• Tayanch so’z va iboralar
  • Keyingi bosqichda
  • Mavzu: Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish Reja




    Download 137.57 Kb.
    bet1/4
    Sana22.04.2024
    Hajmi137.57 Kb.
    #204255
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Sheraliyev Shamshod
    Vaxidov A.X.Avtomatikaning texnik, 5- Mavzu. SHO’RHOK YERLARDA YO’LLARNI LOYIHALASH, Келди кетти Октябрь, referat-1, kurs ishi titul, 3DS MAX dasturida turli animatsiyalar va jarayonlarni modellashtirish, Akt sohasida referat 2, Akademik titul, Akademik titul, Akt sohasida referat 3, Akt sohasida ilmiy maqola 1, Jamila opa, Akt sohasida referat 7, 9-mavzu Texnik tizimlarida tarmoq texnologiyalari

    Mavzu: Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish
    Reja:

    1. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo’nalishlari va kelajagi.

    2. Kasbiy ta’limning informatsion-texnik asoslari: zamonaviy informatsion ta’lim texnologiyalari (Media) yordamida o’qitish va o’qish.

     Tayanch so’z va iboralar: Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, ta’lim jarayonida AKT vositalaridan foydalanishning istiqbolli yo’nalishlari, kasbiy ta’limning informatsion-texnik asoslari, media yordamida o’qitish va o’qish.
    Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo’nalishlari va kelajagi
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan boshlab ommaviy ravishda o’qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o’quvchilar ko’nikmalarga tez erishishadi.
    Keyingi bosqichda kasb-hunar maktablari, akademik liseylar talabalari uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish kerakdir.
    Uchinchi bosqichda, oliy o’quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar qoshida dasturchilar sinfini shakllantirish kerak bo’ladi.
    Bundan tashqari, ta’limning barcha bosqichlarida pilot loyihalarni o’tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish lozim;

    • o’quv jarayoni uchun ishlab chiqilishi kerak bo’lgan dasturiy mahsulotlar davlat tomonidan to’liq moliyalashtirilishi kerak;

    • mamlakat darajasida ta’lim resurslarini qamrab olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish lozim;

    • respublika hududlarida ta’limni axborotlashtirish darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning asosida kerakli qarorlarni qabul qilish kerakdir.

    Jahon amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta’lim berish jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimligini ko’rsatmoqda.
    Ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad –ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni yaratib berishdan iboratdir.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga keng ko’lamda joriy qilish quyidagilarni beradi:

    • o’quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor-o’qituvchilar tomonidan qidirib

    topishga ketadigan vaqtning qisqarishi;

    • elektron o’quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirishni tezlashtirilishi;

    • talabalarning mustaqil ta’lim olishlari uchun qo’shimcha vaqtning ajratilishi.

    Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv jarayonida qo’llashning istiqbollari bo’lib multimedia-texnologiyalar asosida interaktiv ma’ruzalarni tashkil qilish hisoblanadi.
    Ananaviy ma’ruzalar o’qishga nisbatan interaktiv ma’ruzalarda talabalar o’qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo’lib, unda o’quv materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar.
    Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiytexnik vositalarining mujassamlanishi talabalarning, ya’ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animasiya (multiplikasiya, «tirik video») ko’rinishdagi axborotlarni turli xis etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasini yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi. O’qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office dasturining Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo’ladi. Bu albatta o’qituvchidan shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari bunday ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus jihozlangan auditoriyalarni talab qiladi.

    Download 137.57 Kb.
      1   2   3   4




    Download 137.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini ishlab chiqish Reja

    Download 137.57 Kb.