Pishitilgan iplarning tasniflanishi




Download 1.5 Mb.
bet3/10
Sana26.02.2022
Hajmi1.5 Mb.
#18152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
espa



Pishitilgan iplarning tasniflanishi


Pishitilgan iplar tasniflanishiga kо‘ra oddiy, shakldor, о‘zakli, hajmiy va aralash sinflarga bо‘linadi.
Oddiy pishitilgan iplar birlamchi iplarni qо‘shib, о‘ng yoki chap yо‘nalishlarda eshib olinadi. Ipga beriladigan buram soni undan tayyorlanadigan mahsulot sifatiga va tashqi kо‘rinishiga qо‘yilgan talablarga asoslanib tanlanadi. Bunday iplarni asosan tikib-tо‘qish usulida olinadigan notо‘qima matolar tayyorlashda ishlatiladi. Ular silliq, pishiq va tekis bо‘ladi.
Shakldor pishitilgan iplar sirtida har xil rang yoki yо‘g‘onlikdagi halqalar, tutamlar, tugunchalar, qо‘shilayotgan iplarning tarangliklari turli bо‘lishi sababli о‘ziga xos shakllardagi buramalar yoki boshqa shakllar hosil qilib tayyorlanadi.
О‘zakli iplar о‘zak va tashqi qobiqdan iborat bо‘ladi. О‘zak sifatida odatda ingichka va pishiq iplar olinib, ularni turli tolalar qatlami bilan о‘rab о‘zakli ip hosil qilinadi. Bunday iplar pishiq bо‘lishi bilan bir qatorda yumshoq hamdir. Ayrim hollarda tashqi qobiq sifatida yigirilgan yoki birlamchi kimyoviy kompleks iplar ishlatiladi. Umuman, о‘zakli iplarning о‘ziga xos kamchiligi jihozlarning tirqishlaridan о‘tishda tashqi qobiqni mustahkam о‘rnashmaganligi sababli sidirilishi natijasida ip sifatini buzilishi hisoblanadi.
Shuningdek, pishitilgan iplarni guruhlarga bо‘linadi.
Birinchi guruh trikotaj buyumlari uchun ishlatiladigan pishitilgan iplar. Bunday iplar uzunlik birligiga iloji boricha kam buram berib, yumshoq etib tayyorlanishi lozim. Ipni tashkil etuvchi yakka ip ham yuqori sifatli paxta tolasidan, kam buram berib tayyorlanadi.
Ikkinchi guruh tо‘quvchilikda qо‘llaniladigan tanda va arqoq iplari. Bunday iplarni tayyorlashda buramlar sonini pishitilish darajasini bir oz yuqoririroq etib tayyorlanadi.
Uchinchi guruh mashina tikuv iplari uchun pishitilgan iplar. Bunday iplarni tashkil etuvchi yakka iplar yuqori sifatli ingichka tolali ipak paxtadan yigirilishi lozim. Mashina tikuv iplari, pishiq muvozanatli (erkin holida chigal tushmaydigan ) jiloli (yaltiroq) bо‘lishi kerak.
Tо‘rtinchi guruh pishitilgan iplarga melanj, iris kabi iplar kiradi. Ular kiyimlarga turli hil gullar tikish, bezashda ishlatiladi. Ularni ham ravon yumshoq etib tayyorlash lozim bо‘ladi.
Beshinchi guruh iplari tо‘r pardalar, baliq ovlash tо‘rlarini tayyorlashda ishlatiladigan pishitilgan iplar. Bunday iplarni yuqri darajada pishitiladi, uzunlik birligiga beriladigan buramlar soni yana ham kо‘proq bо‘ladi.
Oltinchi guruhga poyafzal, tikish texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan iplar bunday iplarni tayyorlashda ishlatiladigan yakka iplar о‘rta tolali paxtalardan buramlar sonini yana ham yuqoriroq etib tayyorlanadi va juda pishiq etib pishitiladi.
Yettinchi guruh iplar texnik maqsadlar uchun ishlatiladigan iplar. Bunday iplarni qayta, pishitish usuli bilan о‘ta pishiq etib tayyorlanadi, ayrim hollarda 20 va undan ham kо‘proq iplarni qо‘shib pishitiladi, pishitilish darajasi ham yuqori bо‘ladi.
Sakkizinchi guruh iplariga shakldor iplar kirib (fassonniye niti) bunday iplar struktura jihtidan yuqorida keltirilgan iplardan mutlaqo farqlanadi.
Ular burash-pishitish chegarasida, bir-biridan katta farqlanuvchi tezlikda uzatish yо‘li bilan tayyorlanadi.
Tо‘qqizinchi guruh iplariga (dublirovanniye niti) kiradi. Bu yangi strukturali ip 2,3 qavattdan iborat bо‘lib, oddiy ip yigiruv yoki ipni yigirib pishitish mashinasida olish mumkin. Bunday iplar XX asrning sо‘ngi yillarida kashf etilgan.
Yuqorida keltirilgan pishitilgan iplarni yakka iplarni qо‘shib quruq yoki namlab pishitish yо‘li bilan tayyorlanadi. Pishitish esa xalqali va xalqasiz mashinalarda amalga oshiriladi.

Download 1.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pishitilgan iplarning tasniflanishi

Download 1.5 Mb.