Ii asosiy qism 1 Marganets nomini kelib chiqish tarixi 2




Download 1,59 Mb.
bet7/8
Sana31.05.2024
Hajmi1,59 Mb.
#258188
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
marganes koni

MARGANETS KONLARI.
Sof marganets – oqish kulrang kumushsimon metalldir. Marganets temir va misga nisbatan qattiqroq, lekin mo‘rt. Marganetsning klarki 0,1, erish harorati 1244 °С, qaynash harorati 2027 °С, solishtirma og‘irligi 7,4. Qazib olinadigan marganetsning 95 %dan ortiqrog‘i metallurgiyada maxsus po‘latlar tayyorlashda qo‘llaniladi. qolgan qismi esa elektr batareyalar ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida, shisha ishlab chiqarishda, payvandlash elektrodlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Marganetsning dunyo bo‘yicha tabiiy zaxirasi 2005 yil ma’lumoti bo‘yicha 5,2 mlrd t, shu jumladan, 4 mlrd t JARda to‘plangan. Bir yilda dunyo bo‘yicha 9 mln 790 ming t marganets ma’dani qazib olinadi. Shundan 2 mln 200 ming tonnasini JAR ishlab chiqaradi. Hamdo‘stlik mamalakatlaridan Ukraina yiliga 720 mln t qazib oladi. Marganets 100 ga yaqin mineral tarkibiga kiradi, biroq ulardan ozchiligi sanoat ahamiyatiga ega hisoblanadi:

Pirolyuzit Manganit Psilomelanm Braunit Rodoxrozit Rodonit Gausmanit

MnO-69,5 % MnMn2O2H2O- 62,5 % MnMnO ·MnO2 · H2O-45–60 % MnMn2O3-60–69 % MnMnCO3 -40–45 % MnMnSiO3 -32–41 % MnMn3O4 -65–72 % Mn

Marganets ma’dani konlarining sanoat tiplari turli genetik guruhlarga mansub bo‘lib, ulardan marganetsning asosiy zaxirasi va uni qazib olish bo‘yicha cho‘kindi va nurash konlari asosiy tip sanaladi. O‘zbekistonda marganetsning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlaridan vulkanogen-cho‘kindi va eksfiltratsion turlari mavjud bo‘lib, ularga Samarqand viloyatidagi Dovtosh va Taxtaqoracha hamda Markaziy Qizilqumdagi Alisoy konlari kiradi.

Taxtaqoracha marganets koni Qoratepa tog‘lari shimoliy-sharqiy qismining shimoliy yon bag‘rida, Samarqand shahridan 40 km janubda, Samarqand-Kitob avtoyo‘lidan 1 km masofada joylashgan. Kon hududida 52 ta ma’dan namoyoni aniqlangan bo‘lib, ular 5 ta uchastkaga birlashtirilgan. Konning VqS1 qS2 toifasi bo‘yicha zaxirasi 174 m chuqurlikkacha hisoblangan bo‘lib, 1 mln 691 ming t ni tashkil etadi. Marganetsning o‘rtacha miqdori 15,67 %.
Marganetsning ma’danlashishi quyi silurning asosan kremniyli va ohakli slanetslari bilan genetik bog‘langan. Mahsuldor gorizont sub kenglik yo‘nalishida 8 km masofaga cho‘zilgan bo‘lib, qalinligi 100– 300 m, yotish burchagi 50–80°. Ma’dan tanalari shakli linza va qatlam ko‘rinishida bo‘lib, yondosh jinslar bilan mos holda yotadi.
Marganetsning asosiy ma’dan hosil qiluvchi minerallari: pirolyuzit, psilomelan, braunit, gausmanit, vernadit kompleksidan iborat

Download 1,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ii asosiy qism 1 Marganets nomini kelib chiqish tarixi 2

Download 1,59 Mb.