|
Marganetsning kimyoviy xossalari
|
bet | 4/8 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #258188 |
Bog'liq marganes koniMarganetsning kimyoviy xossalari. Marganets suyultirilgan kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi, kukun holdagi marganets oson oksidlanadi, galogenlar, oltingugurt, fosfor, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi. Marganets qizdirilganida suvdan vodorodni siqib chiqarishi mumkin.
Mn(kukun) + 2H2O → Mn(OH)2 + H2
Mn + 2H2SO4(kons) → MnSO4 + SO2 + 2H2O
3Mn + 8HNO3(kons) → 3Mn(NO3)2 + 2NO2 + 4H2O
Mn + Cl2 → MnCl2; Mn + S →= MnS
3Mn + 2P → Mn3P2; Mn + C → MnC
Marganets II-VII valentlikni namoyon qiladi. Marganetsning valentligi ortib borishi bilan asoslik xossalari kamayib, kislotalik xossalari ortadi.
Marganets (II) oksidi: marganets (II) oksidi marganetsning yuqori oksidlarini vodorod bilan qaytarish orqali marganets (II) oksidini hosil qilinadi. U suvda erimaydi, havoda oson oksidlanadigan yashil tusli modda, tabiatda MnS, MnCO3 kabi birikmalari uchraydi.
MnO2 + 4HCl→ MnCl2 + Cl2 + 2H2O
2MnO2 + 2H2SO4 → 2MnSO4 + O2 + 2H2O
Marganetsning koʻpchilik tuzlari pushti rangda boʻladi, xloridli, sulfatli, nitratli tuzlari suvda yaxshi eriydi.
Mn(NO3)2 + 2NaOH → Mn(OH)2 + 2NaNO3
Marganets tuzlariga ishqor tasir ettirilganida oq rangli choʻkma hosil boʻladi, hosil boʻlgan maxsulot suv va havo ta’sirida oksidlanib, 2Mn(OH)4 ni hosil qiladi.
2Mn(OH)2 + O2 + H2O → 2Mn(OH)4
Marganets (III) oksidi. U qora rangli modda, tabiatda gidratlar Mn2O3*H2O holida uchraydi. 4MnO2→2Mn2O3+O2; Mn2O3ga muvofiq keladigan tuzlar beqarordir. Mn(OH)3 – gʻoyat kuchsiz asos boʻlib, suvda erimaydi.
|
| |