• Tayanch so’z va iboralar
  • Sho’rhok yerlarda yo’l poyini loyihalash.
  • Nazorat uchun savollar
  • 5-mavzu. Sho’rhok yerlarda yo’llarni loyihalash




    Download 90.34 Kb.
    Sana16.04.2023
    Hajmi90.34 Kb.
    #51884
    Bog'liq
    5- Mavzu. SHO’RHOK YERLARDA YO’LLARNI LOYIHALASH
    Vaxidov A.X.Avtomatikaning texnik, Келди кетти Октябрь, referat-1, kurs ishi titul, 3DS MAX dasturida turli animatsiyalar va jarayonlarni modellashtirish, Akt sohasida referat 2, Akademik titul, Akademik titul, Sheraliyev Shamshod, Akt sohasida referat 3, Akt sohasida ilmiy maqola 1, Jamila opa, Akt sohasida referat 7, 9-mavzu Texnik tizimlarida tarmoq texnologiyalari

    5-MAVZU.
    SHO’RHOK YERLARDA YO’LLARNI LOYIHALASH
    Reja:
    1.Sho’rlangan xududlarning xususiyatlari.
    2.Gruntlarni sho’rlanish darajasi bo’yicha tasniflanishi.
    3.Sho’rlangan gruntlarni yo’l poyida ishlatish.
    4.Yo’l poyini loyihalashning o’ziga xosligi.


    Tayanch so’z va iboralar: Sho’rhok, sho’rlanish darajasi, sulfat xloridli, sulfat-sodali, tuzlar, sizot suvlari
    Sho’rhok yerlarda avtomobil yo’llarini loyihalashning o’ziga xos hususiyatlari. Sirtqi qatlamlarida 1...2 m chuqurlikkacha erkin holatda 1% dan ortiq oson eriydigan tuzlar bo’lgan tuproqlar sho’rhoklar deb ataladi. Gruntlardagi suvda eriydigan tuzlarning miqdori ularning fizik-mexaniq xossalariga katta ta’sir qiladi. Sho’rlangan gruntlar namlanganida ularning tashqi kuchlarga qarshiligi keskin kamayadi, seryomg’ir davrlarda esa ko’tarma va o’yma qiyaliklari surilib tushishi mumkin. Gruntda mavjud bo’lgan tuzlar yo’l qoplamasiga agressiv ta’sir etishi mumkin. Magniy va natriy sulfatlar miqdori xatto 1% bo’lganida ham qoplamani ikki-uch mavsumda yemiradi. Gruntlarni sho’rlanish darajasi bo’yicha tavsifi (5.1-jadval).
    5.1-jadval

    Shurlanish

    Tarkibidagi ionlar nisbati





    Xloridli

    >2,5

    0,33

    Sulfat-xloridli

    2,5...1,5

    -

    Xlorid-sulfatli

    1,5...1,0

    -

    Sulfatli

    <1,0

    -

    Sodali

    -

    >0,33



    Sho’rhok yerlarda yo’l poyini loyihalash. Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyi va yo’l qoplamalari qurishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hisobga olib, birinchi navbatda, tuzlar eng jadal to’planadigan uchastkalardan trassani aylanib o’tkazish imkoniyatlarini izlash lozim (5.2-jadval).
    5.2-jadval

    Gruntning sho’rlanish darajasi

    Gruntning foydalaniladigan qatlamida tuzlarning o’rtacha miqdori, sho’rlangandagi massasi bo’yicha % hisobida

    Yo’l qurilishida quyidagilarni ko’tarishda ishlatilishi mumkinligi

    xloridli va sulfat-xloridli

    sulfatli, xlorid-sulfatli va sodali

    Yo’l poyi

    Bog’lovchilar bilan mustahkamlangan gruntdan asoslar

    Kuchsiz sho’rlangan

    0,3.. .1
    (0,5…2)

    0,3...0,5
    (0,5-1)

    Yaroqli

    O’rtacha sho’rlangan

    1. . .5

    (2-5)

    0,5...2
    (1-3)

    Yaroqli

    Yaroqli, biroq cheklangan

    Kuchli sho’rlangan

    5. . .8
    (5. . .10)

    2...5
    (3. . .8)

    Yaroqli, biroq
    cheklangan

    Yaroqsiz

    Ortiqcha sho’rlangan

    >8
    (>10)

    >5
    (>8)

    Maxsus tadbirlar bilan ularning salbiy xossalari neytrallashtiril-
    ganidagina yaroqli

    Yaroqsiz

    Qoplamaning sizot suvlari yoki yuzaki suvlar satxidan ko’tarilib turishini kuchsiz va o’rtacha sho’rlangan gruntlarda normativdagidan 20% ga, qumoq tuproqlar uchun va loylar uchun 30% ga, kuchli sho’rlangan gruntlarda 40...60% ga oshirish zarur.





    5.1-rasm Sho’rhok gruntlardagi yo’l poyining ko’ndalang profillari.
    a-bir tomonida rezerv joylashgan ko’tarma; b-rezervli va bo’ylama novli ko’tarma; 1-ajratilgan joy tasmasi; 2-rezerv; 3-yo’l poyining yon tomonini mustahkamlash


    Nazorat uchun savollar

    1. Sho’rlangan gruntlar deb qanday grntlarga aytiladi?

    2. Sho’rlangan gruntlar qanday tasniflanadi?

    3. Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyini balandligi qanday olinadi?

    4. Sho’rlangan gruntlarda yo’l poyi ko’ndalang kesimini loyihalashda nimalarga e’tibor berish lozim?

    Download 90.34 Kb.




    Download 90.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu. Sho’rhok yerlarda yo’llarni loyihalash

    Download 90.34 Kb.