• Iplarni pishitishning mohiyati, maqsadi va vazifalari
  • Pishitilgan ip ishlab chiqarishning nazariy asoslari




    Download 1.5 Mb.
    bet2/10
    Sana26.02.2022
    Hajmi1.5 Mb.
    #18152
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    espa

    Pishitilgan usullari


    Pishitilgan usullarga ko`ra quruqlayin va ho`llab pishitilgan iplar bo`ladi. Shuning uchun mashinalar ham quruqlayin va ho`llab pishitishga mo`ljallangan bo`ladi. Odatda, pishitilgan ipga yuqori talablar qo`yilasa, yakka iplar ho`llab pishitiladi.
    Hozir pishitilgan ip ishlab chiqarishda bir necha markadagi ip pishitish mashinalari qo`llaniladi.
    Iplarni quruqlayin pishitisha quyidagi markali mashinalar ishlatiladi: K-66-1, K-83-1, K-100-1, K-132, K-176-2 va hokazo.
    Ho`llab pishitishda quyidagi markali mashinalar ishlatiladi: KM-66-1, KM-83-1, KM-100-1, KM-128-1, KM-132 va hokazo.
    Bundan tashqari, ip pishitish mashinalari engil va og’ir tipdagimashinalarga bo`linadi. Masalan, K-66-1, KM-66-1, K-83-1, KM-83-1, K-100-1, KM-100-1 mashinalari engil tipdagi mashinalarga kiradi. Bu mashinalar yo`g’onligi 25×2, 5,88×2 (№ 40/2 – 170/2), 20×3 – 5,88×3 teks (№ 50/3 – 170/3) bo`lgan iplarni pishitish uchun ishlatiladi. Bu iplar, asosan, to`quvchilik, trikotaj, deraza pardalar (to`rlar) va odatdagi g’altakka o`ralgan iplar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
    Og’ir tipdagi ip pishitsh mashinalarining markalari quyidagilardan iborat: K-132, KM-132, KM-128-1, K-176-2. Bu mashinalar texnik gazlama va buyumlar (avtomabil` pokrishkasi uchun ishlatiladigan kord, dvigateldan mashinalarga harakat uzatuvchi tasmalar, baliq ovlash uchun to`rlar va hokazo) tayyorlash uchun ishlatiladi. Og’ir tipdagi mashinalarning engil tipdagi mashinalardan farqi shundaki, bu mashinalarda qo`shib pishitilayotgan yakka iplarning soni 4 dan 30 gacha, halqalarning diametlari katta, mashinaning ish unumi yuqori bo`ladi.2

    Iplarni pishitishning mohiyati, maqsadi va vazifalari


    Iplarni pishitishdan kо‘zlangan maqsad, ip mahsulotlarining belgilangan xossalarga egaligini, jilodor tashqi kо‘rinishini va ma’lum barqaror strukturaga ega bо‘lishni ta’minlashdir.
    Iplarni pishitishning moxiyati, bir necha iplarni qо‘shib barqaror strukturaga va xossalarga ega bо‘lgan ip yaratishdir.
    Yakka iplarni qо‘shib pishitilganda quyidagi ijobiy kо‘rsatkichlarga erishish mumkin:

    • ipni uzilish kuchi, ravonligi, chо‘ziluvchanligi, ishqalanishga, egilish va bukilishga chidamliligini, qayishqoqligi va muvozanatliligini oshirishga;

    • pishitilgan jilodor shakldor iplar olishga;

    • turli chiziqiy zichlikdagi iplarni qо‘shib pishitilganda krep tusidagi jilodor ip hosil bо‘lib undan jilodor mato olishga;

    • turli rangdagi iplarni qо‘shib pishitilganida rang-barang tovlanuvchi ip olishga (bо‘yash usuli bilan bunday jilodorlikka erishib bо‘lmaydi);

    • ximiyaviy iplardan foydalanib, avvaldan belgilangan xossalarga ega bо‘lgan pishitilgan iplar xilini kо‘paytirishga;

    ximiyaviy iplarga qо‘shimcha buram berish va x.k.
    Ip yigiruv mashinalarida odatda xom ip olinadi va bu ip yakka ip deb ataladi.
    Avval aytganimizdek, xom yakka ipning ko’ndalang kesimida joylashgan tolalar bir-biriga maxkam bog’lanmaganligi tufayli, u bo`shroq bo`ladi, ba`zan tolalar ipning sirtiga chiqib, uni tukli, paxmoq qiladi. Agar yakka ipni tarang tortib qo`yib yuborilsa, u halqalar hosil qiladi. Ip etarlicha pishiq, silliq, tekis bo`lishi uchun va bo`shashganda halqa hosil qilmasligi uchun u pishitiladi.Odatda, pishitilayotgan yakka iplarning soni 2 dan 30 gacha bo`ladi.Pishitiladigan ipdagi yakka iplarning soni uning vazifasiga qarab tanlanadi.
    Shunday qilib, bir nechta yakka iplarni yoki kompleks ximiyaviy iplarni qo`shib tayyorlangan ip pishitilgan ip deb ataladi.Ishlab chiqarish usuliga qarab, pishitilgan iplar oddiy buramli, maxsus buramli va shakldor pishitilgan xillarga bo`linadi. Ishlab chiqarish usuliga ko`ra quruq va ho`llab pishitilgan iplar bo`ladi.

    Download 1.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pishitilgan ip ishlab chiqarishning nazariy asoslari

    Download 1.5 Mb.