|
Ii asosiy qism 1 Marganets nomini kelib chiqish tarixi 2
|
bet | 5/8 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #258188 |
Bog'liq marganes koniMarganets (IV) oksidi. U ham qora tusli boʻlib marganetsning barqaror birikmasi boʻlib, amfoterlik xossasiga ega, kuchli oksidlovchi. U qattiq qizdirilganida kislorodning bir qismi yoʻqolib, marganets (4) oksidiga aylanadi.
3MnO2→=Mn3O4+O2
Marganetsning (VI) valentlik birikmalari. Marganetsning 6 valentlik oksidi olinmagan, lekin unga xos boʻlgan marganetsning birikmalari olingan. M: H2MnO4 manganat kislota, tuzlari manganatlar. Manganatlar marganets oksidini kaliy gidroksid bilan qizdirish orqali uning tuzlarini olish mumkin.
2MnO2+4KOH+O2=2K2MnO4+2H2O bu tuz yashil tusda boʻladi.
MnO2+K2CO3+KNO3=K2MnO4+KNO3+CO2 yashil tusda boʻladi.
Manganat kislota beqaror boʻlgan uchun tezda parchalanib ketadi
3H2MnO4→MnO2+2HMnO4+2H2O;
Manganat tuzlari suv tasirida tezda parchalanadi
3K2MnO4+2H2O→MnO2+2KMnO4+4KOH
bunda yashil rang binafsha rangga kiradi. Kuchli oksidlovchilar ta’sirida u oksidlanadi.
K2MnO4+Cl2→2KMnO4+2KCl
Marganetsning (VII) valentlik birikmalari. Mn2O7 – yashil–qoʻngʻir tusli moysimon ogʻir suyuqlik boʻlib, sovuq va quruq joylarda saqlash lozim aks holda biroz isitilsa kuchli portlaydi, uni permanganatlardan olish mumkin.
2KMnO4+H2SO4→K2SO4+Mn2O7+H2O.
H2MnO4 ning oksidlanishidan hosil boʻlgan HMnO4 – permanganat kislota, Mn2O7 ga muvofiq keladigan kislotadir. Permanganat kislota kuchli oksidlovchi va kuchli kislotadir. U kuchlilik jihatidan nitrat va xlorid kislotalar bilan bir qatorda turadi. Uning tuzlari binafsha rangda boʻlib, kristal modda 2000 ga qadar qizdirilganida parchalanadi.
|
| |