|
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarBog'liq pisa-xalqaro-baholash-dasturining-amaliy-ahamiyatiPedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1499 International Conference
savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi
bilimlarni oʻlchaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bogʻliq.
PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga oʻzining kuchli va zaif tomonlarini dunyo
taʼlim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb
etadi, yaʼni investorlar mamlakatda bilimli, malakali kadrlar bormi, degan savolga bu
tadqiqot natijalari orqali javob topadi.
2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish
ustuvorlik kasb etadi. Maʼlumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik koʻrish uchun
matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha smartfondan foydalanish, daraja
xossalarining goʻzalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib,
shugʻullanish kerak boʻladi. Bu borada jahon tajribasida e‟tibor qaratsak, PISA
tahlillari: Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri bo‟lib, Estoniya
PISA-2015 tadqiqotida matematika, oʻqish va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha eng
yuqori reytingga ega boʻlgan oʻnta mamlakatning biri edi. Bu muvaffaqiyat uchun
kichkina Boltiqboʻyi davlati “Yangi Finlyandiya” deya atala boshlandi. Chunonchi,
2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar boʻyicha Finlyandiyadan oʻzib ketdi.
Finlyandiyalik ekspertlar 1990-yillardagi taʼlim islohotlari masalalari boʻyicha
estoniyalik
hamkasblariga
maslahatlar
berdi.Darhaqiqat,
bu
mamlakatlar
muvaffaqiyatida qandaydir umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda
qilingan niyat boʻladimi yoki madaniy xususiyatmi, taʼlimdagi tenglik katta qadriyat
sifatida tan olinadi. Bu yaxshi taʼminlangan yoki kam taʼminlangan oilalardan chiqqan
bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi.
Estoniya taʼlim tizimi muvaffaqiyatlari sirishundan iboratki Estoniyada ijtimoiy-
iqtisodiy omillarning taʼsiri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu jihatdan
Estoniya oʻquvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning natijalari orasidagi
bogʻliqlik ancha ochiq boʻlgan Avstriya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarga
qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga yaqinroqdir.
PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida eʼtiborga molik omil, bu – maksimal
darajaga erishgan oʻquvchilar soni emas, 3 muhim yoʻnalishning har birida past
koʻrsatkichlarga ega oʻquvchilar sonining kamligi. Majburiy taʼlim 7 yoshdan
boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bogʻchalariga boradi. Bitta
tarbiyachiga toʻgʻri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy hamkorlik
va taraqqiyot tashkiloti reytingi boʻyicha oʻrtachaning yarmini tashkil etadi. Yosh
shkalasining ikkinchi uchida – oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan koʻp sonli
oʻquvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori koʻrsatkichlardan
biri), buni ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar har bir oʻquvchiga koʻrsatilayotgan
yuqori darajadagi ishonch tasdiqlaydi. Mustaqillikka erishganidan soʻng Estoniya
markazlashmagan taʼlim tizimiga oʻtdi va maktablarga maʼlum darajada avtonomiya,
|
| |