #258188 |
Bog'liq marganes koni
7-gruppaning yonaki gruppachasiga marganets, texnitsiy, reniy elementlari kiradi. Bu elementlarning sirtqi qavatida 2 ta, sirtidan ikkinchi qavatida 13 ta elektron bor. Reaksiyada bu elementlar sirtqi qavatidagi ikki elektronni berib, ikki musbat zaryadli boʻladi, ammo sharoitga qarab, sirtdan ikkinchi qavatidan 5 tagacha elektron berishi mumkin, demak ular ham galogenlar kabi valentliklari oʻzgaruvchan boʻladi, hosil qilgan birikmalarida yuqori valentligi +7 ga yetadi. Gruppasidagi elementlar sirtqi qavatidan 2 ta elektron boʻlgani uchun, marganets elektron qabul qila olmaydi va reaksiyalarda faqat elektron yoʻqotadi.
2.2 Marganetsning tabiatda uchrashi
Marganetsning tabiatda uchrashi. 7-gruppaning yonaki gruppachasidagi elementlar orasida eng muhimi marganetsdir. U yer poʻstlogʻining 0,01% ni tashkil etadi. Marganetsning tabiatda eng koʻp uchraydigan birikmalaridan biri pirolyuzit MnO2.Tabiatda marganetsning quyidagi birikmalari ham koʻp uchraydi M: Mn2O3, Mn3O4, MnS, MnS2. Marganetsning eng katta konlari Ukrainada, Zakavkazeda, Gruziyada, Uralda, Gʻarbiy Sibirda, Qozogʻistonda mavjud.
Marganetsning davriy sistemadagi oʻrni.
Kimyoviy belgisi Mn;
4-davr;
4-qator;
7-guruhning yonaki gruppachasi;
Tartib raqami 25;
Atom ogʻirligi 54,9;
Metall;
2-7 valentlikni namoyon qiladi;
Kislorodli birikmasi MnO2, Mn2O3, Mn3O4;
Vodorodli birikmasi yoʻq;
Atom tuzilishi +25)2)8)13)2);
p=25, e=25, n=25;
2.3 Marganetsining fizik va kimyoviy xossalari
Marganetsning fizik xossalari. Oq tusli qattiq metall boʻlib, solishtirma ogʻirligi 7,4 ga teng, suyuqlanish temperaturasi 1250C qaynash temperaturasi 2050C ga teng. Havoda yupqa oksid parda bilan qoplanadi.
|
| |