Plastinalarni kristallarga ajratish va yig’ish operatsiyalari. Guruh: ki 22 01 Talaba: Safartoshov M. B. Rahbar: Nizamov A. N. Samarqand 2024 y Reja




Download 293,65 Kb.
bet5/8
Sana17.05.2024
Hajmi293,65 Kb.
#239301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektonika ma\'ruza 2-topshiriqq

Kristallanish — modda va jismlarning termodinamik turgʻunsizlik qolatdan turgʻun holatga oʻtish jarayonida kristallarnsht hosil boʻlishi. Kristallar hosil boʻladigan muhitlar oʻta sovitilgan bugʻ yoki toza modda suyuqligi, muayyan moddaning boshqa moddadagi oʻta toʻyingan eritmasi, boshqa kristall tuzilishli modda va h. k. boʻlishi mumkin. Suvning sovib, qattiq qolatga oʻtishi ham kristallanish jarayonidir. Kristallanishda jism energiyasi kamayadi, chunki bunda issiqlik kurinishida yashirin energiya ajralib chiqadi (Kristallanish issiqligi deyiladi) va bu jarayon moddaning erish temperaturasidan past temperaturadagina yuz beradi. Kristallanish paytida ajraladigan issiqlik moddadan olib ketilayotgan issiqlik bilan kompensatsiyalanadi. Shuning uchun ham temperatura vaqtincha oʻzgarmaydi. Kristallanish jarayoni toʻxtagandan soʻng, qotgan jism temperaturasi pasaya boshlaydi. Temperaturaning vaqtga nisbatan bunday oʻzgarishi kristall jismlarga xos.
Kristallanmaydigan suyuqliklarning sovishida yashirin issiqlik ajralmaydi va sovish grafigi monoton chiziqdan iborat boʻladi. Kristallanish roʻy berishi uchun kristallanish markazlari, mas, suyuqlikda muallaq holda yurgan qattiq zarralar va boshqa boʻlishi lozim. Bu kristallanish markazlari atrofida ayrim kristallchalar borgan sari oʻsib borib, oqibatda birbiriga birikib polikristall qattiq jiyemni hosil qiladi. Faqat maxsus sharoitdagi va kristallanish markazidan oʻsib chiqqan bir butun monokristall hosil qilish mumkin. Jismlar uchun kristallanish temperaturasi bosim ortishi bilan koʻtariladi. Suyuqlikda oʻsayotgan kristallda kattagina temperatura gradiyenti mavjud boʻladi. Bu hol turli qatlamlarda atomlararo masofalarning birday boʻlmasligiga olib keladi. Nihoyat, kristall oʻsib boʻlganidan soʻng, uning sovishida hosil boʻlgan termoelastik kuchlanishlar kristalldagi dislokatsiyani vujudga keltiradi. Gaz (bugʻ) ham bevosita kristallga aylanadi (kondensatsiya tufayli). Bu holda ham yashirin issiqlik ajralib chiqadi.
Eritma tarkibida bir necha modda boʻlsa, ularning har biri eritmaning kristallanish temperaturasini pasaytiradi. Bunday tarkibli eritma evtektika, uning kristallanish temperaturasi evteti k nuqta deyiladi. Eritma temperaturasini pasaytirib, eritmani uning tarkibiy qismlariga nisbatan oʻta toʻyingan holatga keltirish mumkin. Bu holda kristallanish markazlarida erigan moddaning ortiqcha qismi eritmada alohida kristallchalar holida ajrala boshlaydi va eritma tuyinmagan holga keladi. Erituvchini bugʻlantirish yoʻli bilan ham eritmani oʻta toʻyingan holga keltirish va kristal-lantirish mumkin. Boʻlardan tashqari, elektrolitik va kimyoviy kristallanish ham mavjud. Kristallanish jarayonida kristallda har xil nuqsonlar (mas, kristall ichida yot gaz, suyuqlik va qattiq jism zarralari, vakansiya, dislokatsiya va ichki kuchlanishlar va h. k.) paydo boʻladi.
Texnik va zargarlik maqsadlarida sunʼiy kristallar hosil qilish kristallanishvjarayoniga asoslangan, jumladan, sunʼiy kvars olish eng koʻp olinadigan kristallardan hisoblanadi. Sintetik kvars tabiiy kichik kristallardan, unchalik maydalanib ketmagan daryo qumlaridan olinadi. Qum xom ashyosi maxsus idishga solinadi va ustiga soda eritmasi quyiladi. Idish ogʻzi qopqoq bilan yopiladi. Uning ichki tomonidan tabiiy yoki sintetik kristallardan tayyorlangan yupqa qatlamlar osib qoʻyiladi. Idish ichida yuqori temperaturalar va bosim ostida qumning toʻyingan eritmasi (kremnezem) hosil boʻladi. Ana shu eritmadan asta-sekin yangi-yangi kvars kristallari qatlamlari (SiO2) hosil boʻlaveradi. Bunday jarayon Oʻrta Osiyo xalqlari (ayniqsa, oʻzbeklar) orasida novvot tayyorlashda keng foydalanib kelivadi.
Hozirgi kunda juda koʻp turdagi sunʼiy kristallar (korund, karborund, kriolit, fianit, slyudalar) olinadi. Yuqoridagi usul asosida eritmalardan zarur qismlarini ajratib olishda xdm foydalaniladi.
Mis, silvinit (KClNaCl) aralashmasidan kaliy xlorid ajratib olinib, aralashma sovitilganda KS1 kristallanadi, NaCl esa eritmada qoladi. Sanoatda kaliyli oʻgʻitlar olish ham shu jarayonda ishlab chiqariladi.
Kristallanish tufayli minerallar hosil boʻladi. Kristallanishdan yarimoʻtkazgich, optik, pyezoelektr va boshqa materiallarni olishda, shuningdek, metallurgiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoatida (moddalarni tozalashda, tuz, qand, novvot, turli dorilar ishlab chiqarishda) foydalaniladi.


  1. Download 293,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 293,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plastinalarni kristallarga ajratish va yig’ish operatsiyalari. Guruh: ki 22 01 Talaba: Safartoshov M. B. Rahbar: Nizamov A. N. Samarqand 2024 y Reja

Download 293,65 Kb.